Biologik makromolekulalarning infraqizil spektrlari Biopolimerlarning tuzilishi, konformatsion holati va tuzilishlarida sodir bo'ladggan jarayonlarni o'rganishda ultrabinafsha, optik burilish dispersiyasi va aylanma dixroizm spektrlaridan olingan ma'lumotlarni to'ldirishda infraqizil spektroskopiyaning bergan ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega. Infraqizil sohada yutilish natijasida molekulada turli xil tebranishlar ro'y beradi, yani spektrning sodir bo'lishi uchun molekulada kimyoviy bog'lar orasidagi burchak qiymatlarining o'zgarishi va turli murakkab harakatlar bo'lishi kuzatiladi. Shuning uchun har bir guruhning tebranish turi molekulaning tuzilishiga, konformatsiyasining o'zgarishiga va guruhni qanday guruhlar o'rab turganiga bog'liq bo'ladi. Bir qancha olib borilgan tadqiqot ishlaridan shunday xulosaga kelindiki, biopolimerlarning infraqizil spektrlari va oddiy birikmalarning cpektrlari o'rtasida juda katta farq mavjud. Oddiy birikmalar yutilish sohasida aniq ajralib chiqqan intensiv va tor shakldagi chastotalar hosil qiladi, ammo biopolimerlarda kimyoviy bog'larning turi har xil, birqancha konformatsion holatlar bo'lgani uchun hamda molekulada maxsus guruhlarning miqdori birqancha bo'lgani uchun ko'p hollarda yutilish chastotalari bir-birining ustiga tushgan holda namoyon bo'ladi, bu esa yutilish chastotalarini keng shaklda namoyon bo'lishiga sababchi bo'ladi (69-rasm). Biopolimerlar spektrlarida keng shakldagi noaniq yutilish chastotalarining namoyon bo'lishiga qaramasdan ularni tahlil qilish ishlarida modelli birikmalarning spektrlarini o'rganib, ularni tadbiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 69-rasm. Stearin kislotasi (a) va DNK (b) larning IQ-spektrlari. Polipeptidlar va oqsillarning IK spektrlarida birqancha yuqori intensivlikka ega bo'lgan chastotalar namoyon bo'ladi, ularning intensivligi va chastota qiymatlari ko'p hollarda bir namunadan boshqasiga o'tilganda kam farq qilishi mumkin. Bu yutilish chastotasi CONH guruhiga tegishli bo'lib, hamma oqsil molekulasida mavjud. Ularning qiymatlarini oqsillarning tuzilishi va konformatsiyasini aniqlashda ishlatish mumkin. Ikkilamchi amid guruh tutgan birikmalarning IQ spektri o'rganilib ularning xarakteristik chastotalariga quyidagicha izoh berilgan: 1. Suyultirilgan eritmaning spektrida (molekulalararo vodorod bog'i bo'lmaganda) 3400 - 3460 sm-1 sohada aniq yutilish chastotasi kuzatiladi (NH guruhining valent tebranishi), uning qiymati kichik qiymatga o'zgarishi uchun NH dagi vodorod deyteriy izotopiga almashtiriladi va olingan N-D ning valent tebranish chastotasi orqali molekulada NH guruhi borligi tasdiqlanadi. Agar NH guruh vodorod bog'ining hosil bo'lishida ishtirok etsa, valent tebranish qiymati 3120 - 3300 sm-1 sohada namoyon bo'ladi. 2. Ikkilamchi amidlar, polipeptidlar va oqsil spektrlarida 1600-1700 sm-1 sohada kuchli intensivlikdagi yutilish chastotasi namoyon bo'ladi, suyultirilgan eritmalarda esa bu qiymat katta sohaga siljib namoyon bo'ladi. Bu yutilish chastotasi NH-C0 dagi S0 guruhining valent tebranishidir (amid I yutilish sohasi). 3. Ikkilamchi amidlarning spektrida 1510-1570 sm~1da yutilish sodir bo'lib, uni amid II yutilish sohasi deb nomlanadi. Amid II yutilish chastotasi haqida adabiyotlarda juda ko'p qarama-qarshi fikrlar bildirilgan, uni ayrim holatlarda NH guruhining deformatsion tebranishi deb ko'rsatilgan, ammo bu chastota siklik amidlar spektrida kuzatilmagan. Bundan tashqari NH-dagi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.94 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.94 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:28 ]
Arxiv ichida: doc