Buglatish jarayoni va uni amalga oshiruvchi qurilmalar Reja: 1.Buglatish jarayonining mazmuni. 2.Bir korpusli buglatish qurilmalari 3.Bir korpusli buglatish qurilmasining moddiy balansi. 4. Bir korpusli buglatish qurilmasining issiqlik balansi. Bir yo'nalishli ko'p korpusli buglatish qurilmalari. qarama-qarshi yo'nalishli ko'p korpusli buglatish qurilmalari. Murakkab sxemali ko'p korpusli buglatish qurilmalari. Ekstra bug ajratib olinayotgan ko'p korpusli buglatish qurilmalari. Umumiy tushunchalar Uchuvchan bo'lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini kaynatish paytida chikarib yuborish yo'li bilan kuyuklashtirish jarayoni buglatish deb yuritiladi. Kimyo sanoatida kimyoviy eritmalarni kuyuklashtirishda buglatish jarayoni keng kullaniladi va bunda asosan eritma tarkibidagi erituvchining bir kismi buglatiladi. Jarayon buglatish qurilmalarida amalga oshiriladi. Eritmaning kaynash temperaturasi past bo'lishini ta'minlash maqsadida eritma ustidagi bug kondensator va vakuum- nasos yordamida surib olib turiladi. Bunda eritma ustidagi bosim atmosfera bosimidan past bo'lib, siyraqlanish sharoitida buglatish deyiladi. Atmosfera bosimi sharoitida ishlaydigan buglatish qurilmasida bug to'g'ridan - to'g'ri atmosferaga chikariladi. Bu usul eng oddiy, iqtisodiy jihatdan esa serxarajat hisoblanadi. Bulardan tashqari, yuqori bosimda buglatish xam mavjud bo'lib, bu asosan ikkilamchi bugni boshqa texnologik jarayonlarda qo'llash maqsadida amalga oshiriladi. Lekin bu usulda eritmaning kaynash temperaturasi yuqori bo'ladi. Bu holatda esa kimyo sanoatidagi eritmalarning sifat ko'rsatkichi buzilishi mumkin, shu sababli ushbu usuldan bu tarmoqda kam foydalaniladi. Buglatish qurilmasiga berilayotgan isituvchi bug birlamchi bug deyiladi. Eritmaning kaynashi natijasida ajralib chikayotgan bug esa ikkilamchi bug deyiladi. Jarayonga sarflanadigan birlamchi bugning solishtirma sarfini kamaytirish maqsadida ikkilamchi bugdan xam foydalanish kerak. Shu maqsadda buglatish qurilmalari ko'p korpusli qilib tayyorlanadi. ko'p korpusli buglatish qurilmalarining fakat birinchi korpusiga birlamchi bug berilib, kolganlariga ikkilamchi bug beriladi. Bir korpusli buglatish qurilmalari Bir korpusli buglatish qurilmalarining eng oddiy turi, bu ichki markaziy tsirkulyatsiya trubali buglatish qurilmasidir. Bu qurilma asosan isitish kamerasi va separatordan iborat. Isitish kamerasi isitish trubalaridan va katta diametrli markaziy tsirkulyatsiya trubasidan tashkil topgan. Isitish kamerasi to'yingan suv bugi bilan kizdiriladi. Buglatilayotgan eritma isitish trubalarida kaynab, pastdan yuqoriga harakatlanadi. Separatorda eritmadan ikkilamchi bug ajratiladi. Ikkilamchi bug tomchi ushlagich orqali utib, tashqariga chikariladi. suyuqlik esa markaziy tsirkulyatsiya trubasi orqali kaytib pastga tushadi. Markaziy tsirkulyatsiya trubali buglatish qurilmaining umumiy ko'rinishi 1 - rasmda ko'rsatilgan bo'lib, qurilma kobik 1, isituvchi kamera 2, markaziy tsirkulyatsiya trubasi 3, separator 4 va tomchi ushlagich 5 dan iborat. Bunda tsirkulyatsiya jarayonining harakatlantiruvchi kuchi suyuqlik- bug aralashmasi va suyuqlik zichliklari orasidagi farq hisoblanadi. Kuyuklashtirilgan eritma qurilmaning pastki kismida joylashgan patrubka orqali chikarib olinadi. Jarayonni past temperaturada amalga oshirish shart bulsa, ikkilamchi bug kondensatorga yuborilib kondensatga aylantiriladi. Bug tarkibidagi kondensatsiyalanmaydigan gazlar esa vakuum-nasos orqali surib olib turiladi. Natijada buglatish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
117.83 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
117.83 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: doc