Bijgish va uni xillari. Sut-kislotali va spirtli bijg'ish Reja: 1. Bijg'ish va uni xillari 2. Sut kislotali bijg'ish 3. Sut kislotali bijg'ishning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. 4. Spirtli bijg'ish. Bilg'ish, bijg'itish, achish, achitish, fermentatsiya - mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning (asosan, uglevodorodlarning) parchalanish jarayoni. Bunda bijg'iydigan mahsulotning bir qismi oksidlansa, ikkinchi qismi qaytariladi, natijada energiya ajraladi. B. xalq tilida qaynash deb ham yuritiladi, chunki B. jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid pufakchalari suvning qaynashini eslatadi. Mikroorganizmlarning turiga va xususiyatiga, bu jarayonning o'tish sharoitiga qarab, B.da har xil moddalar hosil bo'lishi mumkin. Maye, kislorodsiz sharoitda (obligat anaerob bakteriyalar ishtirokida) moy kislota, atseton, butil spirt va boshqa; ham kislorodli, ham kislorodsiz sharoitda (fakultativ anaerob bakteriyalar ishtirokida) spirt, sut kislota, propion kislota, V|2 vitamini; fakat kislorodli sharoitda sirka kislota, atseton, etil spirt, butilenglikoxol va limon kislota paydo bo'ladi. Propion kislotali bijg'ish. Propionbacterium avlodiga mansub bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bu bakteriyalar grammusbat, harakatsiz, tayoqchasimon bo'lib, spora hosil qilmaydilar va anaerob mikroorganizimlar safiga kirsada, kislorodli, past bosimda ham rivojlanib, ko'paya oladilar. Ular uchun energiya manbayi bo'lib karbonsuvlar, organik kislotalar, spirtlar va boshqa metobolitlar xizmat qiladilar. Bu bakteriyalardan tashqari propion kislotasini, shuningdek, Selenomonas va Micromonospora va boshqa avlotga mansub bakteriyalar ham sentiz qila oladilar. Shulardan biri Micrococcus lactilyticusbakteriyasidir. Ular anaerob sharoitda glukoza, saxaroza, laktoza va pentozalarni, hamda laktat, malat, glitserin va boshqa substiratlarni bijg'itib, propion kislota hosil qila oladilar. Propion bakteriyalar ishtirokida shakarlarni parchalashning pirouzum kislotasigacha bo'lgan bosqichi Embden-Meyergof sxemasi asosida o'tadi. Biijg'ishning boshlang'ich mahsuloti bo'lib, sut kislotasi ham bo'lishi mumkin. Bu holda reyaksiya laktatdegedrogenaza fermenti ishtirokida amalga oshadi va natijada pirouzum kislotasi hosil bo'ladi. Keyin piruvat biotin -CO2 kompleksi ishtirokida metilmalonil - KoA - karboksitransferaza fermenti ishtirokida KoA ga bog'lanadi, oqibatda suksinat foallashadi. Suksinil - KoA metilmalonil -KoA - mutaza fermenti ta'sirida va koferment B12 ishtirokida metilmalonil -KoA ga aylanadi. Mana shu oraliq mahsulotlardan CO2 ajralib chiqadi. Natijada propionil KoA hosil bo'ladi, CO2 esa jarayonning dastlabki bosqichida faolyat ko'rsatayotgan metilmalonil - KoA- karboksitransferaza fermentiga bog'lanadi. Propionil - KoA dan KoA -transferaza fermenti KoA ni suksinatga o'tkazganligi oqibatida propionat hosil bo'ladi. Asetonbutilli bijg'ish. Bu muhim praktik ahamiyatga ega bo'lib, uglevodlarning achishi natijasida oxirgi muhim mahsulotlar olinishi bilan xarakterlanadi. Masalan: butil spirti - CH3 CH2CH2CH2OH Etil spirti - C2H5OH, aseton - CH3COCH3, izopronil spirti - CH3CHOHCH3 va sirka va moy kislotasi hosil bo'ladi. Buning eng muhim bijg'ituvchisi Clostridium acetobutylicumdir. Buning bijg'ishi qo'yidagicha boradi. C6H12O6= H3CH2CH2CH2OH +CH3COCH3+CH3CH2OH+CH3CHOHCH3+H2+ CO2. Butil spirti aseton etil izopronil, Bu bijg'ish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.4 MB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.4 MB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:27 ]
Arxiv ichida: pptx