d-elementlar va ularning birikmalarini fizik-kimyoviy xossalari Oxirigidan bitta oldingi d-elektron qavati elektronlar ((n-1) d) bilan to'lib boradigan elementlar d-elementlar deyiladi. Ular I-VII guruhlarning qo'shimcha guruhchalarida s- va p- elementlar orasida joylashganligi uchun oraliq elementlar deb ham nomlanadi. Ularning d-orbitalida 10 tagacha elektronlar joylashishi mumkin, shuning uchun 4-davrdan boshlab har bir davrda 10 dan d- elementlar bo'ladi. Bu elementlarning tashqi elektron qavatida ikkita yoki bitta s- elektroni bo'lib, ularning barchasi metallardir va ular fizikaviy va kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o'xshash. Ular o'zgaruvchan valentlikka ega bo'lib, kompleks hosil qilishga moyilligi yuqori, amfoter xususiyatga ega hamda ionlari rangli ekanligi bilan bir-biriga o'xshaydi. Tartib raqami ortgan sari (n-1) d- va ns- qavatchalarini elektronlar bilan to'lishi quyidagi umumiy formulaga bo'ysunadi: 1s22s22p63s23p6 x (n-1)d1-10ns1-2 Ba'zi d-elementlarda oxirigi elektron qavatida ikkita emas bitta elektron bo'lishi ham mumkin. Bunday holat d-elementlarning 9 tasida (Nb, Cr, Mo,Ru, Rh, Pt, Cu, Ag, Au) kuzatiladi. Bitta yoki ikkita elektroni ns- qavatchasidan (n-1)d-qavatchasiga qulashi: masalan, palladiyda - ikkita elektroni quylaydi va uning elektron formulasi 4d105s0 ko'rinishga ega bo'ladi. (n-1)d- va ns-qavatchalarining energiyasi bir-biriga shunchalik yaqinki, bitta guruhdagi d-elementlarning xossalari deyarli farq qilmaydi. Guruhlarda ionlanish potensiali pastdan yuqoriga ko'tarilgani sari ortib boradi, metallarning kimyoviy faolligi esa kamayib boradi. d- elеmеntlаr s- elеmеntlаrdаn fаrqli rаvishdа s- pоg'оnаdаgidаn tаshqаri d-pоg'оnаdаgi elеktrоnlаrni hаm bеrаdi. Shu bilаn ulаrning o'zgаruvchаn vаlеntlikka ega ekanligi tushuntirilаdi. Odatda d-elementlarning oksidlanish darajasi +2 dan +n gacha o'zgaradi, n - valent elektronlarning soni bo'lib, guruh nomeriga to'g'ri keladi. d- elementlarning o'zgaruvchan valentlikka ega bo'lishi - bu elementlarning asosiy xususiyatlaridan biridir. d- Elementlarning valent orbitallari - bu 5 ta d- orbitali, 1 ta s- orbitali va 3 ta p-, ya'ni 9 ta orbitallardir. Shunday qilib, ularning maksimal valentligi 9 ga tengbo'ladi. Bu elеmеntlаrni davrlar bo'yicha sinflasak: 4-dаvrdа: Ti, V, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, Cu; 5-dаvrdа: Zn, Nb, Mo, Tc, Ru, Rn, Pd, Ag; 6- dаvrdа: Hf, Ta, W, Re, Os, Zr, Pt, Au.Кo'pginа d-elеmеntlаr o'z elеktrоnlаrini оsоn bеrаdi vа shuning uchun ulаr faoldirlаr. Iоn rаdiusi vа ionlanish potеnsiаlini e'tibоrgа оlgаn hоldа elеmеntlаrning аktivlik qаtоrini tuzish mumkin. Bu qаtоrdаn Mn vа Zn tushib qоlgаn, chunki kоnfigurаtsiyasigа ko'rа Mn dа d-оrbitаllаri bаrchаsi bittаdаn, Zn dа esа ikkitаdаn elеktrоn bilаn to'lgаn. Shuning uchun, ulаrning ko'plаri o'zgаruvchаn vаlеntlikkа egа, bu esа ulаrning juftlаshmаgаn d-elеktrоnlаri hisоbigа yuzаgа kеlаdi. Dоimiy оksidlаnish dаrаjаsigа skаndiy (+3) vа ruх (+2) egа. Adabiyotlar: С.С. Касимова. Периодическая система и биологическая роль элементов. - Ташкент: Медицина, 1985. - 176 с. N.T. A. Alimxodjayeva, Ikramova Z.A, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.99 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.99 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc