Bir va ikki komponentli sistemalar. Ularning holat diagrammalaria Reja KIRISh Fazoviy muvozanatning asosiy tushunchalari. ASOSIY QISM 2.1. Bir komponentli sistemalarda Gibbs fazalar qoidasining qo'llanishi. 2.2. Diagrammalar tuzishning umumiy prinsipi. Suvning va oltingugurtning holat diagrammasi. 2.4. Ikki komponentli sistemalar uchun Gibbs fazalar qoidasining qo'llanilishi. 2.5. Komponenlari suyuq holatda cheksiz eriydigan va qattiq holatda o'zaro erimaydigan sistemalar. 2.6. Suyuq holatda cheksiz eriydigan, qattiq holatda esa kimyoviy birikma hosil qilib kongruent suyuqlanadigan sistemalar. 2.7. Inkongruent holda kimyoviy birikma hosil qilib suyuqlanadigan sistemalar. 2.8. Termik tahlil. XULOSA FOYDALANGAN ADABIYoTLAR Termodinamik sistemaga kiruvchi moddalar harorat va bosim o'zgarishi bilan turli agregat holatlarda suyuq, qattiq va gaz-bo'lib, bir yoki bir nechta fazani hosil qilishi mumkin. Bu agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o'tishida kimyoviy tarkib o'zgarmaydi va unga fazaviy o'tishlar deyiladi (1- rasm). Bir necha fazalardan iborat sistemaga geterogen sistema, bu sistemada qaror topadigan muvozanatga esa geterogen yoki fazaviy muvozanat deyiladi. Geterogen sistemadagi fazaviy muvozanat muayyan sharoitlar bilan xarakterlanadi: sistemadagi barcha fazalarda harorat, bosim va har qaysi komponentning kimyoviy potentsiali bir xil bo'ladi. T! = T!! = … = TF Pi! = Pi!! = … = PiF μi! = μi!! = … = μiF Fazoviy muvozanatning asosiy tushunchalari Erkinlik darajasi soni (S) deb - sistema holatini belgilovchi termodi-namik parametrlar soniga aytiladi. Bu parametrlarni sistemadagi fazalar sonini o'zgartirmasdan turib o'zgartirish mumkin. Bunday parametrlarga tashqi omillar (harorat va bosim) va ichki omillar (komponentlar kontsentratsiyasi) kiradi. Erkinlik darajasi soniga qarab sistemalar invariantli (S=0), monovariantli (s=1), bivariantli (s=2) va h.k. bo'lishi mumkin. Masalan, o'zgarmas bosimda tuzning to'yingan eritmasining erkinlik darajasi 1 ga teng. Har qaysi tanlangan haroratda to'yingan eritmaning muayyan kontsentratsiyasi muvofiq keladi. Erkinlik darajasi soni A) Suvning holat diagrammasi 2- rasmda suvning holat diagrammasi keltirilgan bo'lib, unda uchta maydon: muz (q), suyuqlik (s) va bug' (g) mavjud. Har bir maydon chegarasida fazalar sonini o'zgartirmay turib ixtiyoriy ravishda harorat va bosimni o'zgartirish mumkin. Chunki F = 1, sistema erkinlik darajasi S=1-1+2=2 AO, VO, SO egri chiziqlari ikki faza muvozanatda bo'ladigan harorat (T) va bosim (r) ning qiymatlarini ko'rsatadi. Har bir egri chiziq fazaviy aylanish haroratining bosimga bog'liqligini ko'rsatadi. Egri chiziqlarning egilganligini Klapeyron tenglamasining quyidagi ko'rinishi orqali aniqlanadi. Suv va oltingugurtning holat diagrammasi Oltingugurt uchta (A, V va S) uchlamchi nuqtaga ega. Masalan A nuqtada ikkita qattiq va bitta gaz faza o'zaro muvozanatda bo'ladi. Bu ikki qattiq fazalar oltingugurtning enantiotroplaridir. Shtrixlangan egri chiziqlar metastabil sharoitga mos keladi. masalan, AD egri chiziq α-oltingugurtning o'tish haroratidan yuqori haroratlardagi bosimini bildiradi. Agar sistema ikki komponentdan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
116.37 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
116.37 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:28 ]
Arxiv ichida: ppt