D.I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o'rganish

D.I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o'rganish

O'quvchilarga / Kimyo
D.I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

O'rta maktabda D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o'rganish Reja: 1. Mavzuni ta'limiy aspekti 2. Mavzuning tarbiyaviy aspekti 3. Mavzuni o'rganishning metod va manbalari 4. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini o'rganishdagi tayanch bilimlar tizimi. Asosiy tushunchalar: D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini o'rganishdagi Tayanch bilimlarga tizimi, davrlar, qatorlar, guruhlar, metallar va metalmaslar, D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tabiatining eng muhim qonuni bo'lishi bilan birga - kimyo fanini o'rganishning eng muhim metodik asosi hamdir. Davriy qonunning kashf etilishi katta ilmiy jasorat bo'lishi bilan birga, qator eng muhim metodologik va metodik muammolarning yechimini beradi. Davriy qonun asosida kimyo fanining sistematik kursi tuzildi. Bu tizimda D.I.Mendeleevning Kimyo asoslari darsligida o'z ifodasini topdi. Hozirgi sharoitda barcha kimyo kursi darsliklari davriy qonun asosida tuzilgan. Umumta'lim maktabi anorganik kimyo kursining nazariy asosini D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tashkil qiladi. Shu sababli anorganik kimyo kursini o'rganishni uch bosqichga bo'lamiz. Birinchi bosqich - o'quvchilarni D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini o'rganishga tayyorlash. Ikkinchi bosqich - D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nazariyasini o'rganish . Uchinchi bosqich - anorganik kimyo kursining sistematik kursini yoki elementlar va ular birikmalari xossalarini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nuqtai - nazaridan o'rganish. Davriy qonun va davriy sistema mavzusidagi tushunchalar mohiyati mazmuni o'zaro bog'langan ma'lumotlar asosida ochib beriladi. Ular, kimyoviy elementlar va moddalar xossalarining davriy o'zgarishini, elementlar atom og'irligi ortishi, elementlar atom tuzulishi bilan bog'liqligi haqidagi ma'lumotlar. Ana shu blok haqidagi ma'lumotlarning bog'lanish sabab va oqibatlarini ochib berish. Oldingi va keyingi blok ma'lumotlar mavzuning o'rganishning bosh ta'limy vazifasi bo'lib hisoblanadi. Umumta'lim maktabi kimyo dasturida mavzu mazmuni tarixiy - logik asosda tuzilgan. Avvalo D.I.Mendeleevning elementlar va ular xossalarining atom massasiga bog'liqligini ochib bergani bayon etilsa, keyin esa ularning sabablari elementlar atomlarining tuzilishi asosida tushuntirilgan. Bu usulda yo'l tutish avvalo - o'quvchilarning tatqiqot faoliyatini rag'barlantirsa ularni o'quv jarayonida faollashtirsa, ikkinchidan tarbiyaviy aspektni kuchaytirib, D.I.Mendeleevning ilmiy jasoratini yechib beradi. Mustahkam ko'nikmalar hosil qilish uchun o'quvchi mustaqil ish jarayonida mashqlar bajaradi. Mavzu mazmuni o'quvchilarni bashorat qilishga o'rgatadi. Davriy qonun va davriy sistema, atom tuzilishi va nazariyasi asosida elementlar va ular birikmalari xossalarini deduktiv metod orqali bashorat qilishi malakalariga ega bo'ladi. Mavzuning tarbiyaviy aspekti. D.I.Mendeleevning davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o'rganish orqali o'quvchilar fan va ishlab chiqarishning rivojlanishi, miqdor o'zgarishlarning sifat o'zgarishiga o'tishi, elementlar atomlari ichki tuzilishi, kimyoviy o'zgarishlarning ichki sabablarini tushinib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.12 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.12 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga