D.I.Mendeleev tomonidan kimyoviy elementlar sistemasining kashf qilinishi XVII asr oxirida 25 ta element malum bo'lib, XIX asrning birinchi choragida yana 19 element kashf qilindi. Elementlar kashf qilinishi bilan ularning atom massasi, fizik va kimyoviy xossalari o'rganilib borildi. Bu tekshirishlar natijasida bazi elementlarning avvaddan malum bo'lgan tabiiy guruhlari (mas-n, ishqoriy-yer metallar, galogenlar) ga o'xshash element guruhlari shakllana bordi. Elementlar va ularning birikmalari haqidagi malo'motlar kimyogarlar oldiga barcha elementlarni guruhlarga ajratish (sinflarga bo'lish) vazifasini qo'ydi. 1789 yilda A.Lavuaze kimyoviy elementlarning birinchi klassifikatsiyasini yaratdi, u barcha oddiy moddalarni 4 guruh (metallmaslar, metallar, kislota radikallari va «oksidlar») ga ajratdi. 1812 yilda Bertselius barcha elementlarni metallar va metallmaslarga ajratdi. Bu unchalik aniq bo'lmasada, haligacha o'z kuchini yo'qotgan emas. 1817 yilda Iogann Volfgang Debereyner uchta-uchta elementdan iborat o'xshash elementlarning guruhlarini tuzdi va ularni triadalar deb atadi. Har qaysi triadada o'rtadagi elementning atom massasi, ikki chetdagi elementlar atom massalari yig'indisining 2 ga bo'linganiga teng. O'sha vaqtda malum bo'lgan elementlardan faqat ettita triada tuzish mumkin bo'ldi. Masalan: (1829Y). Bu qoida keiinchalik elementlar klassifikatsiyasini tuzishda foydalanildi 1843 yilda L. Gmelin bir-biriga kimyoviy xossalari yaqin bo'lgan elementlarni aniq tartibda gruppalarga joylashtirdi.Jadvalning yuqorisiga 3 ta bazis element kislorod, azot va vodorodni yozib uning tagiga elementlarni triada, tetraada va pentaada holda joylashtirdi,bunda u metallmasligini, zlektromanfiyligi va elektromusbatligini asos qilib olgan. 1862 yil fransuz tabiatshunosi A.Ye.Shankurtua elementlar klassifikatsiyasini atom og'irliklari ortib borishi asosida spiral bo'ylab joylashishiga qarab fuppalarga ajratdi. silindrda vintlar bo'yicha chiziqlarga joylashtiradi. U tellur bilan tugagani uchun Tellur vint deb ataldi. 1864 yil ingliz ximigi J.Nyulends, elementlarni ekvivalent ogarliklari bo'yicha oshib borishiga qarab joylashtirdi. 7 elementni bir fuppaga joylashtirib 8-element xossalari bir-biriga o'xshash bo'ladi deydi (oktav qoidasi). U birinchi bo'lib 8- elementda xossalar qaytarilishini anikladi.Bu dastlabki guruhdardagi 17 ta elementga taallukli bo'lib qolgani uchun uncha ahamiyatga olinmadi. Nyulendsning oktava qoidasi asosida bir qism elementlarning joylashishi. 1857-1868 yillarda ingliz ximigi U.Odling elementlar atom massalari oshishiga qarab bir qancha jadval yaratdi. Bularda xossalari ham o'xshash bo'ladi deydi, lekin asosan arifmetikaga ahamiyat berdi. 1857 yilda 49 elementni 9 gruppaga ajratadi. 1861 yilda kimyoviy yaqin bo'lgan elementlarni triada, tetraada va pentaadalarga ajratib gruppalar tuzdi. Bu guruhlarga vodorod, bor va qalay kirmay qoldi. 1868 yilda 52 aniq bo'lgan elementdan 45 tasini fuppalarga atom og'irliklari oshib borishini hisobga olib joylashtirgan eng ahamiyatli tablitsa tuzildi. 1864 yilda L. Meyer 44 elementni 6 qatorga vodorodga nisbatan valentligini hisobga olgan jadvalni taklif qildi. Jadval 2 qismdan iborat edi. Asosiy jadvalda 6 gruppa birlashtirilib 1 gruppa uglerod, 2 gruppa azot, 3 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.72 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.72 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc