Biologik faol organik birikmalar Reja: 1. Biologik muvozanat va uni saqlashda inson faoliyatining vazifasi 2. Pestitsidlar, ularning sinflanishi va qishloq xo'jaligida ishlatilinishi 3 Biologik faol organik birikmalarni qishloq xo'jaligida ishlatilishi 1. Biologik muvozanat va uni saqlashda inson faoliyatining vazifasi O'simlik va hayvonlarning zararkunandalardan saqlash, himoya qilish qadimdan insoniyatni o'ylantirib kelgan va unga qarshi kurash olib borishgan. Hozirda 700 dan ortiq hashoratlar ma'lumki, ular insoniyatga, hayvonlarga, hamda o'simliklarga zarar keltiradi, ya'ni zararkunanda hisoblanadi. Ularga qarshi kurash choralarining eng samarali usuli kimyoviy himoya qilishdir. So'nggi yillarda 100 dan ortiq kimyoviy moddalar (pestitsidlar) o'simlik va hayvon zararkunandalariga qarshi ishlatilinib kelinmoqda. Har yili dunyo bo'yicha 50dan ortiq yangi samarali pestitsidlar olinmoqda. 10 mingta tekshirilgan birikmalardan bittasi amaliy jixatdan ishlatishga yaroqli hisoblanadi. Pestitsidlarni qo'llashda atrof-muhitni muhofaza qilish yotadi, ya'ni ularni ishlatish dozalarini qattiq nazorat ostiga olish lozim. Insoniyatning tabiatga ta'siri kundan-kunga kuchayishi, biologik muvozanatni buzilishiga olib kelmoqda. Olimlarning fikricha, hozirda kundan kunga atrof-muhitni ifloslanishi ortmoqda. Bu atrof-muhit, atmosfera, daryo, suv, hamda tuproqlarni ifloslanishi bilan ifodalanadi. Ifloslanish sabablari: dunyo bo'yicha 1 mld. t. o'g'it yerga solinadi, shulardan ko'pchiligi yomg'irda yuvilib daryo va okeanlarga o'tadi va suvni ifloslaydi; kimyoviy zavodlar ko'plab zararli chiqindilarni atmosferaga va suvga oqizadi. Hozirgi kunda ba'zi chet davlatlarda toza ichimlik suvi yetishmaydi; dunyo okeanlariga har yili 2∙106 tonna neft avariya yoki tankerlarni yuvish natijasida oqiziladi; issiqlik elekrostansiyalarni ishlashi uchun atmosferaga 250 mln. tonna kul, 60 mln. tonna SO2, avtomobillardan 200 mln. tonna СO va 20 mln. t. NO chiqariladi, ya'ni atmosferani ifloslaydi; hozirgacha reaktiv moddalarning qoldiqlarini yo'qotish muammolari yechilmagan. Yuqorida ko'rsatilgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi omillar, biologik muvozanatni saqlash muammosi insoniyat oldiga qo'yilgan asosiy muammo hisoblanadi. Shu sababli, o'simliklarni kimyoviy himoyasini ishlab chiqilganda, atrof-muhit masalasini ham o'ylash lozim. 2. Pestitsidlar, ularning sinflanishi va qishloq xo'jaligida ishlatilinishi Pestitsidlar deb o'simlik va hayvonlarni zararkunanda hashorat, kasalliklar va begona o'tlarga qarshi ishlatilinadigan zaharli kimyoviy vositalarga aytiladi. Qishloq xo'jaligida keng qo'llaniladigan pestitsidlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: Insektitsidlar-o'simlik zararkunandalariga(hashoratlarga)qarshi vositalar; Gerbitsidlar - begona o'tlarga qarshi vositalar; Fungitsidlar - o'simlik kasalliklariga qarshi ishlatilinadigan kimyoviy vositalar; O'simliklarni o'stiruvchi moddalar - o'simliklarni va ularning urug'ini o'stirish xususiyatiga ega bo'lgan moddalar. Bu guruh pestitsidlarga defoliantlar-bargni to'kuvchi, desikantlar- ortiqcha o'simlik navdalarini mustahkamligini oshiruvchi moddalar ham kiradi; Repellentlar - o'simlik, hayvon va insonlarni zararkunanda hashoratlarning xujumidan qo'rqitish uchun ishlatilinadigan moddalardir; Attraktantlar - hashoratlarni o'ziga jalb qiluvchi moddalar va boshqalar. Pestitsidlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: Aniq zararkunandalar uchun zaharli, lekin inson organizmi uchun zaharsiz; Tabiiy sharoitda tez parchalanib, o'zining zaharli xususiyatini yo'qotadigan (6 oygacha); Inson organizmining geniga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
227.09 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
227.09 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:28 ]
Arxiv ichida: docx