Biogen elementlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 52-mavzu Evolutsiya jarayonida ularning barchasi tirik materiya tarkibiga kirgan bo'lsa-da, uglerod asosiy hayot elementi bo'lib qolgan. Yer po'stlog'ining 98% i, asosan 8 ta element: O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mn hisobiga tashkil topgan. O'simliklarning 99,1% to'qimalarini O, C, H, Na, K, Ca, Si elementlari tashkil etgan. Na O Ca C H Si Inson tanasining 99,4% ini H, O, C, N, Ca tashkil etadi. Ularning barchasi makrobiogen elementlar deb ataladi. Tirik organizmda 0,01% dan kam miqdorda uchraydigan 10 ta element: Fe, Mn, Co, Cu, Mo, Zn, F, Br, I, B mikrobiogen elementlar deb ataladi. Kalsiy odam organizmida muhim ahamiyatga ega bo'lgan biogen element bo'lib, organizmdagi barcha kalsiyning 99% i suyakda, taxminan 1% i esa qon va limfada uchraydi. Mis - quritilgan botqoq yerlar, qumloq va misga kambag'al yerlarda don hosildorligini ko'paytirishda, Mo - dukkaklilar va yem-hashak ekinlari samaradorligini oshirishda yordam beradi. Marganes - tirik organizmlarda siydik hosil bo'lishida asosiy elementdir. U, shuningdek, C - vitaminining hosil bo'lishida ham katta ahamiyatga ega. Kobalt - gemoglobin sintezida katta ahamiyatga ega, DNK va aminokislotalar almashinuvida muhim element hisoblanadi. Mis - teri pigmentatsiyasida, Fe ning o'zlashtirilishida katta rol o'ynaydi. Rux - organizmda CO2 hosil bo'lishi va oqsillarni o'zlashtirilishida muhim ahamiyatga ega. Rux yetishmasligi oqibatida g'alladoshlar, sabzavotlar va makkajo'xori kasalliklarga tez chalinadi. Molibden - azotning o'zlashtirilishida va organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida o'z o'rniga ega. Molibdenli mikroo'g'itlar Ftor - tirik organizmlar suyak to'qimalarining hosil bo'lishi va o'sishida juda zarur elementlardan biri hisoblanadi. Tishlar ularda ftor miqdori kamayganda nuray boshlaydi. Brom - oliy nerv faoliyatining normal kechishi uchun javob beruvchi elementlardan biri. Keyingi yillarda mikroelementlar qatoriga Li, Al, Ti, V, Cr, Ni, Se, Sr, As, Cd, Sn, Ba, W kabi yangi elementlar kirib keldi. Yod - organizmlarning normal o'sishi, jinsiy yetilishi uchun zarur element. 500 00 dan ortiq turdagi o'simliklardan 300 ga yaqini va milliondan ortiq hayvon turlaridan 200 ga yaqinida mikroelementlarga bo'lgan ehtiyoj sezilayotganligi endi aniqlangan. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.73 MB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.73 MB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:27 ]
Arxiv ichida: pptx