Cho'ktirish va cho'kma hosil bo'lish jarayonidan analizda foydalanish

Cho'ktirish va cho'kma hosil bo'lish jarayonidan analizda foydalanish

O'quvchilarga / Kimyo
Cho'ktirish va cho'kma hosil bo'lish jarayonidan analizda foydalanish - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Cho'ktirish va cho'kma hosil bo'lish jarayonidan analizda foydalanish .  1. CHO'KTIRISH ASOSLARI. 2. CHO'KTIRILADIGAN SHAKLGA QO'YILADIGAN TALABLAR. 3. GRAVIMETRIK SHAKLGA QO'YILADIGAN TALABLAR. 4. CHO'KTIRUVCHI MIQDORINING CHO'KTIRISHGA TA'SIRI VA ERITMA rN ning CHO'KTIRISHGA TA'SIRI 5. CHO'KMALARNING ERISHI 6. CHO'KMALARNING HOSIL BO'LISH SHART-SHAROITLARI 7. SAVOLLAR. 8. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: . CHO'KTIRISH ASOSLARI. Miqdori aniqlanadigan element yoki birikmani qiyin eriydigan modda holida cho'ktirish gravimetrik anilizda eng muhim ish hisoblanadi. Cho'ktirishni to'g'ri amalgam oshirish uchun cho'ktiruvchini to'g'ri tanlash, uni kerakli miqdorda olish,cho'ktirish qoidalariga to'liq rioya qilish, cho'kish to'liq amalga oshganligiga ishonch hosil qilish kerak. Cho'ktiruvchi riagent hosil bo'luvchi cho'kmaga qo'yiladigan talablarga qarab tanlanadi. Ma'lumki, cho'kmaga qo'yiladigan asosiy talab moddaning to'liq cho'kishidir. Masalan, Ba2+ ioni bir qator bir tipdagi kam eruvchan birikmalarni hosil qiladi: ЭКВаСrO4 = 1,2 . 10-10, ЭКВаSO4 = 1,1 . 10-10 ЭКВаСO3 = 8,1 . 10-9, ЭКВаС2O4 = 1,6 . 10-8, . Demak, eruvchanlik ko'paytmasini qiymati eng kichik bo'lgani sababli gravimetrik analizda bariy ionini aniqlash uchun BaSO4 tarzida cho'ktirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, cho'tiruvchi reagent eruvchan modda bo'lishi kerak. Cho'ktiruvchining qolgan qismi cho'kma qizdirilganda va chokmalarni yuvish vaqtida uchib ketishi lozim. Sulfatlar holida cho'ktirish uchun odatda sulfat kislatadan H2SO4 foydalaniladi, uning tuzlari cho'ktiruvchi sifatida qo'llanilmaydi, chunki K+ va Na+ ionlari cho'kmaga tushmaydi. Cho'ktiruvchi reagentni cho'ktiriladigan ion bilan tanlab ta'sirlanishiga ham alohida e'tibor berish kerak. Ask holda halal beruvchi ionlarni eritmadan yo'qotish zarur bo'ladi. Tanlab ta'sir etish borasida organik reagentlat alohida o'rinni egallaydi. Hozir miqdoriy analizda ayniqsa rangli va og'ir metallarning analizida cho'ktiruvchi reagentlar sifatida organik reagentlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, Al3+, Mg2+ ionlari 8 - oksixinolin, Ni2+ ionlari, dimetilglikosim, Co2+, - nitroza, - naftol; siyrak elementlardan tantal, niobiy, titan va boshqalarni tannin, pirogallol va b. ta'sirida cho'ktiriladi. Ni2+ ionlarining dimetilglioksim bilan reaksiyasi tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: . nikel dimetilglikosimat Alizarin alyuminiy gidroksidi bilan alyuminiy laki deb ataladigan to'q qizil rangli qiyin eruvchan cho'kma hosil qiladi, uning formulasi quidagicha: . CHO'KTIRILADIGAN SHAKLGA QO'YILADIGAN TALABLAR. 1. Cho'ktiriladigan shakl nihoyatda kam eriygan bo'lishi, ya'ni cho'ktirish yetarli darajada to'liq amalga oshishi kerak. Ak holda aniqlanadigan ion (element)ni amalda to'la cho'ktirib bo'lmaydi. Ma'lumki, qiyin eriydigan eketrolitlarning eruvchanligi ularning eruvchanlik ko'paytmalarining (ЭК) qiymati bilan belgilanadi. Gravametrik analizda ЭК 10-8 dan katta bo'lmasligi kerak. 2. Cho'kma kam eruvchanligi sabali cho'ktirish reaksiyasi juda seziluvchan va hosil bo'lgan birikmalarming molerulyar massalari katta bo'lishi kerak. 3. Cho'ktiriladigan shakl oson filtirlanadigan va yaxshi yuviladigan bo'lishi lozim, bularga misol yirik kiristal holdagi cho'kmalardir. 4. Cho'ktiriladigan shakl qizdirilganda tortiladigan shaklga oson va to'liq o'tadigan bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.87 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:29 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.87 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga