Ca, Mg, Na va K karbonatlarning tuproq eritmalariga ta'siri

Ca, Mg, Na va K karbonatlarning tuproq eritmalariga ta'siri

O'quvchilarga / Kimyo
Ca, Mg, Na va K karbonatlarning tuproq eritmalariga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Ca, Mg, Na va K karbonatlarning tuproq eritmalariga ta'siri Uglerodli mineral birikmalarga uglerod oksidlari, karbonat kislota va uning tuzlari (karbonatlar) kiradi. Karbonat angidridi yoki uglerod dioksidi atmosfera va tuproq havosining doimiy komponenti hisoblanadi. CO2 barcha tuproqlarda butun vegetatsiya davri davomida hosil bo'lib turadi. Doimiy bir xil miqdordagi gumusga ega bo'lgan tuproqlarda hosil bo'ladigan va atmosferaga chiqaradigan yillik o'simlik qoldig'i miqdoriga mos keladi. Agar tuproq tarkibidagi uglerod miqdori atmosferaga chiqayotgan CO2 dan ortiq bo'lsa, bu tuproqda organik modda va gumus miqdori oshayotgan, ya'ni gumifikatsiya jarayoni kuchliroq bo'ladi. Agar atmosferaga chiqayotgan miqdori tuproqdagi C miqdoridan ortiq bo'lsa, u holda tuproq tarkibidagi organik modda va gumus miqdori kamayadi. Bir qism CO2 tuproq eritmasida erib ishqoriy va ishqoriy yer metallari bilan karbonatlarni hosil qiladi. Tuproq havosining tarkibidagi CO2 miqdori o'zgarib turadi. Atmosfera havosidagi miqdoridan ortiq bo'ladi. CO2 ning atmosferadagi miqdori 0,03% bo'lsa, tuproqda 1-3%, hatto 10% ga yetadi. Bunga sabab eng avvalo CO2 ning mol og'irligi havoning o'rtacha molekulyar og'irligidan ko'pligi, ya'ni CO2 mol og'irligi 44 g, havoniki esa 29 g. Qolaversa, tuproqdagi o'simlik ildizlari CO2 ni hosil qiladi va bu CO2 bir qismi o'z og'irligiga ko'ra tuproq g'ovakliklarida qoladi. CO2 ning tuproq tarkibidagi, tuproq eritmasi tarkibidagi miqdorlari eng avvalo bosim, namlik, haroratga bog'liq. Ko'mir kislotasining tuzlari hisoblangan karbonatlar va bikarbonatlar ko'pchilik tuproqlarda mavjud bo'lib, har xil shaklda bo'ladi. O'zbekiston sharoitida Kuguchkov tomonidan magniy karbonatli sho'rlanish tipi Samarqand viloyati tuproqlarida aniqlangan. Keyinchalik P.Besedin, K.Shodmonov, G.Yuldashev va V.Isakovlar tomonidan Farg'ona vodiysining o'tloqi, Karimboev tomonidan bo'z qo'ng'ir tuproqlarda ham magniy karbonat miqdorining nisbatan ko'pligi aniqlangan. Kuguchkov (1953) ma'lumotlariga ko'ra, tuproqlarda kalsiy karbonat 15-42%, magniy karbonat 6-16% ni tashkil qilib, magniy karbonatning yuqori ko'rsatkichi 0-40 sm. ga, kalsiy karbonatniki esa 70-80 sm ga to'g'ri keladi. Markaziy Farg'onaning arzik-shukli tuproqlarida V.Isakov ma'lumotlariga ko'ra magniy karbonat 0,7-3% oraliqlarida tarqalgan. Sodali sho'rlangan tuproqlarda ko'mir kislotasining natriy tuzlaridan soda, trona va boshqalarda ko'proq bo'ladi. Bu kabi tuzlar har xil qatlamlarda hosil bo'ladi va to'planadi. Karbonatlarning eruvchanligiga qator sabablar ta'sir qiladi. Ular har xil eruvchanlikka ega. Tuproqda karbonatlarning mavjud bo'lishi, uning ya'ni tuproqning qator xususiyatlariga: g'ovakligiga, zichligiga, gumusning fraksion tarkibiga va boshqalarga ta'sir qiladi. Karbonatlarning tuproq unumdorligiga ta'siri bir xil emas. Ma'lum miqdordagi ayrim karbonatlar tuproq strukturasiga, buferligiga ijobiy ta'sir qiladi. Tuproq reaksiyasini boshqaradi va neytral, kuchsiz ishqoriy holda ushlab turadi. Karbonatlarning ko'pligi tuproq fizik xususiyatlariga salbiy ta'sir qiladi. Jumladan, tuproq massasini sementlashtiradi, o'z navbatida tuproqqa ishlov berish qiyinlashadi. Soda tuproqqa hamma vaqt salbiy ta'sir qiladi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.14 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.14 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga