Brom, yod va ularning xossalari, birikmalari Reja: 1. Brom haqida ma'lumot. 2. Yod haqida tushuncha. 3. Brom va yodning birikmalari Brom (lot. Bromum, yun. Bromos), Br - Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib rakami 35, atom massasi 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizg'ishqo'ng'ir suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi - 7,25°, qaynash temperaturasi 59,2°. Fransuz kimyogari Brom Brom Balar 1826-yilda O'rta dengiz tuz konlarining sho'r suvini o'rganayotganda Bromni kashf etgan. Tabiiy Brom ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. Bromning sun'iy yo'l bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. Brom Brom Kurcxatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer po'stidagi miqdori (og'. Bo'yicha 1,610%) 10151016 t atrofida bo'lib, doimo xlor bilan birga uchraydi. Bromli tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), sho'r ko'llarda (0,2% gacha) bo'ladi. Suyuq Bromning zichligi 3,10 gsm³ (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Brom qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida bo'ladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Brom qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida bo'ladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Dissotsiatsiya yorug'lik ta'sirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan Brom faol bo'lib, reaksiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod o'rtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda ko'p issiqlik ajraladi, goho alanga hosil bo'ladi. Brom dengiz suvlari, ko'lmak va yer osti sho'r suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m³ havoda 1 mg Brom bo'lsa, kishi yo'talib, burni qonaydi, boshi og'riydi va boshqa kasalliklarga duchor bo'ladi. Konsentratsiya yuqori bo'lsa, kishi bo'g'ilib qoladi, bronxlari yallig'lanadi, ba'zan o'limga olib boradi. Brom bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida qo'llaniladi. Yod, iod (lot. Iodum, yun. Iodis - binafsha rangli), I - Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami -53, atom massasi 126,9045. 1811 yilda fransuz kimyogari Yod Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom massasi 127 ga teng bo'lgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi - - 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi -3,08 eV. Yod tarqoq element, minerallaridan - yodargarit Agl, lautarit Sa(YU3)2 lar tarkibida, magma va cho'kma tog' jinsida uchraydi. Yod tog' jinslaridan suv ta'sirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yig'iladi. Mac, suv o'tlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha bo'ladi. Yod ning asosiy manbai okean suvlaridir (1l ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
505.94 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
505.94 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: pptx