Biogen va noorganogen elementlar

Biogen va noorganogen elementlar

O'quvchilarga / Kimyo
Biogen va noorganogen elementlar - rasmi

Material tavsifi

Biogen va noorganogen elementlar Odam оrgаnizmidа 80 dan ortiq elеmеntlаr saqlanib, ular nafaqat bajaradigan biologik xossalari va umumiy miqdori bilan, balki turli organ va to'qimalarda o'zgacha taqsimlanishi bilan ham farqlanadi. Odam organizmi uchun zarur elementlar. Bizga ma'lum barcha elementlardan 20 taga yaqini inson hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan 1 va 2-davrda joylashgan to'rtta element - kislorod, uglerod, vodorod va azot organizm tana massasining 96 % ini tashkil qiladi. Kislorod va vodorod asosan tanamizning 55-60 % qismini tashkil etuvchi suv tarkibida bo'ladi. Tirik organizm nihoyatda murakkab kimyoviy sistema bo'lib, unda boradigan jarayonlar elementlarning miqdori, tabiati, hosil qilgan moddalarining tarkibi, tuzilishi va hossalari bilan uzviy bog'liqdir. Tirik organizmdagi hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlar biologik faol yoki biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlar elektron tuzilishi, organizmdagi miqdori, bajaradigan vazifalarining ahamiyati va boshqa xususiyatlariga ko'ra sinflanadi. 1) Yuqorida ko'rib chiqqanimizdek, elektron konfiguratsiyaga ko 'ra s, p, d va f elementlar sinflariga bo'linadi. s-elementlar Na - 1s22s22p63s1 p-elementlar: Al -1s22s22p63s23p1 d-elementlar: Cr - 1s22s22p63s23p63d54s1 f-elementlar: Ce - …4f5s25p66s2 2) Tirik organizmda bajaradigan vazifalarining ahamiyati bo'yicha: Hayotiy zarur bo'lgan elementlar. Ularga barcha makrobiogen va ko'pgina mikrobiogen elementlar kiradi.Ularning bo'lmasligi yoki miqdorining keskin kamayishi hayotiy jarayonlarning to'xtashi yoki buzilishiga olib keladi. Hayotiy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan elementlar. Ularga tirik organizmda doimo uchraydi, ammo, biokimyoviy jarayonlarda bevosita ishtiroki oxirigacha aniqlanmagan. Ularga Cr, Ni, Cd elementlarini kiritish mumkin. Biologik ahamiyati oxirigacha aniqlanmagan elementlar. Bu sinf elementlari ham tirik organizmda doimo uchraydi, ammo, qanday molekulalar tarkibiga kirishi, biror-bir ahamiyatga ega ekanligi aniqlanmagan. Ular qatoriga biologik vazifasi mutloqo noaniq bo'lgan Bi, U, Ru larni kiritishmumkin. Organizmdagi miqdoriga ko'ra, makrobiogen, mikrobiogen va ultramikrobiogen elementlarga bo'linadi. Makrobiogen elementlarga organizmdagi umumiy miqdori 10-2 % va undan ko'p bo'lgan O, C, H, N, P va boshqa elementlar misol bo'ladi. Chunki, tirik hujаyrаning struktur tuzilishi xuddi shu elеmеntlаrni o'z ichigа оlаdi: C, H, O, N, P, S, ulаr mеtаlmаslаr bo'lib, оqsillаrning аsоsi bo'lgаn аminоkislоtаlаrni hоsil qilаdi. Oqsillar odam organizmining qurilish materiali hisoblanadi. Biologik jarayonlarda faol ishtirok etuvchi uglevodlar va yog'lar tarkibini ham ana shu elementlar tashkil etadi. Mikrobiogen elementlarga organizmdagi umumiy miqdori 10-3 - 10-5 % foizni tashkil etuvchi elementlar kiradi. Bu guruhga Zn, Cu, Br, I va boshqalar kiradi. Ultramikrobiogen elementlarga organizmdagi umumiy miqdori 10-5 % foizda kam bo'lgan elementlar kiradi. Ularga Au, Se, Bi, Hg va boshqa elementlar misol bo'ladi. Elementlarning bunday sinflanishi shartli bo'lib, ularning organizmdagi miqdori atrof-muhitga, iste'mol qilingan oziq-ovqatlarga bog'liq holda o'zgarib turadi. Shu bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 157.9 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 157.9 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga