Burg'ilash eritmalarining kolloid kimyoviy xossalari

Burg'ilash eritmalarining kolloid kimyoviy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Burg'ilash eritmalarining kolloid kimyoviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Burg'ilash eritmalarining kolloid kimyoviy xossalari Reja: 1. Dispers muhit - burg'ilash eritma-sining asosi 2. Dispers faza va dispersion muhit 3. Disperslik darajasi 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar Burg'ilash eritmalarining ajralib turuvchi xususiyati bo'lib, ularning agregat holati xizmat qiladi. Eritmalarning gidrodinamik funksiyalarni amalga oshirish asosida ularni oqish xususiyati yotadi. Biroq eritma quduqlarni burg'ilash uchun zarur bo'lgan boshqa ko'pgina funksiyalarni amalga oshirishga qodir emas. Masalan, chin eritmalar har qanday sezilarsiz kuchlar ta'sirida ham oqadi. Shuning uchun ham ushbu eritmalar burg'ilangan tog' jinslarini ushlab turish xususiyatiga ega bo'lmaydi. Dispers muhit - burg'ilash eritmasining asosi Kichik o'lchamdagi bo'lakchalar ham quduq tubiga va eritmalar saqlanadigan idish tubiga cho'kib qoladi. Bunda eritma qobiq hosil qilish xususiyatiga ega bo'lmaydi, chunki u butunlay quduq devori orqali qatlamga o'tib ketadi. Faqatgina eritilganda muallaq holatda turgan mayda zarrachalardan tashkil topgan dispers sistemalar yuqorida ko'rib o'tilgan funksiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Bunda zarrachalar kichik o'lchamga ega bo'lishi va ularning eritmadagi miqdori burg'ilash nasoslari hamda boshqa qurilmalarning ishlashiga to'sqinlik qilmasligi zarur. Dispers faza va dispersion muhit Kolloid kimyoning asosida ikkita muhim tushuncha yotadi: dispersion muhit va dispers faza. Dispersion muhitda zarrachalar muallaq holatda bo'ladi va dispers faza. Dispers faza va dispersion muhitdan tashkil topgan tana dispers sistemani tashkil qiladi. Dispers sistemalar orasidagi farq faza va muhitning agregat holatiga qarab aniqlanadi. Dispersion muhit va dispers faza qattiq, suyuq va gaz holatida bo'lishi mumkin. Burg'ilash eritmalari dispers sistemalarga mansub bo'lib, ularning dispersion muhiti suyuqliklardan iborat bo'ladi. Burg'ilash eritmalaridagi dispers fazasi zarrachalari turlicha bo'lishi mumkin. Agar ushbu zarrachalar qattiq bo'lsa, bu sistema kolloid kimyoda suspenziya deb ataladi. Agar zarrachalar suyuq bo'lsa (dispersion muhitda erimaydigan, masalan, suvdagi yog' zarrachalari), bu sistema emulsiya deb ataladi. Va nihoyat ushbu zarrachalar gazniki (ko'pikchalar) bo'lsa, bu sistemalar ko'pik yoki aeratsiyalangan eritmalar deb nomlanadi. Ushbu barcha sistemalar uchun zarrachalar orasida ajralish chegarasi va muhitlar orasida fazalararo chegara mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dispers sistema har doim bir xil ko'rinishda emas (getorogen), chunki u doimo agregativ holatiga ko'ra farqlanadigan dispersion muhit va dispers fazadan iborat bo'ladi. Sistema uch fazali bo'lishi mumkin, u holatda sistemada dispersion muhitdan (suyuq) tashqari, qattiq va gaz shaklidagi dispers faza zarrachalari ham mavjud bo'ladi. Disperslik darajasi Dispers fazaning zarralarini maydalash jarayoni dispergatsiyalash deb ataladi. Dispergatsiyalanishga ko'ra dispers faza zarralarining o'lchami kichrayib, zarralarning miqdori oshadi. Maydalanish darajasiga disperslik darajasi deyiladi. Dispers fazasi faqatgina bir xil o'lchamga ega bo'lgan dispers sistemalar ham mavjud. Bunday sistemalar monodispers sistemalar deb ataladi. Odatda dispers fazasi zarralari o'lchamlari turlicha bo'lgan dispers sistemalar uchraydi. Ushbu sistemalar yarimdispers ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 442.96 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:29 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 442.96 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga