D.I.Mendelev tomonidan davriy qonunning kashf qilinishi elementlarning davriy sistemasi RYeJA: Davriy qonunni ixtiro etilishi. Elementlarni oldindan aytib berish. Davriy qonun va inert gazlarni kashf etilishi. Elementlar sistemasi tajribasi. Davriy qonunning ixtiro etilishi . Fanning yangi yo'llari. Mendeleevning hayoti va faoliyati. Davriy qonunni ixtiro etilishi. D.I.Mendeleev «Ximiya asoslari» deb atalgan qo'llanmani tuzishga kirishganida, oddiy moddalarni malum bir sistemada berish kerak edi, chunki ularni joy-joyiga qo'yishda tasodifiy narsalardan foydalanmay, qandaydir malum aniqlikda boshlash lozim edi.Aniq sonlar bilan ifodalangan har qanday sistema, noaniq sonlar bilan ifodalanadigan boshqa sistemalarga qaraganda, albatta asosliroq bo'ladi. Hozirda oddiy moddalarga taalluqli bo'lgan sonlar kam. Bazilarining fizik xossalari ancha aniqlik bilan topilgan bo'lsa ham, bular hali juda oz elementar moddalar uchundir, xolos. Moddalarning optik, xatto elektr va magnit xossalariga qarab, albatta, sistema tuzib bo'lmaydi, chunki malum bir jismning o'zi turgan holatiga qarab har xil fizik xossalarga ega bo'ladi. Bunga misol tariqasida grafit va olmos, oddiy va qizil fosfor va kislorod va ozonni ko'rsatish etarli. Shunga qaramay bizga malumki, oddiy moddaning erkin holatiga xossalarining turlicha o'zgarishida ham, element - birikma hosil etganda ham, elementni tashkil etuvchi malum bir material narsa doimiy o'zgarmay qoladi. Bu narsa elementning atom og'irligidir. Atom og'irlik qiymati alohida oddiy moddaning holatiga xos bo'lmay, uning material qismini tashkil etadi. U oddiy modda va uning barcha birikmalari uchun umumiydir. Ko'mir va olmos atom og'irligi degan narsa yo'q. Atom og'irlik uglerodga tegishli. D.I.Mendeleev atom og'irliklar bo'yicha elementlar sistemasini tuzishga harakat qildi.Bu to'g'rida qilingan dastlabki ish quyidagicha edi: u kichik atom og'irlikka ega bo'lgan moddalarni tanlab olib, ularni atom og'irliklari qiymati bo'yicha joylashtirdi. Bunda oddiy moddalar xossasi davriy ekanligi va xatto elementlar atomligi ( valentligi) bo'yicha biri ikkinchisi ketidan, ular payining (atom og'irligining)qiymati arifmetik ketma-ketligi tartibida kelishi malum bo'ldi. Li = 7 Be = 9,4 B = 11 C = 12 N = 14 O = 16 F = 19 Na = 23 Mg = 24 Al=27,4 Si = 28 P = 31 S = 32 Cl = 35,5 k = 39 Ca = 40 Ti = 50 V = 51 Payi 100dan ortiq bo'lgan elementlarda ham xuddi shunday uzluksiz qatorni uchratamiz: Ag = 108; Cd = 112; In = 116; Sb = 122; Te = 128; I = 127. Malum bo'lishicha, Li, Na, K, Ag va C, Si, Ti, Sn yoki N, P, V va boshqalar biri-biriga aloqador ekan. Shu ondayoq yangi fikr tug'ildi. Elementlar xossasi ularning atom og'irligi bilan ifodalanmasmikin, shunga asoslanib, sistema tuzsa bo'lmasmikin? Keyin shunday sistema ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc