1.Kirish 4 2. Biomexanika asoslari 5 3. Mexanika usullarining organizmdagi jarayonlarni tadqiq qilishda qo'llash xususiyatlari 7 4. Biomexanikaning zamonaviy yo'nalishlari 9 5. Biomexanikaning umumiy usullari 11 5.1. Kvant biomexanikasi 11 5.2. Suyuqliklar biomexanikasi 12 5.3. Qattiq to'qimalar biomexanikasi 20 6. Biomexanikaning zamonaviy usullari 25 6.1. Biomexanika xususiy hosilali tenglamalarini sifatiy tahlil qilish 25 6.2. Biomexanika oddiy differensial tenglamalarini sifatiy tahlil qilish 34 6.3. Biomexanika differensial ayirma tenglamalarini sifatiy tahlil qilish 41 7. Adabiyotlar 50 1. Kirish Biomexanika atamasi oxirgi yillarda ilmiy adabiyotlarda juda ko'p uchraydigan bo'ldi va maxsus laboratoriyalar, institutlar, ilmiy anjumanlarning asosiy mavzusiga aylandi. Buning asosiy sabablaridan biri, mexanikaning va texnik tarraqiyotning rivojlanishidir. Biomexanika o'zining tadqiqot uslublariga ega. Uning muvaffaqiyatli rivojlanishi molekula, hujayra pog'onalaridan butun organizm pog'onasidagi jarayonlarni tadqiq qilish uchun maxsus tajribalar olib borishni va biomateriallar, biojarayonlarni tadqiq qilishni taqoza qiladi. Biomexanika juda murakkab obyekt - tirik tizimlar bilan ish ko'radi va har xil ta'sirlar, bog'lanishlarni hisobga olishi kerak. Shuning uchun ham biomexanika sohasidagi ishlarni tizimlash va sinflash hozircha ancha qiyin. Ushbu qo'llanma biomexanika sohasidagi adabiyotlarga asosan yozilgan bo'lib, fanlar orasida biomexanikaning o'rni, uning asosiy masalalari, biomexanikada qo'llanilayotgan mexanikaning klassik va zamonaviy usullari keltirilgan. Talabalarni biomexanika bilan yaqindan tanishtirish uchun qo'llanmada hozirgi zamon biomexanikasi oldida turgan dolzarb masalalardan ikkitasining yechish usullari, asosiy natijalar va mumkin bo'lgan rivojlanish yo'nalishlari, misol tariqasida, keltirilgan. 2. Biomexanika asoslari Materiya birligi insoniyat tafakkurini qadim zamonlardan beri, ayniqsa fan taraqqiyotining keskin burilish pog'onalarida, egallab kelgan. Shu asnoda asosiy masalardan biri bo'lib noorganik jarayonlarni tadqiq qilish sohasida olingan natijalarni tirik tizimda ro'y berayotgan organik jarayonlarni tahlil qilishda qo'llash masalasidir. Planetamizda to'rtta asosiy element: uglerod, kislorod, azot va vodorod - va ular birikmalari mavjud. Ular yer sharida juda keng tarqalgan bo'lib, tirik tizimlarni tashkil qiluvchi asosiy elementlardir. Hayotning paydo bo'lishi materiyaning hech qanaqa o'zgarishi bilan bog'liq emas. Tirik mavjudotlar tarkiban suv va uglerod bilan azotning birikmalaridan tashkil topishgan. Hayot noorganik materiyadan kelib chiqqan bo'lsa ham, tirik tizimlar ko'p maxsus xossalarga ega. Millionlab yillar davomida rivojlanib kelgan tirik tizimlar juda ham murakkab bo'lib, uning qonuniyatlarini o'rganish uchun mikro va makro pog'onalarda ish olib borayotgan hamma fanlarning yordami kerak bo'ladi. Tirik tizimlar maxsus xossalari: modda almashuvi, o'sish, harakat, ko'payish, fikrlash, hissiyot va boshqalar bilan ifodalanadi. Ular hayron qolarli darajadagi bejirim tuzilishga va boy uzviy bog'langan boshqaruv mexanizmga ega. Tirik tizimlarning bazi bir xossalarini klassik mexanika usullari orqali to'liq o'rganish mumkin, bazilarini esa atom darajasidagi tadqiqotlar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
239.01 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
239.01 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:28 ]
Arxiv ichida: doc