SPIRTLARNING NOMLANISHI VA IZOMERIYASI FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI SPIRTLARNING QO'LLANILISHI XULOSA REJA: SPIRTLAR Tarkibida OH guruh tutgan uglevodorod hosilalari Tarkibida vodorod bog'lar mavjud Umumiy formulasi R-OH Bir va ko'p atomli spirtlar mavjud Bir atomli spirtlar uchun umumiy formula: CnH2n+OH Uglevodorod nomiga -ol suffiksi qo'shiladi Yonuvchan va zaharli moddalar Bir atomli to'yingan spirtlar bir - biridan CH2-metilen gruppasiga farq qiluvchi gomologik qatorni tashkil qiladi. Tarkibida tutgan gidroksiguruh soniga qarab spirtlar bir atomli va ko'p atomli guruhlarga ajratiladi. Gidroksi guruhni birlamchi uglerod atomi tutsa - birlamchi spirt (R-CH2-OH), ikkilamchi uglerod atomi tutsa ikkilamchi spirt (R2-CH-OH), uchlamchi uglerod atomi tutsa (R3-C-OH) uchlamchi spirt deyiladi. Nomlanishi va izomeriyasi: Spirtlarni nomlashda trivial nomlashdan tashqari (metil, etil, propil spirtlari va gliserin) xalqaro nomenklaturadan ham foydalaniladi. Bunda mos uglevodorod nomiga -olqo'shimchasi qo'shiladi va -OH gruppa joylashgan uglerod nomeri ko'rsatiladi. Nomlash gidroksigruppa yaqin turgan joydan boshlanadi. Spirtlarda zanjir va gidroksigruppa tutgan holat izomeriyasi mavjud. Sguning uchun spirtlar uglevodorodlarga nisbatan ko'proq izomerga ega bo'lishadi. holat izomeriyasini propanoldan boshlab kuzatish mumkin. Fizik va kimyoviy xossalari Tarkibida 15 tagacha uglerod atomini tutgan spirtlar suyuq, undan ortiquglerod atomini tutgan spirtlar esa qattiq spirtlardir. Ularning barchasi suvdan yengil. Metanol, etanol va propanollar suv bilan cheksiz aralasha oladi. Molekulyar massasi ortishi bilan spirtlarning suvda eruvchanligi kamayib boradi. Yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan spirtlar suvda deyarli erimaydi. Mos uglevodorodlardan spirtlarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari va eruvchanligining yuqoriligi vodorod bog' mavjudligi bilan izohlanadi. Spirtlarning kimyoviy xossalari gidroksigruppa va radikalga bog'liq. Barcha organik moddalar kabi spirtlar ham yonadi. Xulosa: Spirtlar uglevodorod atomiga -OH guruhining qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan birikmalardir. Uglevodorodlarga nisbatan ko'plab izomerlari mavjud. Molekulyar massasi ortishiga qarab spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari ham o'zgarib boradi. Spirtlarni bir necha sohalarda, turli maqsadlarda qo'llash mumkin. Bir va ko'p atomli spirtlar Reja: Nomlanishi va izomeriyasi Olinish usullari Fizikaviy xossalari va tuzilishi Kimyoviy xossalari Muhim vakillari Ikki atomli spirtlar (glikollar yoki alkandiollar) Uch atomli spirtlar (alkantriollar) Molekulasida bir yoki bir necha gidroqsil guruhi bor uglevodorodlarning hosilalariga spirtlar deyiladi. Gidroqsil guruh soniga qarab ularbir, ikki, uch va ko'p atomli spirtlarga bo'linadi. Spirtlar ochiq zanjirli va halqali, to'yingan va to'yinmagan bo'ladi. Bir atomli to'yingan spirtlar (alkanollar) Bir atomli to'yingan spirtlarning umumiy formulasi CnH2n+1OH yoki CnH2n+2O bilan ifodalanadi. Gidroqsil guruhning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomi bilan bog'langanligiga qarab spirtlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo'ladi: Nomlanishi va izomeriyasi Ko'pincha spirtlarning nomlari gidroqsil bilan bog'langan alkil guruhi nomiga spirt so'zini qo'shish bilan hosil qilinadi. Ratsional nomenklaturaga ko'ra bir atomli to'yingan spirtlar - metanol (karbinol)ning ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:28 ]
Arxiv ichida: pptx