Bijg'ishning kimyoviy reaksiyalari Company name Bijg'ish jarayonida mahsulotlar Spirtli bijg'ish. bijg'ish kimyoviy reaksiyalar reja: Mikroblar hayoti kilorodsiz ham bo'laveradi. Organizm uchun zarur bo'lgan energiya, bu sharoitda bijg'ish natijasida hosil bo'ladi. Bijg'ish ancha keng tarqalgan jarayondir. Buning natijasida mikroorganizmlar ta'siri ostida organik moddalarning parchalanishi sodir bo'ladi. Bu oksidlanish - qaytarilish reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Bijg'ish hech qachon organik birikmalarni to'la oksidlanishiga olib kelmaydi. Bijg'ishning ko'pchilik xillari havo kislorodisiz - anaerob holda yuz beradi. Bijg'ish atamasini fanga 17 asrda Golland alximigi Van Xelmont tomonidan kiritildi. Keyin 19 asrda hozirgi zamon mikrobiologiyasining asoschisi Lui Paster bijg'ish mikroblarning hayot faoliyati natijasi ekanligini isbotladi. Turli bijg'ishlar turli mikroorganizmlar tomonidan chaqirilishini aniqladi. Bakteriyalarning turlariga qarab bijg'ishning har xil mahsulotlari to'planadi: Clostridium butyricum, C.pasterianum, Cpectinovarum bakteriyalari bijg'ish jarayonida butirat, asetat va karbonat angidrid gazi hosil qiladi; jumladan: Clostridium acetobutylicum, Clostridium butyricum asosan butirat, asetat, aseton, butanol, vodorod va karbonat angidrid; Clostridium kluyveri - kapronat, butirat va vodorod; Clostridium tetanomorphum butirat, asetat, ammiak, karbonat angidrid va vodorod; Clostridium acidiurici - asetat, formiat va karbonat angidrid hosil qiladi va h.k. Mahsulotlarning miqdori, ko'proq, bijg'ish jarayoni kechadigan sharoitga bog'liq bo'ladi. Bijg'ish jarayonida mahsulotlarning hosil bo'lishida muhitning pH ko'rsatkichi katta rol o'ynaydi. Spirtli bijg'ish - korbonsuvning oksidlanishi, natijasida etil spirti, karbonat angidridi hosil bo'ladi va energiya ajraladi. Bijg'ishni asosan achitqi, shuningdek ba'zi bakteriyalar va zamburug'lar amalga oshiradi. Spirtli bijg'ish u yoki bu mahsulotni qayta ishlash natijasida uning spirtga aylanadigan biotexnologik jarayondir. Bijg'ish hu-jayrada sodir bo'ladigan modda almashinuvining cncrgetikasi bilan chambarchas bog'liqdir. 1861-yilda L.Paster spirtli bijg'ishni achitqi zamburug'larining faohyati bilan bog'liqligini o'rgangandan keyin bu jarayon biologik jarayon sifatida qaraladigan bo'ldi. Spirtli bijg'ish biokimyoviy reaksiyalarning biin-ketin keladigan jarayoni bo'lib, bunda achitqi zamburug'i hujayralari organik birik-malarning energiyasini to'liq ishlata olmaydi. Har bir achitqi zamburug'haing hujayrasi o'zining og'irligidan 30 va undan ko'proq marotaba miqdordagi shakarni parchalay olishi hisoblab chiqilgan. Natijada hujayraning energetik potensiah oshadi va bu ATF ning ajralib chiqishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu energiya hujayraning zaxira moddalari - glikogen, karbon suvlar (tregalozalar), yog'lar va boshqa birikmalarning sintezi uchun ishlatiladi. Bijg'ish va nafas olish jarayonlari o'rtasidagi uzviy bog'lanishni ifodalaydigan sxema quyidagichadir: spirtli bijg'ish jarayonida hosil bo'lgan pirouzum kislotadan C,H5OH va C02 hosil boiadi. CH3COCOOH karboksiloza fermeati ) ^ + СНзСНО So'ngra sirka aldegidi vodorod ishtirokida qaytarilib, etil spirtga aylanadi: CH3CHO+NAD-H2 alkogoldegidrogeneza. CH3CH2OH+NAD Bu reaksiyalar ikki bosqichda boradi. Avval pirouzum kislotadan C02 ajraladi va sirka aldegidi hosil bo'ladi: Kostichev fikriga ko'ra, etil spirti yuqoridagi reaksiyaga muvofiq hosil boiishi, yoki kanitsaro reaksiyasiga muvofiq, 2 moiekula sirka aldegidi suv ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:27 ]
Arxiv ichida: pptx