Chiqindi gazlarni azot oksidlaridan absorbtsion va adsorbtsion usulda tozalash texnologiyalari 1. ChIQINDI GAZLARNI AZOT OKSIDLARIDAN ABSORBTSION USULDA TOZALASh Sanoatda ajralib chiqadigan chiqindi gazlar tarkibida asosan NO va NO2 gazlari uchraydi. Bu gazlarni tozalashda qiyinchilik azot oksidi - NO gazining past kimyoviy aktivligidir va uni suyuqlikda yomon erishidir. Ushbu muammoni hal etishning quyidagi yo'llari malum: 1) NO gazini NO2 gazigacha to'liq oksidlash; 2) Selektiv, yani ikkala gazni bir xil yutadigan absorbent tanlash; 3) Suyuq fazada NO gazini oksidlab yoki suyuq katalizator ishtirokida NO gazini kimyoviy aktiv moddaga aylantirish. NO gazini gaz fazasida O2 bilan gomogen oksidlash Sanoatda NO gazini gaz fazasida O2 bilan gomogen oksidlash usuli qo'llaniladi. Jarayonni tezlashtirish uchun gaz fazasiga kislorod qo'shiladi, lekin bu usul kislorodning katta sarfi bilan bog'liq. Chunki azot oksidi bilan faqat 1% kislorod reaksiyaga kirishadi, qolgani atmosfera havosiga tashlanadi. Azot oksidining oksidlash jarayoni katalizator ishtrokida tezlashadi. NO gazini suyuq fazada kislorod va ozon bilan oksidlash Azot oksidini oksidlash va ularni suvga yutilish jarayonlarini tezlashtirish uchun suyuq fazada kislorod va ozon bilan oksidlash hamda bir vaqtning o'zida oksidlash va suyuq oksidlovchi yutgichlarga yuttirish orqali amalga oshiriladi. Gazsimon oksidlovchilarning (kislorod va ozon) suyuq fazada erish tezligi haroratga, bosimga, komponentlarning kontsentratsiyasiga, fazalararo yuza kattaligiga, oqimlar turbulentligiga va shu kabi omillarga bog'liq. Kislorod va ozonning suyuq fazada erishi sekin boradigan jarayon bo'lib, NO gazining suyuq fazada oksidlanishini limitlaydi. Agar suyuq oksidlovchilar ishlatilsa, erish jarayoning bosqichi limitlanmaydi. NO gazini oksidlash uchun oksidlovchi moddalar N2O2, KMnO4, KBrO3, HNO3, (NH4)2Cr2O7, Na2Cr2O7, K2Cr2O7. Ular ichida eng faol oksidlovchi bo'lib KBrO3 hisoblanadi, keyingi o'rinlarda HNO3, KMnO4 va N2O2 oksidlovchilari hisoblanadi. Azot oksidlarini absorbtsiya qilish uchun suv, ishqorlar va selektiv sorbentlarning eritmalari, kislotalar va oksidlovchilar qo'llaniladi. Azot oksidlarini suvga absorbtsiyalanishi Azot oksidlarini suvga absorbtsiyalanishi Azot oksidlari, ayniqsa NO2 gazi suvga yaxshi yutiladi. Bunda nitrat kislotasi hosil bo'ladi. 3NO2 + N2O 2NNO3+NO๋ Yutilmagan azot oksidlari N2O2 bilan oksidlanadi: NO + N2O2 NO2 + H2O N2O3 + H2O2 N2O4 + H2O N2O4 + H2O HNO3 + HNO2 Jarayonda asosan vodorod peroksidining sarfi tozalash jarayonining iqtisodiy ko'rsatkichni belgilaydi. 1t NNOZ kislotasi olish uchun 6 kg N2O2 sarf bo'ladi. Azot oksidlarini suv va NNO3 kislotasiga yutilish Azot oksidlarini suv va NNO3 kislotasiga yutilish jarayoni ham ishlab chiqilgan. Bunda azot oksidlarini HNO3 yutilishi bilan uning kontsentratsiyasi oshib boradi. Shunda NO gazi suyuqlik chegarasida NO2 ga aylanadi. Jarayoni tezlashtirish maqsadida suyuq katalizatorlar ishlatiladi, tozalash darajasi 97 % ni tashkil etadi. Ishqorlar bilan absorbtsiyasi Gazlarni tozalash uchun turli ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
220 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
220 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: pptx