Boshlang'ich kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi

Boshlang'ich kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi

O'quvchilarga / Kimyo
Boshlang'ich kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi Reja: 1. Kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi. 2. Boshlang'ich kimyoviy tushunchalarni o'qitish metodikasi. 3. 8-sinf kimyo kursida asosiy kimyoviy tushunchalarni shakllantirish: modda, kimyoviy element, kimyoviy reaksiya. 4. Anorganik moddalarning asosiy sinflarni o'qitish metodikasi. 1. Kimyo fanining maqsad va vazifalari. Dastlabki kimyoviy tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari. Modda Mavzuni o'tishdan ko'zda tutilgan maqsad: moddalarni bir tomondan jismlarga, ikkinchi tomondan aralashmalarga qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan o'quvchilarning moddalar haqidagi tasavvurlarini bir muncha aniqlashtirish va moddalarni ularning xossalarini birma-bir qayd qilish orqali tavsiflash haqida dastlabki tushuncha berish. O'quvchilar moddalarni turmushda ham, kimyoga yaqin kurslarni o'rganishda ham doimo uchratganlar. Bu mavzu materialining yana bir xususiyatn bor: unda belgilangan tushunchalar keyinchalik, dastlabki darslardan boshlaboq hamma vaqt aniqlashtirib va chuqurlashtirib boraveradi, o'quvchilar tasavvurida dastlabki paytlarda hosil bo'lgan tushunmovchilik borgan sari o'z-o'zidan ravshan bo'la boradi. Shunday qilib, biz asosiy e'tiborni «modda» (ammo «umuman modda»ga emas) tushunchasiga qaratamiz. Bu mavzuni rivojlantira borib, o'quvchilarni: «Modda nima?» degan tushunchani ta'riflashga olib kelish mumkinmi va zarurmi? Ta'rif eng xususiy tushunchani eng umumiy tushunchaga bo'ysundirishdan iboratdir. Fanda modda materiyaning alohida turi sifatida ta'riflanadi. Biroq VII sinf o'quvchilari aqliy bilim darajasida eng umumiy bo'lgan tushuncha yo'qki, moddalar haqidagi tushunchani unga bo'ysundirish mumkin bo'lsin, modda tushunchasi ular uchun birlamchi, ta'riflashga prinsip jihatidan noqulay tushunchadir. Ilgari darsliklarda tavsiya etilgan «ta'rif»larni eslar ekanmiz, bunga osongina ishonch hosil qilish mumkin. Ularning har biriga bo'laklarga ajratilgan mexanizm, masalan, soat qismlari ham, atomlar ham, elektronlar ham va qurilish materiallarining barcha rasmiy nomenklaturasi ( masalan, taxta, cherepitsa, parket) ham to'g'ri kelaveradi. Modda «material» sifatida ta'riflanganda, bu ta'rif o'quvchilarning turmush tajribalari bilan chunonan uyg'unlashib ketadiki, (masalan, «Kiyim nimadan tayyorlanadi? To'qimachilik materiallaridan» kabi) ular viskoza va kolenkorni ( qalin surp) ham bemalol moddalar deb aytaveradilar, xolbuki modda bu yerda ayni bir narsa sellyulozadir. Boshqa jihatdan olganda, moddaning «material» sifatidagi ta'rifiga ko'ra bila turib gazsimon moddalarni moddalar qatoridan chiqarib qo'yadi. Logikada bunday hollar ro'y berganda qo'llaniladigan usullardan biri ta'rifni ro'yxat bilan almashtirish hisoblanadi. «Suv, temir, kislorod bu moddalardir». Bundan keyingi vazifa «modda» tushunchasini shunga yaqin tushunchalar - «jism» va «aralashmalar»dan ajratishdan iborat bo'lib qoladi. Mazkur mavzu materialining yuqorida qayd qilingan o'ziga xos xususiyatlari shundayki: 1) unga ko'p vaqt sarf qilish, biror bilimni qanday bo'lmasin bir tarzda «puxtalash»ga hojat yo'q; 2) bu mavzuga bag'ishlangan dars shakli jonli suhbat bo'lishi kerakligi mavzu mazmunidan o'z-o'zidan kelib chiqadi. Suhbat variantini keltiramiz. Moddalarni jismlarga taqqoslab o'rganish o'quvchilarga fizika kursidan ma'lum; bu usulni qayta tiklash kerak, xolos. Shu maqsadda ularga quyidagicha mustaqil ish topshirish mumkin: keltirilgan ro'yxatdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.3 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.3 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga