D.I.Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi Davriy qonun, davriy sistema, elementning davriy va davriy bo'lmagan xossalari. Davriy qonunning ahamiyati. XIX-asrning o'rtalariga kelib, ko'pgina elementlar malum bo'lgan, ularning kimyoviy va fizikaviy xossalari ancha yaxshi o'rganilgan edi. Endi ularni bir tartibga solish, masalan, sinflarga bo'lishiga imkoniyat tug'ilgandi. Bunga o'sha vaqtdagi ko'pgina G'arbiy Yevropaolimlari urinib ko'rdilar. Lekin ular elementlarning xossalaridagi ichki bog'lanishlarni yaxshi tushunmaganliklari va etiborga olmaganliklari tufayli yaxshi natijalarga erisha olmadilar. D.I.Mendeleev xuddi shu vaqtlarda elementlarni ilmiy asosda sinflarga bo'lish ustida ancha samarali ishlar qildi. Natijada 1869 yilda o'zining mashhur davriy qonunini yaratdi. U bunda elementlarning atom massasidan juda samarali va to'g'ri foydalandi. Ularni atom massasiga qarab qatorga terdi. Albatta bunda ancha qiyinchiliklarni engishga to'g'ri keldi. Chunki bazi elementlarning atom massasi aniq qilib topilmagan edi. Elementlarning boshqa xossalari to'g'risida ham ancha noaniqliklar, ko'p o'rganilmagan narsalar bor edi. Shuning uchun ham Mendeleev ko'pchilik elementlarning birikmalar hosil qilish xususiyatlarini, valentliklarini, birikmalarni strukturalarini (tuzilishlarini), ularni xossalarini tekshirib, qatorga terilgan elementlarning xossalarini malum bir intervalda takrorlanishini, yani elementlarning xossalarida davriylik borligini aniqladi. Natijada u o'zining davriy qonunini yaratdi: «Elementlarning xossalari, ularning birikmalarining ko'rinishi va xossalari atom massalari bilan davriy bog'langandir». Bu qonun asosida Mendeleev elementlarning davriy sistemasini tuzdi. Bu sistema davriy qonunning grafik holdagi ifodasidir. Endi yuqoridagi davriylikni II va II davrlarga kiruvchi elementlar misolida ko'rib o'taylik. Bunda litiydan neongacha bo'lganlari II davrni, natriydan argongachalari II davrni tashkil qiladi. II davrni olsak litiydan boshlab metallik xossalari susayib bora boshlaydi va asta-sekin nometallik xossalari kuchaya boradi. Bu ayniqsa ftorda kuchlidir. Bunda yana atom massalari oshishi bilan elementlarning kislorodga nisbatan olingan valentliklari ham ortib boradi. Agarda shu tartibda uzluksiz davom etilsa ftordan keyin nometallik xususiyati yana ham kuchli bo'lgan qandaydir element bo'lishi kerak edi va hokazo. Aslida esa davrning oxirida metallik hamda nometallik ham xossasiga ega bo'lmagan neon joylashgan. Neondan keyin natriy keladi. Undan boshlab yana xuddi avvalgi qatorga qaytganday bo'lamiz. Yana metallik xossalari susaya boradi, nometallik xossalari osha boradi va yangi qator yana metallik hamda nometallik xossasiga ega bo'lmagan argon bilan tugaydi. Bunda ham atom massalari ortishi bilan elementlarning kislorodga nisbatan valentliklari oshib boradi. Xuddi shunday qolgan elementlarning xossalari ham uzluksiz ravishda emas, balki malum bir intervalda, yani davrda qaytarilish bilan boradi. D.I.Mendeleev o'zining davriy sistemasini tuzganda bor-yo'g'i 63 ta element mavjud edi. Lekin u davrlarni o'zgarish qonuniyatlariga qarab o'z jadvalida hali topilmagan 29 elementga bo'sh joy qoldirib ketadi. U bu nomalum elementlarning ko'pgina xossalarini oldindan bashorat qilib aytib beradi. Uning bu fikrlari keyinchalik to'la ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc