Bosit Nabyevich Hamidov Bosit Nabievich Hamidov neft kimyosi sohasidagi taniqli olimdir. Texnika fanlari doktori B.Hamidovning ilmiy izlanishlari asosan Respublika iqtiso-diyotining ustuvor yo'nalishi bo'lgan yoqilg'i -energetikasi asosini tashkil etuvchi neft kimyosi va u ni qayta ishlash muammolarini hal etishga qaratilgan. B.Hamidov 320 dan ortiq ilmiy makola va ixtirolar muallifidir. Shulardan 30 tasi mamlakatimizda va xorijda chop etilgan, 2 ta monografiyasi nashr etilgan. Uning rahbarligida 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi, 2 ta doktorlik dissertatsiyasi va 25 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Mahalliy xom ashyo asosida xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlatilayotgan surkov mahsulotlarini olish va joriy etishdek dolzarb masalalarni xal etish B.Hamidov qo'llanmalarida muhim o'rin tutadi. 2013 yilda B. Hamidov O'zbekistonda birinchi bo'lib o'quv yurtlari talabalari uchun «Neft va gaz kimyosi» darsligini tavsiya etdi. Hozirgi kunda B.Hamidov neft mahsulotlaridan bo'lgan dizel yoqilg'isi, neft moylari va surkov materiallari sifatini yaxshilash ustida tinimsiz izlanishda. Bu ishlar albatta, shunday mahsulotlarga ko'yiladigan qatiy sifat talablaridan kelib chikkan holda amalga oshirilmokda. B. Hamidov ko'plab ixtirolar yaratdi. Shulardan biri bo'lgan issiqlik almashtirgichlarning yuzasini tozalashda ishlab chiqqan birikmasi ikki yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 120 mln. so'm iqtisodiy samara berdi. B. Hamidov boshqa mualliflar bilan Djet A - 1 yoqilg'isini olish usulining yangiligi O'zbekiston Respublikasi patenti bilan isbotlangan (№ IAP 04471. 2012 y.). Zamonaviy samoletlar uchun eng ilg'or jahon standartlari talablariga uyg'unlashtirilgan va katta amaliy natijaga ega bo'lgan Djet A - 1 navli yoqilgi olish texnologiyasi yaratildi va Buxoro NQIZda ishlab chiqarish tashkil etildi. 2009 - 2012 yillar mobaynida umumiy qiymati 173,5 mlrd. so'mga teng bo'lgan 341734 tonna Djet A - 1 yoqilgisi ishlab chikarilib, «O'zbekiston temir yo'llari» MAK iste'molchilariga yuborildi; iqtisodiy samara 28.2 mlrd, so'mni tashkil etdi; chet el havo kemalarida ishlatish uchun 140,3 mln. Bu yo'nalishda B.Hamidov qator yechimlarni saioatga tavsiya etdi. Masalap, temir yo'l transportida qo'llaniladigan surkov mahsuloti olishning yangi texnologiyasi yaratildi va Farg'ona neftni qayta ishlash zavodida joriy etildi. Natijada chetdan olib kelinadigan bunday mahsulotlarga bo'lgan talab qondirilmoqda. B. Hamidov tomonidan olib borilgan ko'p yillik izlanishlar neft moylarini fenol usulda tozalashda hosil bo'ladigan chiqindilardan ikkilamchi plastifikator olish texnologiyasi yaratildi. Uning litsenziyasi asosida bu ishlar sanoatda joriy etilib, katta iqtisodiy samara olindi, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga salmokli hissasini qo'shdi (mustaqillik davridagi iqtisodiy samara 200 mln. so'mdan ortiq bo'ldi). B. Hamidov Umumiy va noorganik kimyo instituta hamda Atrau neft va gaz instituta qoshidagi neft kimyosi bo'yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoyaga qabul qiluvchi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar azosi, Buxoro Yengil va oziq-ovqat sanoati texnologiyasi instituta neft va gazni qayta ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.41 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.41 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: docx