Bo'yovchi moddalarning sinflanishi

Bo'yovchi moddalarning sinflanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Bo'yovchi moddalarning sinflanishi - rasmi

Material tavsifi

Bo'yovchi moddalarning sinflanishi Bo'yovchi moddalarni o'rganish va ishlatish uchun ikki xil sinflanishdan foydalaniladi: kimyoviy va texnikaviy. Kimyoviy sinflanishda bo'yovchi moddalar tuzilishi bo'yicha quyidagi asosiy sinflarga bo'linadi: nitro- nitrozo-, azo-, arilmetan, xinonimin, antraxinon, indigoid va tioindigoid, oltingugrtli, kub polisiklik, ftalotsianinli, polimetin, azometin va boshqalar. Stepanov B.I. bo'yovchi moddalar xromofor sistemasining bir xilligi asosida kimyoviy sinflanish taklif etdi, bunda bo'yovchi moddalar sinflarini ketma-ketligi ularning xromofor sistemasini murakkablanib borishi asosida tuzilgan. Bu sinflanishda bo'yovchi moddalar 16-guruhga bo'linadi: polimetin, polisikloxinon, nitro- va nitrazo, arilmetan, antraxinon, arilamin, azometin, azobo'yovchi moddalar, formazan, indigoid, tiazol, antraxinongeterosiklik, antronogeterosiklik bo'yovchi moddalar, perinon, mikrosiklik bo'yovchi moddalar, fluorestsent (optik)oqartiruvchi. Kimyoviy sinflanish bo'yovchi moddalar sintez qilish usullarini va bo'yovchi modda xususiyatlarini, ularning tuzilishlari bilan bog'lab o'rganishda ishlatiladi. Kimyoviy sinflanish bilan bir qatorda texnikaviy sinflanish amalda ko'proq ishlatiladi. Birinchi bor bunday sinflanish 1896 y. Shaposhnikov V.G. Tomonidan taklif qilingan. Bu sinflanishda bo'yovchi moddaning ishlatish usuli va ishlatish sohasi, ularning kimyoviy tabiati, eruvchanligi, bo'yaluvchi mahsulotga ta'siri ahamiyatga olinadi. Ba'zi bir bo'yovchi moddalar uchun tarixiy nomlanish saqlanib qolgan: Indigo - kub bo'yovchi modda, Alizarin - paxta uchun xurushli bo'yovchi modda, Rodamin, Safranin, Auramin, Eozin - asosli bo'yovchi modda va boshqalar. Bo'yovchi moddaning rang mustahkamligi tola va bo'yovchi modda orasidagi bog'lanish tabiati, uning suvda erish yoki erimasligi, bo'yalayotgan tola xususiyatiga bog'liq. Bo'yovchi moddalarning nurbardoshligi 8 -balli sistema bo'yicha, boshqa sifatlari esa 5 - balli sistema bo'yicha aniqlanadi. Chiqarish holatlari va namunaga keltirish. Bo'yovchi moddalar quyidagi holatlarda chiqariladi: oddiy kukun, o'ta maydalangan kukun, donachalar, pasta va suyuqlik. Har bir holat o'zining yaxshi va yomon tomonlariga ega. Chiqarish holatlarining sifatini bo'yash natijasi ko'rsatadi, ayniqsa, suvda erimaydigan bo'yovchi moddalar va pigmentlar, kub, dispers bo'yovchi moddalar uchun ularning fizik holati katta ahamiyatga ega. Transport qilishga mos qilish, saqlashda chidamli va bo'yash jarayonini engillatish uchun bo'yovchi modda tarkibiga turli yordamchi moddalar qo'shiladi. Namunaga keltirish - chiqarilayotgan partiyadagi bo'yovchi moddalar kontsentratsiyasini va tusini standart bo'yovchi modda ko'rsatgichiga keltirishdir. Standart bo'yovchi modda, namuna deb qabul qilinadi, u 100% li na'munadir. Bundan past % li na'muna chiqarilmaydi, lekin standartga nisbatan 150-200 % li va undan ortiq na'munalar chiqariladi. Suyultirish uchun tuzlar, dekstrin, hamda «tus o'zgartirgich» bo'yovchi moddalar qo'shiladi. Bo'yovchi moddalar changlanmasligi uchun, odatda quritish jarayonidan oldin, ularga 1-2 % mineral yoki silikon moyi aralashtiriladi. Suvda yaxshi xo'llanishi uchun ayrim bo'yovchi moddalarga ( kub, dispers bo'yovchi moddalar) sirt faol moddalar ( SAM) - xo'llovchilar qo'shiladi. Bo'yovchi moddalarning donacha holati ancha qulay bo'lib, u bo'yovchi pastasining 10-30% namligigacha quritilib, maxsus mashinalarda donachalarga aylantiriladi. Donachalar changlanmaydi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 349.94 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:29 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 349.94 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga