Butadiyen guruhli monomerlarning kimyoviy xossalari Ma'lumki qо'shbog'ning kimyoviy faolligiga sabab elektronlarning qо'zg'luvchanligidir. Butadiyen guruhli moddalarda esa bu holat yanada kuchayadi. Bunda ikkita qо'shbog' faol bо'lib qolmasdan , balki elektronlar zanjir bо'ylab teng taqsimlanadi. Bitta qо'shbog'ning kimyoviy faolligi ikkinchi qо'shbog' tasirida ortadi va 6 diyen guruhining vinil guruhiga nisbatan birikish va polimerizatsiyalanish reyaksiyalari faol ketadi. Bunday moddalarga akrilonitril , akril kislotasi va uning hosilalari , vinilketonlar , sirol va boshqalar kiradi . Bunda sirolda etilen bogi aromatik xalqa qо'shbog'lari bilan kuchlangan holatda , boshqa keltirilgan birikmalarda esa etilen bog'i uglerod va geteroatom о'rtasidagi qо'shbog' bilan kuchlangan holatda bо'ladi . bu ikki guruhli birikmalar , bir-biridan ajaratilgan qо'shbog'li birikmalardan kimyoviy xossalari jihatidan keskin farq qiladi. Kuchlangan diyendagi qо'shbog'larning eliktron zichligi tо'rta uglerod atomi orasida taqsimlangan holatda bо'ladi , ya'ni kuchlangan holatdagi qо'shbog' va qо'shbog'lar orasidagi oddiy bog'dan farq qiladi. Bu holat tajriba natijalariga ham mos keladi. Butadiyen-1,3 dagi bog'lar uzunligi quydagicha : Alohida holatdagi qо'shbog' va oddiy bog' uzunligi esa mos ravishda 1,35 va 1,53 A0 ga teng . Bundan kо'rinadiki kuchlangan holatdagi qо'shbog'lar xususiyati alohida holatdagi qushbog'ga yaqin , ikkinchi va uchunchi uglerodlar orasidagi oddiy bog' xususiyati esa alohida holatdagi oddiy bog'dan keskin farq qiladi, aniqrog'i qо'shbog'ga yaqin xususiyat beradi va portsial' namoyon qiladi. Shuning uchun birikish reaksiyasi 1,4-holatda ketadi. Elektron nazariyasi esa qо'shbog'larning qо'zg'aluvchanligi bilan tushuntiradi. Kuchlangan holatda esa elektronlarning qо'zg'aluvchanligi faqat qо'shbog'ga emas , balki butun sxemaga tegishli . muhit ta'sirida yoki ta'sir etuvchi reagent ta'sirida elektronlar siljib , sxema qutblanadi va 1,4-birikishiga olib keladi. Agar radikal holat hosil bо'lsa ham xuddi shu holatga olib keladi. Almashinadigan butadiyenlarda esa elektronlar bulutining taqsimlanishi о'rinbosar tabiatiga bog'liq bо'ladi . 2,3-dimetilbutadiyen ikki tomonda bir xil guruh (metal) bо'lganligi uchun butadiyenga о'xshaydi. Izopren va xloroprenda esa birikish mexanizmi qutbli struktura bо'yicha ketadi. Xloropren va izopren qutblanishi bir-biriga о'xshasada , xloropren kimyoviy jihatdan izoprenga nisbatan faoldir. Birikish reaksiyalari ham qutbli , ham qutbsiz mexanizm bо'yicha boradi va reaksiyada bitta qо'shbog' yoki ikki qо'shbog' ham ishtirok etishi mumkin .Bitta qо'shbog' tо'yinishi ikkinchi qо'shbog'ga nisbatan oson ketadi. Birinchi qо'shbog' hisobiga birikish qо'shbog' yonidagi uglerod atomlari ham , ya'ni 1,2-birikib ketishi ham umumlashgan atomlar hisobiga , ya'ni 1,4-birikib ketishi ham mumkin . Bunda tо'yingan hosila bо'ladi. Diyen uglevodorodlarni galoginlarning qutbli birikishi sharoitga qarab bitta yoki ikkala qо'shbog'ga ketishi mumkin. Birinchi holatda faqat bir molekula , ikkinchi holatda esa ikki molekula galogen birikadi va mos ravishda tо'yinmagan digalogen birikma va tо'yingan tetra galogenli birikma hosil qiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
661.18 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
661.18 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: doc