Biokimyo fanining predmeti, rivojlanish tarixi

Biokimyo fanining predmeti, rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Kimyo
Biokimyo fanining predmeti, rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Biokimyo fanining predmeti, rivojlanish tarixi Biokimyo fani nimani o'rganadi? Biokimyo fani tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy reaksiyalarni fizik-kimyoviy usullar yordamida molekulyar darajada o'rganadi. Olingan fundamental va amaliy natijalar insoniyat talablari uchun hizmat qiladi. Biokimyo fanining vazifalari nimadan iborat Biologik ob'ektlardagi biokimyoviy jarayonlar qonuniyatlarini o'rganadi. Qonuniyatlarni inson ehtiyoji uchun qo'llash Biokimyoning tadqiqot uslublari Sentrifugalash Elektroforez Izotoplar Xromatografiya va boshqa analitik uslublar Biokimyoning boshqa fanlar bilan bog'liqligi Kimyoning barcha bo'limlari Biometriya Biofizika Mikrobiologiya Fiziologiya Sitologiya Molekulyar biologiya Biotexnologiya Biokimyo biologiya fanining muhim sohalaridan biri bo'lib, u tirik organizmlarning qanday kimyoviy moddalardan tashkil topganligi va ular hayotiy jarayonlarda qanday o'zgarishini, organizmda kechadigan kimyoviy jarayonlarni o'rganadi. Biokimyo biologiya bilan kimyoni bir-biriga bog'lovchi oraliq fan bo'lib, barcha tirik organizmlar (viruslar, mikroorganizmlar, sodda hayvonlar, o'simlik va yuqori taraqqiy etgan hayvonlar) tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiatini, sifat o'zgarishlari va miqdoriy nisbatlarini, ularda boradigan hayotiy jarayonlarning asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni o'rganadi. Bu jarayonlar organizmda, uning to'qima va hujay-ralarida doimo sodir bo'lib turadigan moddalar va energiya almashinuvidan iborat bo'lib, dastavval mazkur jarayonlarga faol ishtirok etuvchi barcha organik va anorganik moddalarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini biokimyoviy nuqtai-nazardan ko'rib chiqadi. Biokimyo oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yog'lar, vitaminlar va anorganik birikmalarning kimyoviy tuzilishlari, xossalari, ularni organizmning turli qismlarida, jumladan, xujayra va uning elementlarida tarqalishi, joylanishi bilan shug'ullanadi. Biokimyoning bu sohasi statik biokimyoni, modda va energiyaning organizmdagi o'zgarishlari esa dinamik biokimyoni tashkil qiladi. Biokimyo oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yog'lar, vitaminlar va anorganik birikmalarning kimyoviy tuzilishlari, xossalari, ularni organizmning turli qismlarida, jumladan, xujayra va uning elementlarida tarqalishi, joylanishi bilan shug'ullanadi. Biokimyoning bu sohasi statik biokimyoni, modda va energiyaning organizmdagi o'zgarishlari esa dinamik biokimyoni tashkil qiladi. Biokimyoning boshlang'ich tarixi organik kimyoning paydo bo'lishi va kimyogarlarning o'simlik hamda hayvonlardan turli moddalarni ajratib olishdagi muvaffaqiyatlari bilan uzviy bog'liq. Organik kimyoni erishgan yutuqlari, xususan, Shevrel tomonidan yog'lar tuzilishining o'rganilishi, rus olimi А.Butlerov va nemis olimi E. Fisherning nukleoproteidlar hamda oqsillar ustidagi ishlari oziq moddalar va hujayralarning tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon berdi. Frantsuz olimi L. Paster achish jarayonining tabiatini, I. Pavlov hayvonlar oziqlanishining fiziologiyasini, K. Timiryazev o'simliklardagi foto-sintez jarayonining o'rganishi fikrimizning dalilidir. Byuxner achish bilan bog'liq hodisalarni tekshirib, hayotiy jarayonlarning haqiqiy tezlatuvchilari, hujayra katalizatorlari bo'lgan fermentlar to'g'risida hozirgi zamon kontseptsiyasini yaratdi. Ovqatlanish va oziq moddalar tarkibida qandaydir noma'lum omillarning yetishmasligi bilan bog'liq kasalliklarni tekshirish asosida vitaminlar haqidagi ta'limot paydo bo'ldi. So'nggi yillarda biokimyoning rivojlanishi molekulyar biologiya, gen muhandisligi va biotexnologiya fanlarining shakllanishiga sabab bo'ldi. Hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini ochish, oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.93 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:27 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.93 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga