Biologiya o'quv kursidan dars berish metodikasining asoslari

Biologiya o'quv kursidan dars berish metodikasining asoslari

O'quvchilarga / Kimyo
Biologiya o'quv kursidan dars berish metodikasining asoslari - rasmi

Material tavsifi

Biologiya o'quv kursidan dars berish metodikasining asoslari Reja: 1.O'lik va tirik tabiatning xossalarini o'qitish metodikasi. 2.O'quvchilarda avtotrof, geterotrof oziqlanish tushunchalarini shakllantirish. 3. Aerob va anaerob nafas olish va uning xillari. Tirik tabiat burchagining tarbiyaviy ahamiyati. Biologiya o'qitishning moddiy bazasini asosiy qismini tirik tt burchagi tashkil etadi. Tirik tt burchagi - faqat o'simlik va hayvonlarni saqlash ular ustida tajribalar qo'yish, sinfdan tashqari ishlarni bajarish joyi hamdir. Unda o'quvchilarning biologiyaga bo'lgan qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy imkoniyatlar bor. Tirik tabiat burchagi dastlab, o'quvchilar kuchi bilan biologiya kabinetida, sinf derazalarida tashkil etiladi. O'quvchilar uylaridan xona o'simliklari yoki ularning qalamchalari, ekskursiyalardan - hayvonlar va yovvoyi o'simliklarni olib keladilar. Natijada tirik tabiat burchagi juda tezlik bilan kengaya boradi va maxsus xona talab etadi. Uni tashkil etish, tirik organizmlarni saqlash va joylashtirish biologik talablarga to'la mos bo'lishi kerak. O'simlik va hayvonlar biostenozlar bo'yicha guruhlar ajratiladi. Akvariumlarda baliqlar, molyuskalar, triton va suv muhitiga moslashgan o'simliklar, terrariumlarda nam joyda o'sadigan o'simliklar (qirqquloq, qirqbo'g'in,yo'sin) va baqa kaltakesaklar, qafaslarda turli hayvonlar va o'simlik shoxlari bo'ladi. Burchakdagi o'simlik va hayvonlarni sistemali qulay va chiroyli qilib joylashtirish muhimdir. Saqlanayotgan tirik organizmlar agro va zootexnika qoidalariga rioya qilgan holda saqlash zarur. Har-bir obyekt oldida etiketka va pasporti bo'lsin bu ular bilan yaxshi tanishishga imkon beradi. Tirik tabiat burchagida o'simlik va hayvonlarni parvarishlash bo'yicha mehnat madaniyati tarbiyalanadi; maktab boyligini ehtiyotkorlik munosabati tarbiyalanadi. Estetik tarbiya uchun ham katta imkoniyatlar bor: o'simlik akvariumlarni, qafaslarni qanday chiroyli qilib, o'zaro bog'liqlikda joylashtirishga o'rgatadi. Shunday qilib, tirik tabiat burchagi - faqat o'quv joyi emas, balki ko'p qirrali tarbiyaviy ishlar joyi hamdir. Tirik tabiat burchagining o'simliklari. Tirik tabiat burchagida butun o'quv yili davomida quyidagi o'simliklar saqlanadi. * xona o'simliklari. * yovvoyi o't urug'li va sporali o'simliklar. * vegetativ usulda ko'payadigan madaniy va yovvoyi o'simliklar. * Daraxt va butalarning shoxlari. Xona o'simliklari tirik burchakning asosiy qismini tashkil etadi. Burchakdagi o'simliklarga birgina emas, balki bir necha tajribalar qo'yish imkonini beradigan vakillarini olingani ma'qul. Besh-o'nta shunday o'simliklar ko'p joy egallamagan holda botanika va umumiy biologiya kurslaridan mashg'ulotlarini material bilan ta'minlaydi. Bularga quyidagi xona o'simliklari: kaktus geran, tradeskanstiya, begoniya, kolonxoe, elodeyalar kiradi. Xona o'simliklaridan turli xil tajribalarda foydalanish mumkinligini quyidagi misolda ishonch hosil qilish mumkin. Tradeskanstiya o'simligini quyidagi maqsadda: changdon inchalari va chang donachalaridan preparat tayyorlash; stitoplazmaning harakatlanishi; qo'shimcha ildizlarni paydo bo'lishi; qalamchalarning tez ildiz olish; parxishlash, payvandlash; quruqlik o'simliklarining suv o'simligiga aylanish kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib borishini va tajribalar qo'yishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.25 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.25 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga