Bug' va flegma oqimlarining nisbati, nazariy tarelka soni (spirt)

Bug' va flegma oqimlarining nisbati, nazariy tarelka soni (spirt)

O'quvchilarga / Kimyo
Bug' va flegma oqimlarining nisbati, nazariy tarelka soni (spirt) - rasmi

Material tavsifi

Bug' va flegma oqimlarining nisbati, nazariy tarelka soni Reja: 1. Bug' va flegma oqimlarining nisbati, nazariy tarelka soni. 2. Haydash kolonnasi. 3. Quvvatlash kolonnasi. 4. To'liq rektifikatsiya kolonnasi. 5. Kolonnaning issiqlik balansi. Bug' va sug'oradigan suyuqlik miqdori orasidagi nisbat hamda kolonnadagi tarelkalar soni aralashmani ajratish (haydash)ni berilgan darajada olib borishni aniqlaydi. Fazalar muvozanati egri chizig'i va ishchi chiziqdan foydalanib grafik yo'l bilan aralashmani berilgan kontsentratsiya chegaralarida ajratish uchun zarur bo'ladigan nazariy tarelkalar sonini aniqlash mumkin. Oldin nazariy tarelkalar bajaradigan vazifani X-Y diagrammasida grafik holatda ko'rib chiqamiz (6.4-rasm). I va II qirqim bilan chegaralangan kolonna qismi bitta nazariy tarelkaga to'g'ri keladi, deb faraz qilaylik. Bitta tarelkada fazalar kontsentratsiyasi kirishda ishchi holatdan boshlab chiqishda muvozanatgacha o'zgaradi. (Qulaylik uchun oxirgisini * indeksi bilan belgilaylik.) Bug' oqimi Yi ishchi kontsentratsiyasida kontaktga kiradi, suyuqlik oqimlari esa mos ravishda Xi+1 da. Tarelkada boradigan massa almashinuvi natijasida bug' oqimi kontsentratsiyasi Ygacha oshadi, suyuqlikniki esa mos ravishda X gacha kamayadi. Faraz qilaylik X-Y (6.4-rasm b) diagrammasida I kesimda yengil uchuvchan komponentlarning bug' va suyuqlikdagi kontsentratsiyasi «A» nuqta bilan tavsiflansin. Nazariy tarelkadan o'tish natijasida bug' X kontsentratsiyaga ega bo'lgan suyuqlik balan ta'sirlashib Y muvozanat holatiga etishi lozim. Yengil uchuvchan komponentlar bilan suyuq faza tarkibining o'zgarishi quyidaga mahsulot balansi tenglamasi orqali ifodalanadi: (6.14.) yoki (6.15.) Bundan (6.16.) X kattaligini abtsissa o'qi bo'yicha qo'yib chiqib unda Xi+1 holatni topamiz. Xi+1 va Y nuqtalardan mos ravishdagi o'qlarga o'tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish «S» nuqtasini beradi. Bu esa II kesimdagi suyuqlik tarkibini tavsiflaydi. A va S nuqtalar I va II kesimlardagi bug' va suyuqlikning mos ravishda ishchi kontsentratsiyalarini tavsiflaydi. (6.15.) tenglamadan YX=LG ligi kelib chiqadi, yani kontsentratsiyalar o'zgarishining nisbati oqimlar kattaliklari nisbatiga tekskari proportsional. Ko'rib chiqilgan tarelkalarning ustki va ostki qismlarida joylashgan tarelkalar uchun birin-ketin mazkur tahlillar qilib chiqqanda «A» va «S» nuqtalardan o'tadigan to'g'ri chiziqning ishchi chiziq ekanligini ko'rsatish qiyin emas. To'g'ri burchak chizig'i uchi faza muvozanatida, gipotenuzasi esa - ishchi chiziqda yotgan to'g'ri burchakli AVS uchburchagiga bitta nazariy tarelka doirasida bo'lib o'tadigan kontsentratsiyalar o'zgarishini tavsiflaydi. Agar berilgan kontsentratsiyalar o'zgarishi doirasida zaruriy tarelkalar sonini aniqlash talab qilinsa, X-Y diagrammasidagi fazaviy muvozanat va ishchi chiziqlar orasida to'g'ri burchakli siniq chiziqlar qtkaziladi. Mazkur siniq chiziqda hosil bo'lgan pog'onalar soni berilgan kontsentratsiyalar o'zgarishi yoki berilgan aralashma ajralishi uchun zaruriy bo'lgan nazariy tarelkalar soniga teng bo'ladi. 6.6-rasmda kontsentratsiyasi X4 dan XS gacha o'zgartirish uchun 4 ta nazariy tarelka lozimligi ko'rsatilgan. Ishchi chiziqlarni tuzishda oqimlar nisbatini bilish zarur. Mazkur nisbatlarning yo'l qo'yilgan chegarasini ko'rib chiqamiz. Haydash kolonnasi. o'tkir bug' ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.67 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.67 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga