Buyrak biokimyosi Reja: 1. Buyrakning organizmda bajaradigan vazifalari. 2. Buyrakning regulyator-gomeostatik funksiyasi. 3. Buyrak to'qimasida me'yorda va patologik holatlarda moddalar almashinuvi. 4. Siydikning kimyoviy tarkibi. 1. Buyrakning organizmda bajaradigan vazifalari. Katta odamlarda ikkala buyrakning og'irligi taxminan 300 g. Buyraklar muhim a'zolardan biri bo'lib, ularning asosiy vazifasi organizm ichki muhiti muvozanatini doimiy saqlashdir. Buyraklar suv-elektrolit balansini boshqarish, kislota ishqor muvozanatini saqlash, azot qoldiqlarini chiqarish, organizm suyuqliklari osmotik bosimini saqlash, qon bosimini boshqarish va boshqalarda qatnashadi. Buyrak to'qimasi 2 qismdan iborat: tashqi (po'stloq) va ichki (miya). Nefron buyrak parenximasining funktsional birligi hisoblanadi. Nefronning Baumen kapsulasidan qondagi suv hamda plazmaning boshqa past molekulali moddalari filtrlanib o'tadi; bu filtrlanishni harakatlantiruvchi kuchi koptokcha kapillyarlari bilan Baumen kapsulasi filtrati (birlamchi siydik) tarkibi va past molekulali moddalarni kontsentratsiyasi jihatidan qon plazmasidan farq qilmaydi. Nefronda 3 ta asosiy jarayon sodir bo'ladi: koptokchalarda filtratsiya; kanalchalarda reabsorbtsiya; sekretsiya. Filtratsiya davrida koptokchalardan har ikkala buyrak orqali 1 daqiqada 1300 ml qon o'tadi. Buyrak koptokchalari umumiy filtrlanadigan yuzasi taxminan 1,5 m2 ni tashkil etadi. Koptokchalarda qon kapillyarlaridan buyrak koptokchasiga qon plazmasini ultrafiltratsiyasi sodir bo'ladi, natijada birlamchi oqsilsiz siydik hosil bo'ladi. Kanalchalarda 99% suv, natriy, xlor, gidrokarbonat, aminokislotalar, 93% kaliy, 45% siydikchil reabsorbtsiyalanadi. Nefronlarda sutkada 180 l suyuqlik filtrlanadi va qaytadan so'riladi. Reabsorbtsiya natijasida birlamchi siydikdan ikkilamchi siydik hosil bo'lib, u kosacha va qovuqda to'planadi. Nefron proksimal qism hujayralari filtratga o'tgan glyukoza, aminokislota, vitamin, elektrolitlarni; birlamchi siydikdagi 67 suyuqlikni proksimal kanalchalarda reabsorbtsiyalaydi. Distal kanalchalarda natriy qo'shimcha reabsorbtsiyalanadi, unda nefron bo'shlig'iga kaliy ionlari, ammoniy, vodorod ajralishi mumkin. Hujayradagi ATF ning 80% energiyasi natriy reabsorbtsiyasida faoliyat ko'rsatuvchi natriy nasosi ga sarflanadi. Proksimal qismda suvning so'rilishi natriyning faol so'rilishi hisobiga passiv amalga oshiriladi. Distal qismda natriy ionlari so'rilishga bog'liq bo'lmagan holda antidiuretik gormon yordamida boshqariladi. Natriydan farqli ravishda kaliy nafaqat reabsorbtsiyalanadi, balki sekretsiya ham qilinadi, bu natriy-kaliy nasosining ishi hisobiga boradi. Turli moddalarning reabsorbtsiya va sekretsiyasi MNS va gormonlar yordamida boshqariladi. 2. Buyrakning regulyator-gomeostatik funksiyasi. Buyrakning siydik hosil qilish funksiyasi ularning organizmning hujayra tashqi suyuqligi, jumladan qonda osmotik bosim, suv-mineral va kislota-ishqor muvozanatini boshqarish bilan uzviy bog'langan. Buyraklar suv-tuz gomeostazning neyroendokrin regulyatsiyasida efferent zveno vazifasini bajaradi. Ortiqcha miqdorda natriyning iste'mol qilinishi yoki suv yo'qotish natijasida qonda osmotik bosimning oshishida osmoretseptorlar ta'sirlanadi. Ularning qo'zg'alishi gipotalamusga boradi va vazopressin ajralishiga olib keladi. Vazopressin yig'uvchi trubkalarda reabsorbtsiyani kuchaytiradi va diurezni kamaytiradi. Organizmda suvning ushlab turilishi osmotik bosimni pasaytiradi. Shu bilan bir vaqtda chanqoq his etiladi. Qonda natriyning oshishi buyrak usti bezlaridan aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi, oqibatda natriyning distal kanalchalarda reabsorbtsiyasi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.61 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.61 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: doc