Bijg'igan bo'tqadan spirtni ajratish va uni tozalash

Bijg'igan bo'tqadan spirtni ajratish va uni tozalash

O'quvchilarga / Kimyo
Bijg'igan bo'tqadan spirtni ajratish va uni tozalash - rasmi

Material tavsifi

Bijg'igan bo'tqadan spirtni ajratish va uni tozalash Reja: 1. Bijg'igan bo'tqaning kimyoviy tarkibi. Spirt turlari. 2. Etanol-suv tizimidagi fazalar muvozanati. 3. Rektifikatsiya jarayonining mohiyati. Bijg'igan bo'tqa kimyoviy tarkibi. Spirt turlari Bijg'igan bo'tqa murakkab komponentli sistema bo'lib, u asosan suv (82-90 % mas.), quruq moddalar (4-10 % mas.) hamda etil spirti va u bilan birga uchraydigan uchuvchan qo'shimchalardan (5-8 % mas. yoki 6-10 % h.) iborat. Bijg'igan bo'tqada albatta u yoki bu miqdorda uglerod (IV)-oksidi mavjud bo'ladi. To'g'ridan to'g'ri bijg'ish chanidan olingan 1 l bijg'igan bo'tqada 1,0-1,5 g SO2 bo'ladi. Bo'tqani rektifikatsiya bo'limiga nasos orqali uzatishda 35-45 % SO2 yo'qotiladi. Bijg'igan bo'tqaning kislotaliligi 0,5o, rN-i esa 4,9-5,2 ga teng. Bijg'igan bo'tqa tarkibi xom ashyo turi va uni qayta ishlash texnologik rejimidan bog'liq bo'ladi. Bijg'igan bo'tqa quruq moddalari muallaq zarrachalar (achitqi zamburug''lari hujayrasi, sheluxa va boshqalar) hamda suv-spirt eritmasida eruvchi organik va anorganik moddalar (o'zlashtirilmaydigan qandlar, dekstrinlar, oqsillar, mineral moddalar va boshqalar)dan iborat. Don tabiatli bijg'igan bo'tqa melassa tabiatli bijg'igan bo'tqaga nisbatan yuqoriroq qovushqoqlikka ega. Biroq melassa tabiatli bijg'igan bo'tqagi quruq moddalar miqdori 8-10 % mas.ga teng bo'lsa, don tabiatli bijg'igan bo'tqada 5-7 % mas. ga teng. Spirt bilan birga uchraydigan (asosan, bijg'ishning ikkilamchi mahsulotlaridan hosil bo'ladigan) moddalar turli tuman bo'lishi bilan tavsiflanadi. ²ozirgacha ularning 70 tadan ortig'i identifikatsiya qilingan. Biroq ularning miqdori kam bo'lib, odatda, muhitdagi etil spirti miqdoridan 0,5 % dan oshmaydi. ²amma yengil uchuvchan moddalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin. Ular spirtlar, aldegidlar, kislotalar va efirlar. Bundan tashqari uchuvchan azotli moddalar (ammiak, aminlar, aminokislotalar), oltingugurt saqlovchi (vodorod sulfid, oltingugurt (IV)-oksidi, merkaptanlar) va boshqa moddalar ham mavjud bo'ladi. Uchuvchan moddalar tarkibi va miqdori xom ashyo turi va sifatidan, uni qayta ishlashda qabul qilingan texnologik rejimlardan bog'liq bo'ladi. Uchuvchan qo'shimchalar oz miqdorda xom ashyodan, suvdan, yordamchi mahsulotlardan o'tadi. Biroq ularning aksariyat qismi oz miqdorda bo'lsada, sharbat tayyorlashda bijg'ish jarayonida hosil bo'ladi. Bundan tashqari yarim tayyor sharob mahsulotlariga ikkilamchi ishlovlar berish - issiqlik, sovuqlik ishlovlari, okleyka, ikkilamchi mikrobiologik jarayonlarda ham hosil bo'ladi. Qo'shimcha moddalarning asosiy ulushini (etil spirti miqdoriga nisbatan 0,35-0,45 %) spirtlar tashkil qilib ular metil, propil, izobutil, izoamil spirtlaridirlar. Oxirgi uchta spirt sivush moylarini tashkil qiladi. Ularning massaviy ulushi bijg'iyotgan bo'tqadagi etil spirti miqdoriga nisbtan 0,3-0,35 % ni tashkil etadi. Metil spirti miqdori don yoki melassadan hosil qilingan bijg'iyotgan bo'tqada etil spirti miqdoriga nisbatan 0,24 %-ni hosil qiladi. Uchuvchan kislotalar miqdori spirt miqdoriga nisbatan 0,005-0,1 % ni tashkil etib, ular, asosan, sirka, moy, propion, valerian va boshqa karbon kislotalaridan tashkil topgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.68 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.68 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga