Dalalarni kompleks agrokimyoviy madaniylashtirish Reja: 1. DKAM. uning mazmuni, tuzish va undan foydalanish. 2. DKAM ni rejalashtirish,uchastka tanlash. 3.DKAM tizimida kimyolashtirish vositalarini qo'llashni o'ziga xosligi. Organik va mineral o'g'itlarni qo'llash. TAYaNCH TUSHUNCHALAR Dalalarni kompleks agrokimyoviy madaniylashtirish, loyiha-smeta hujjat, dehqonchilik tizimi, muhit reaksiyasi, oziq modda, oziq modda miqdori, o'g'it, mineral o'g'it, organik o'g'it dozasi, pestitsid, gipslash, agrokomplekslar, kopostlar.shartnoma, almashlab ekish.almashlab ekish zvenosi, fosfotlash. 1. Dalalarni kompleks agrokimyoviy madaniylashtirish-bu kimyoviy vositalarni ilmiy asosda qo'llashdir. Bu esa xo'jalik dehqonchilik tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dalalarni kompleks agrokimyoviy madaniylashtirish ketma-ket bajariladigan va bir-biriga moslashtirilgan va loyxa-smeta hujjatlarida ko'rsatiladigan agrokimyoviy va agrotexnik ishlarni o'z ichga oladi. Bu ishlar qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish bo'yicha texnologik xaritasida kayd etiladi. Dalalarni kompleks agrokimyoviy madaniylashtirish (DKAM) maqsadi muhit reaksiyasini o'zgartirish, tuproq fizik, fizik-kimyoviy, biologik xossalarini yaxshilash, o'simliklar uchun o'zlashtiriladigan holatdagi harakatchan oziq moddalarni kerakli darajagacha (tuproqdagi azot, fosfor, kaliyni balanslashgan nisbatini hisobga olgan holda) oshirish; rejalashtirilgan hosilni olish; kimyoviy moddalardan samarali foydalanish, hamda agrokimyoviy xizmat ko'rsatishni ixtisoslashtirish va kontsentrlash hisobiga mehnat unumdorligini oshirish. DKAM samaradorligi organik va mineral (asosan fosforli) o'g'itlarni ohak va gips saklovchi moddalarni ishlab chiqarish tempiga bog'liq. Ilmiy tadqiqotlar qishloq xo'jalik korxonalariga markazlashtirilgan agrokimyoviy xizmat ko'rsatish tajribasi, agrokimyoviy vositalarni qo'llash amaliyotini ko'rsatishicha o'g'it va pestitsidlar qo'llash bo'yicha hamma ishlarni sanoat texnologiyasiga o'tkazish maqsadga muvofik. Bunday texnologiyada o'g'it va pestitsidlarni qo'llash bilan bog'liq barcha tadbirlar yagona ixtisoslashgan tashkilotda kontsentrlashadi va u tamonidan bajariladi. Ular o'z ichiga kompleks mexanizatsiyalashtirilgan agrokimyoviy xizmat ko'rsatish (agrokimyokomplekslar) punktlar tarmoqlarini oladi. Agrokimyokomplekslar barcha kerakli material-texnik bazaga ega. Bu baza o'g'it va pestitsidlarni qo'llash bo'yicha ishlab chiqarish jarayonlarni mexanizatsiyalashtirishni ta'minlaydi. Ular injener-texnik personal, agrokimyogar va mexanizator kadrlar bilan ta'minlangan. Agrokimyoviy xizmat ko'rsatish komplekslari 2 xil bo'ladi: markaziy va joylardagi markaziy komplekslar temir yul yaqinida yoki suv magistrallarida yoki katta trassalar yonida joylashadi. Markaziy komplekslarning asosiy vazifasi quyidagi ishlarni bajarishdan iborat: 1. Temir yul va suv transportidan mineral o'g'itlarni yadroximikatlarni va kimyoviy meliorantlarni tushirish. 2. Mineral o'g'itlarni joylardagi komplekslarda olib borish. 3. Saqlash, qo'llashga tayyorlash va mexanizatsiya yordamida o'g'itlarni qo'llash. 4. Pestitsidlar saqlash, qo'llashga tayyorlash yer ustki mashinalari va aviatsiya yordamida qo'llash. 5. Sanoatda ishlab chiqilgan ohak va gips saklovchi moddalarni saqlash va qo'llash. 6. mahalliy ohak va gips saklovchi materiallarni to'plash va transport qilish va qo'llash. 7. Organik o'g'itlarni chorvachilik fermasidan dalaga olib chiqish va qo'llash. 8. Torfli yoki boshqa kompostlarni tayyorlash, transpartirovka qilish va tuproqka qo'llash. 9. Tuproq unumdorligini oshirish bo'yicha madaniy texnik va boshqa ishlarni o'tkazish. Buning uchun markazii agrokimyoviy komplekslarda mineral o'g'it, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc