Bir va ko'p asosli karbon kislotalar hamda ularning hosilalari

Bir va ko'p asosli karbon kislotalar hamda ularning hosilalari

O'quvchilarga / Kimyo
Bir va ko'p asosli karbon kislotalar hamda ularning hosilalari - rasmi

Material tavsifi

Bir va ko'p asosli karbon kislotalar hamda ularning hosilalari Reja: Tuzilishi, sinflanishi, izomeriyasi, nomenklaturasi Olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari Karbon kislotalarning galogenli hosilalari Ayrim vakillari Tuzilishida - karboqsil guruhi bo'lgan organik birikma-larga karbon kislotalar deyiladi. Karboqsil guruhining soniga qarab ular bir va ko'p asosli kislotalarga bo'linadilar. Karboqsil guruhi to'yingan uglevodorod qoldig'i bilan bog'langan bo'lsa to'yingan kislotalar, agar karboqsil guruhi to'yinmagan uglevodorod qoldig'i bilan bog'langan bo'lsa to'yinmagan kislotalar deyiladi. To'yingan bir asosli karbon kislotalar. To'yingan bir asosli karbon kislotalar SnH2n+1COOH yoki R-SOON umumiy formulalar bilan ifodalanadi. R-COON formulada R=-N: - SN3; -S2N5 va boshqa radikallar bo'lishi mumkin. Izomeriyasi va nomlanishi. Karbon kislotalarning gomologik qatori chumoli kislota N-SOON dan boshlanadi. Ularning dastlabki 3 vakilini izomerlari yo'q. To'rtinchi vakilidan boshlab izomeriya hodisasi kuzatiladi. Kislotalarni sistematik nomenklatura bo'yicha nomlashda tegishli to'yingan uglevodorod nomi oxiriga kislota so'zi qo'shib o'qiladi. Quyida to'yingan bir asosli karbon kislotalarni empirik va sistematik nomenklaturada nomlashga misol keltiramiz: Keng tarqalgan ayrim kislotalar quyidagicha nomlanadi: SN3 - (SN2)4 - SOON kapron kislota SN3 - (SN2)5 - SOON enant kislota SN3 - (SN2)10 - SOON laurin kislota SN3 - (SN2)14 - SOON palmetin kislota SN3 - (SN2)16 - SOON stearin kislota Kislota qoltiqlari quyidagicha nomlanadi (ularni umumiy nomda atsillar deyiladi): formil, metanoil atsetil, etanoli propionil, propanoil butiril, butanoli Kislotalarning olinish usullari. Kislotalar olishning bir necha usullari malum. Ulardan ayrimlarini biz oldingi bo'limlarda ko'rib chiqqanmiz. Kislotalarni: Birlamchi spirtlarni oksidlab, Aldegidlarni oksidlab, Metallorganik birikmalardan olish mumkin. Nitrillarni mineral kislotalar yoki ishqorlarning suvdagi eritmalari bilan qo'shib qizdirilganda kislotalar hosil bo'ladi: Kislotalar sanoatda parafin uglevodorodlarini yuqori haroratda katalizatorlar ishtirokida havo bilan oksidlab olinadi. Bunda kichik molekulyar massaga ega bo'lgan uglevodorodlar bug' fazada yuqori bosim ostida, katta molekulyar massaga ega bo'lgan (S16N34-S30N62) uglevodorodlar suyuq fazada 400-500S va 130-200 atm bosim ostida oksidlanadi. Karbon kislotalarni sanoatda olishning eng istiqbolli usuli ularni oksosintez yordamida olish hisoblanadi. Bu jarayon 300-400S, 200-500 atm bosim va nikel tetrakarbinoli katalizatorligida olib boriladi. Oksosintez jarayoni ikki yo'nalishda sodir bo'ladi: bosh yo'nalish qo'shimcha yo'nalish Karbon kislotalarning xossalari. Tuzilishida uchtagacha uglerod bo'lgan kislotalar rangsiz suyuqlik bo'lib, o'ziga xos o'tkir xidga ega; suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Tuzilishida to'rttadan to'qqiztagacha uglerod bo'lgan kislotalar moysimon suyuqlik bo'lib, yoqimsiz xidga ega, suvda yomon eriydi. Yuqori kislotalar qattiq moddalar bo'lib, suvda erimaydilar. Chumoli va sirka kislotalarining zichligi birdan katta, qolganlariniki esa birdan kichikdir. Tarkibida teng uglerod atomi saqlangan to'g'ri zanjir hosil qilib tuzilgan kislotalar yuqori haroratda, tarmoqlangan tuzilishga ega bo'lganlari esa nisbatan past haroratda qaynaydilar. Juft sonli uglerod atomi saqlovchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 275.33 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 275.33 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga