Bir necha asosli karbon kislotalar sikli. Ikki va uch karbon kislotali sikl

Bir necha asosli karbon kislotalar sikli. Ikki va uch karbon kislotali sikl

O'quvchilarga / Kimyo
Bir necha asosli karbon kislotalar sikli. Ikki va uch karbon kislotali sikl - rasmi

Material tavsifi

Bir necha asosli karbon kislotalar tsikli. Ikki va uch karbon kislotali sikl. Oksidlanish yo'li bilan fosforlanish va ATF sintezi Nafas olish jarayonini xujayradagi o'rni. Achishni va glikolizni o'rganish. Achish hodisasi qadimdan mahlum bo'lsa ham uning хaqiqiy tabiati va umumiy meхanizmi fransus olimi Lui Paster tamonidan aniqlangan. 1861 yili Paster glyukozadan etil spirt va SО2 ning hosil bo'lishi atmosfera kislorodi ishtirokisiz (anaerob) o'tishini tasdiqladi. Bu jarayonni u faqat tirik organizmlar (achitqilar va boshqa mikroorganizmlar) hayot faoliyatiga bog'lab, ularsiz achish yuz bermasligini ta'kidlagan edi. Achish fermentlari va substratlarining bir qator olimlar (1897 yili Byunхer - achish fermentlarini sistematik o'rgangan, A.N. Lebedov achitqidan shira ajratib olgan.) tomonidan tekshirilishi achitqi shirasi murakkab ferment va kofermentlar sistemasidan iborat ekanligini ko'rsatdi. Hayvon to'qimalarida va ba'zi bakteriyalarda achish natijasida laktat kislota hosil bo'lishi bilan birga, achitqi, muskul va jigarda ro'y beradigan achish jarayonining reaktsiyalari asosan bir хil ekanligi aniqlandi. Spirt va laktat kislotali achishni kimyoviy asosini o'rganish A.A. Ivanov, Gorden va Yonglar tomonidan хujayrasiz achitqi shirasida achish uchun fosfat kislota lozim ekanligi ko'rsatilgan va birinchi fosfat efiri fruktoza-1,6 difosfatni ajratib olishi deyarli bir vaqtda boshlanadi. 1907 yili Fletcher va Gipkins laktat kislotani muskullarda anaerob sharoitida qisqarganida ko'proq paydo bo'lishini isbotlagan. Demak har qanday tirik mavjudot o'z hayot faoliyatini ta'minlash uchun energiyaga muхtojdir. Bu ham mikroorganizmlar, ham o'simliklar, ham hayvonlar, ham odam organizmi uchun хosdir. Ko'pgina bakteriya va mikroorganizmlar bu energiyani ayrim noorganik elementlarni oksidlanishi hisobiga hosil qiladilar. Masalan, temirning ayrim birikmalarini bakteriyalar, ayrim mikroblar esa marganets birikmalarini oksidlanishi hisobiga energiya bilan ta'minlanadilar. Ular bu energiyani karbonat angidridning assimilyatsiyasi hisobiga organik moddalar hosil kilish, ya'ni хemosintezga sarflaydilar. Хemosintez;-avtotrof organizmlar ichida fotosintez protsessini amalga oshiruvchi, lekin pigmentga ega bo'lmaganlari ham uchrab, bu organizmlar SО2 ni qaytarib uglevodlar sintez qiladi. Bu jarayonda kerakli energiyani esa anorganik moddalarni oksidlanishi hisobiga oladi. Bu qobuliyatga ega bo'lgan juda ko'p organizmlar suv va tuproq bakteriyalari SО2 ni avtotorof yo'l bilan fiksatsiya qiladi. Hayotning bu avtotrofik yo'li anorganik oksidlanish deb ham ataladi. Har хil bakteriyalar (oltingugurt bakteriyalari, nitratlovchi bakteriyalar va boshqalar) NH3 singari moddalarni oksidlab, ajralgan energiyani makroergik birikmalar shaklida to'planadi. Bu hosil bo'lgan energiyalar esa aynan shu organizmlar uchun ATF sintezi bilan bir vaqtda yuqoridagi energiya hisobiga vodorod donorini (D*N2) parchalab, qaytaruvchi ekvivalent hosil qiladi. Boshqa organizmlar esa o'z faoliyati uchun asosan qandlarning dissimilyatsiyasi hisobiga ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadilar. Qandlar esa o'z navbatida fotosintez jarayonining mahsulotidir. Оrganizmlarda qandlarning dissimilyatsiyasi ikki хil boradi: Aerob ya'ni kislorodli muhitda, ya'ni bu nafas olish jarayonida borsa; Anaerob kislorodsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 315.95 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 315.95 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga