Biopolimerlarning rengen - tuzilish analizi

Biopolimerlarning rengen - tuzilish analizi

O'quvchilarga / Kimyo
Biopolimerlarning rengen - tuzilish analizi - rasmi

Material tavsifi

Biopolimerlarning rentgen-tuzilish analizi Difraksiyali usullardan bo'lgan rentgen-tuzilish analizi anorganik va organik birikmalarning kristallik holatini o'rganishda muhim ma'lumot beradigan usul hisoblanadi. Agar bu uslubni rivojlanish bosqichiga etibor bersak, eng avval anorganik moddalar va keyinchalik oddiyroq tuzilishga ega bo'lgan organik moddalar o'rganilgan. Keyingi yillarda esa oqsillar va nuklein kislotalarning tuzilishini o'rganishda ishlatiladi. Oqsillarda rentgen nurlarining sochilish diagrammasi orqali asosan uning konformatsiyasi haqida ma'lumot olingan. Bu ishlar asosan uning uchlamchi tuzilishini aniqlashga imkon bergan. DNK ning rentgen-tuzilish analizi orqali uning juft spiralligi haqida ma'lumot olindi. Rentgen-tuzilish analizining nuklein kislotalarning tuzilishi haqida malymot olishda imkoniyati mavjud, ammo bu imkoniyatlar molekulasi tRNK dan yirik bo'lgan nuklein kislotalar uchun taaluqli emas, chunki molekulyar massaning oshishi natijasida difraksiya tasviri ham murakkablashadi, tRNK ni analiz qilish uchun 1600 ta atomlarning (vodoroddan tashqari) bir-biriga nisbatan holati haqida ma'lumot olish zarur. Bunday qiyinchiliklarga qaramasdan, ushbu uslub nuklein kislotaning birlamchi strukturasini bilishda quyidagi bosqich-larda olib boriladi: 1) tRNK ning kristallanishi. 2) Konformatsiya haqida umumiy axborotlar olish. 3) Ribozofosfat skeletiga nisbatan purin va pirimidin yadrosining holatini aniqlash. 4) Adenin va guaninni bilish. Amindagi N bilan S4-dagi karbonil kislorodining elektron zichligi tsitozin va uratsilda juda yaqin bo'lgani uchun ularni bir-biridan farq qilishda qiyinchilik tug'diradi. 5) Olingan hamma ma'lumotlar yig'indisi orqali birlamchi tuzilish haqida xulosa qilish. Oqsil moddalariga o'xshab bu uslub yordamida nuklein kislotalarning birlamchi tuzilishini hamda kristallik holatini aniqlash mumkin. Gemoglobin tarkibidagi globin qon oqsili hisoblanib, uning tarkibidagi gemin guruhi temir ioni bilan kompleks hosil qiladi. Shu murakkab kompleksning tuzilishini aniqlik bilan rentgen yordamida tasdiqlangan (70, 71-rasmlar). Gemoglobinga nisbatan mioglobinning molekulyar og'irligi taxminan 5-6 marta kichik, u ham gemin guruhini o'z tarkibida tutadi. Mioglobinning tuzilishi gemoglobinga nisbatan ancha keyinroq aniqlangan. Mioglobinda umumiy atomlar soni 2500 dan ortiq, agar vodorod atomlari etiborga olinmasa atomlar soni 1200 ga teng. 70-rasm. Geminning tuzilishi. 71-rasm. Gemin elektron zichligining rentgen yordamida ko'rsatilishi. Biopolimerlarning tuzilishini o'rganishdagi muammolardan biri ularning monokristallarini olish hisoblanadi. Bu murakkab ish amalga oshirilsa rentgen uslubining bergan ma'lumoti boshqa fizikaviy uslublar yordamida xal etilmagan masalalarni ham aniqlik bilan bilishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda oqsil moddalarning uchlamchi tuzilishini aniqlashda ularning kristallik namunalarini rentgen-tuzilish analizi yordamida o'rganish asosiy uslub hisoblanadi. Buning uchun oqsillarning monokristallarini olish zarur, ammo bu masalani xal etish murakkab vazifa bo'lib, maxsus uslublar va yuqori saviyadagi tajribalarni talab etadi. Ko'pgina hollarda oqsil molekulasiga og'ir atom (masalan, simob) kiritiladi, ammo uning kiritilishi oqsilning fazoviy tuzilishini o'zgartirib yubormasligi kerak. Bu izomorf o'rin almashishning asosiy muammosi hisoblanadi. Oqsilning izomorf hosilasining kristali tekshirishning asosiy manbasi bo'lib xizmat qiladi. Oqsillarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.8 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.8 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga