Biopolimerlar tuzilishini mass-spektroskopiya yordamida o'rganish Peptidlardagi aminokislotalar ketma-ketligini aniqlashda kimyoviy va fermentativ uslublar bilan bir qatorda mass-spektrometriya uslubi ham keng miqyosda ishlatiladi. O'rganiladigan moddaning mass-spektrini olish uchun uni gaz holatiga o'tkazib, ionlanish jarayoniga uchratiladi. Bunda hosil bo'lgan molekulyar ionlar parchalanib turli xil ionlarni hosil qiladi. Hosil bo'lgan ionlarning massalarini qanday qonuniyat bilan bo'linishini to'liq o'rganib, nomalum moddaning tuzilishi haqida ma'lumot olinadi. Peptidlar tsvitter-ionli ko'rinishga ega bo'l-ganligi hamda molekulada molekulalararo va molekula ichidagi vodorod bog'larining mavjudligi uchun qiyinchilik bilan bug'lanish jarayoniga uchraydi. Ularni uchuvchan holatga keltirish uchun atsillash va eterifikatsiya reaksiyalarini olib borish zarur. Peptid zanjiridagi NH2 guruhini atsillash uchun triftorsirka angidridi yoki yog' kislotalarining N-gidroksisuktsinimid efiridan (masalan, dekan yog' kislotasi) foydalaniladi. Ayrim hollarda peptid bog'laridagi ikkilamchi amino guruhini metil yodid bilan metillash reaksiyasi olib boriladi. Karboqsil guruhni eterifikatsiyalash metanol ishtirokida olib borilib, katalizator sifatida sulfuril xloriddan foydalaniladi. Shunday qilib, peptid molekulasi atsillash, eterifikatsiya va NH guruhi bo'yicha metillash reaksiyasiga uchratilib, uning oson uchuvchan birikmasi olinadi. Ko'p xollarda ionlanish jarayoni natijasida molekuladan elektron chiqib ketib, musbat zaryadli molekulyar ion hosil bo'ladi. Peptidlar molekulasida peptid bog'i karbonil guruhining kislorodi va azot atomi ionlanadi. Hosil bo'lgan ionli molekulaning parchalanishi musbat zaryadga nisbatan -holatda bo'lgan bog'ning uzilishi bilan sodir bo'ladi, natijada peptid hosilasining molekulyar ionlaridan aminokislota (A) va aldimin (B) bo'laklar hosil bo'ladi. Tekshirilayotgan peptidning molekulasidagi boshlang'ich ionlanish jarayonida musbat zaryad turli xil kislorod yoki azot atomlarida tarqalgan bo'lib, keyingi parchalanish jarayoni natijasida aminokislotali (A) va aldimin (V) bo'laklarning bir qanchasini (yig'indisini) olish mumkin: Aminokislotali va aldimin bo'laklarni to'la tahlil qilish natijasida peptidning tuzilishi haqida ma'lumot olinadi. Aminokislotali bo'laklarni peptidlardan hosil bo'lish turi peptidlar molekulyar ionlari parchalanishining yagona yo'li emas. Har bir aminokislota qoldig'ining yon zanjiri mass-spektrning umumiy tasviriga katta ta'sir etadi. Shuning uchun yon zanjirlarning o'ziga xos parchalanishlari peptidlar tuzilishi haqida yana qo'shimcha ma'lumot beradi. Mass-spektrometriyaning afzalliklaridan biri -aminoguruh tutmagan peptidlarni tahlil etishga imkon beradi va azot atomida joylashgan guruhlarning kimyoviy tabiatini aniqlaydi. Elektronlar yordamida ionlanish jarayoni bajarilsa 4-6 ta aminokislota qoldig'idan tashkil topgan peptidlarni o'rganish mumkin. Hozirgi vaqtda mass-spektrometrlarning imkoniyatlaridan to'la foydalanish uchun tezlashtirilgan atomlar bilan bombardirovka qilish uslubi ishlatiladi, bunda katta kinetik energiyaga ega bo'lgan argon va ksenon atomlaridan foydalaniladi. Bu uslub yordamida molekulyar massasi 300 dalton bo'lgan murakkab peptidlarning ham tuzilishini o'rganish mumkin. Bunday uslub uchun 1-5 mmol modda etarli hisoblanadi. Tezlashtirilgan atomlar bilan ionlanish jarayoni 15-40 aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan peptidlarni o'rganishda eng zamonaviy uslub sifatida ishlatiladi. Yuqoridagi uslublardan tashqari murakkab peptidlarni fermentativ gidrolizdan so'ng aralashmani to'g'ridan-to'g'ri tahlil qilish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.03 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.03 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:28 ]
Arxiv ichida: doc