Bioorganik kimyo faninig predmeti, o'rganish obyektlari Reja. 1. Bioorganik kimyo fanining vujudga kelishi 2. Bioorganik kimyo fanining o'rganish obyektlari. 3. Bioorganik kimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Tirik tabiat foydali moddalar manbai sifatida insonlarni juda qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelgan. Qadimgi madaniyat rivojlangan mintaqalarda odamlar o'simlik va hayvonot xom-ashyosidan bo'yoq, dorivor moddalar va boshqa zaruriy mahsulotlarni ajratib olish, hamda ularni qayta ishlash jarayonlarini bilishgan. Tirik organizmlarning hayot faoliyati bilan bog'liq hodisalarni aniq ilmiy ravishda tushuntirish harakatlari qadimgi xind, yunon va rum mutafakkirlarining asarlarida uchraydi. Ularning g'oyalarini o'rta asr (uyg'onish) davri olimlari rivojlantirganlar. Buning natijasida XVII asrning oxiriga kelib organizmlarning hayot faoliyati asosida moddalarning oddiy va murakkab kimyoviy o'zgarishlari yotishi to'la, ishonchli ravishda aniqlandi. XIX asrga kelib organik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan biologik jarayonlarni o'rganish sohasida katta yutuqlarga erishildi. Biologik jarayonlarni o'rganishda tadqiqotning kimyoviy usullardan keng foydalanish natijasida biokimyo fani vujudga keldi. Shuningdek, tadqiqotning fizik usullaridan ham unumli foydalanila boshlandi. Bundan tashqari XIX asr asr oxiriga kelib biologik jarayonlarni o'rganish uchun kimyoviy usullarni tatbiq qilinishi bilan biokimyo fani vujudga keldi. Shu vaqtdan boshlab tabiiy birikmalar kimyosi fani shakllana boshladi. Bunga oqsil moddalar va nuklein kislotalarni kimyoviy tabiatini ochilishi, ayrim organik moddalarni kimyoviy sintez qilinishi katta ta'sir ko'rsatdi. XX asrning ikkinchi yarmida biologik jarayonlarni, tabiiy va biologik faol moddalarni o'rganish sohasida salmoqli yutuqlarga erishildi. Aynan shu davrda DNKning tuzilishi aniqlanishi bilan molekulyar biologiya fani vujudga keldi. Tabiiy birikmalar kimyosi fani tirik tabiatda uchraydigan murakkab tuzilishga ega bo'lgan birikmalarni kimyoviy tadqiqoti bilan shug'ullana boshladi. Bir qator muhim oqsil moddalarning tuzilishini aniqlanishi, xlorofill, V12 vitamini kabi murakkab moddalarni kimyoviy sintez qilinishi kimyo fani erishgan eng katta yutuqlardan hisoblanadi. Asta sekin organik kimyoning asosiy vazifalaridan biri tabiiy moddalarni tuzilishini o'rganish va tuzilish bilan biologik faollik o'rtasidagi munosabatni aniqlashdan iborat bo'la boshladi. Natijada kimyo fanining yangi sohasi-bioorganik kimyo vujudga keldi. Bioorganik kimyo fanining shakllanishida E.Fisher, R.Vilshtetter, L.Poling, F.Krik, A.Todd, V.Prelog, R.Vudvord kabi mashhur kimyogarlarning hissalari katta. O'zbekistonda bioorganik kimyo fani o'tgan asrning 70-yillaridan boshlab rivojlana boshladi. Akademik O.Sodiqov tashabbusi bilan O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshida «Bioorganik kimyo» ilmiy tekshirish instituti tashkil etilgan (1973 y.). Ushbu institut Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo'lib, unda bir qator biologik faol tabiiy moddalarni tuzilishini va biologik xossalarini o'rganish, ularni kimyoviy modifikatsiya qilish, hamda yuqori biologik faollikka ega bo'lgan organik birikmalar sintez qilish ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Malumki, o'simliklar tabiiy birikmlarning muhim manbai hisoblanadi. Ularda turli xil birikmalar uchraydi. O'simlik moddalarni ajratib olish, ularni kimyoviy tuzilishini tadqiq etish va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.53 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.53 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:28 ]
Arxiv ichida: doc