Chiqindi gazlarni SO gazidan tozalash

Chiqindi gazlarni SO gazidan tozalash

O'quvchilarga / Kimyo
Chiqindi gazlarni SO gazidan tozalash - rasmi

Material tavsifi

Chiqindi gazlarni SO - gazidan tozalash SO GAZINING XUSUSIYaTLARI SO gazi o'ta zaharli gazlar turkumiga kiradi. Uning REChK si atmosferada (mak) - 5 mgm3, o'rtacha sutkadagi - 3 mgm3 tashkil etadi. SO gazi kontsentratsiyasi 14 mgm3 bo'lganda qonni zaharlaydi, bosh aylanishi, qayd qilish, nafas siqilishi, titrash holatlarini yuzaga keltiradi, qattiq zaharlanganda o'limga sababchi bo'lishi mumkin. HOSIL BO'LIShI MANBALARI SO gazi tarkibida uglerod elementi bo'lgan moddalarning to'liq yonmasligi oqibatida hosil bo'ladi. Ushbu gaz qora va rangli metallarni kuyish jarayonida, dvigatellarni ishlash paytida, portlash ishlarida, azot birikmalari ishlab chiqarish sanoatida, neftkimyoviy sanoatda, ammiak, selitra, metall, spirt va shu kabi ishlab chiqarishlarda hosil bo'ladi. Ushbu gazni zararsizlantirish uchun sanoatda absorbtsion va katalitik usullar qo'llaniladi. Absorbtsion usulda SO gazi maxsus eritmalarga yuttiriladi va alohida ajratilgan SO gazlari qayta ishlashga yuboriladi. Katalitik usulda SO gazi katalizator ishtrokida nisbatan zararsiz SO2 gazigacha oksidlanadi va atmosfera havosiga chiqarib yuboriladi. MIS-AMMIAKLI ERITMA BILAN ABSORBTSION USULDA TOZALASh [Cu(NH3)m  (H2O)n]+xNH3+yCO [Cu(NH3)m+x+x(CO)yH2O)n]+Q Eritmaning absorbtsion xususiyati bir valentli misning kontsentratsiyasi, CO ning bosimini oshib borishi va absorbtsiya jarayoni haroratini pasayishi bilan ko'tarilib boradi. Eritmadagi ammiak va SO ning erkin ionlarini o'zaro nisbati ham eritmani yutuvchanlik qobiliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Absorbtsiyani chuqur borishi uchun jarayonni 0-20oS haroratda, 11,8-31,4 MPa bosimda olib boriladi. SO gazini absorbtsiya qilish qurilmasi 1-absorber; 2-nasos; 3-suvli sovitgich; 4-ammiakli sovitgich; 5-sig'im;6-desorber. MIS-ALYuMINIY-XLORID ERITMALARI YoRDAMIDA SO ABSORBTSIYASI Ushbu usul gaz tarkibida kislorod va uglerod dioksidining miqdori ko'p bo'lganda qo'llaniladi. Jarayon uglerod oksidini mis va alyuminiyning aromatik uglevodorodlardagi aralashgan tetraxlorid tuzlari eritmasiga kimyoviy absorbtsiyasiga asoslangan. Absorbtsiya eritmasining tarkibini quyidagi tarkibda bo'lishi tavsiya etiladi: 20-50 % CuAlCl4 va 80-50 % toluol. SUYuQ AZOT BILAN YuVISh Bunda fizik absorbtsiya jarayoni sodir bo'lib, chiqindi gaz tarkibidagi SO gazi bilan birga boshqa gazlar ham suyuq azotga yutiladi. Jarayon 3 bosqichdan iborat: 1) gazni sovitish va quritish; 2) gazni chuqur sovitish va komponentlarni qisman kondensatsiyalash; 3) gazlarni SO dan, O2 dan, SN4 dan va boshqalardan yuvib ajratish. SO GAZLARINI KATALITIK ZARARSIZLANTIRISh Katalitik usulda SO gazi katalizator ishtrokida SO2 gazigacha oksidlanadi. Lekin tozalanadigan gaz tarkibida odatda SO gazidan tashqari, SO2, NOX, O2, hamda Sx Nu birikmalarining bug'lari ham uchraydi. Bu gazlardan bazilari katalizator uchun zahar bo'lishi mumkin SO gazini oksidlash uchun Mn, Cu-Cr va Pt -gruppa metallari asosidagi katalizator qo'llaniladi. Akrilonitril ishlab chiqarishda quyidagi tarkibda chiqindi gazlar hosil bo'ladi: uglerod oksidi - 2,3%, propilen - 0,5%, propan - 0,04%, kislorod - 3,0% gacha, qolgani inert gazlar. Ushbu tozalanadigan gazlarni zararsizlantirish uchun ular avval yondirgichga beriladi va 220-250oS gacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 98.81 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 98.81 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga