Dars-o'qitishning asosiy shaklidir Reja: 1. Dars-o'qitishning asosiy shaklidir. 2. Kimyo va biologiya darslarining turlari va darsga bo'lgan talablar. 3. Maktabning yuqori sinflarida takomillashtirilgan kimyo darslari: ma'ruza, seminar, konferensiya va ularga qo'yilgan talablar va vazifalari. 4. Kimyo va biologiya fanlaridan fakultativ darslarning turi, vazifasi va maqsadi. 1. Dars o'quv ishini tashkil qilishning asosiy shaklidir. Dars deganda o'qituvchning o'quv guruhiga uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o'zgarmas o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tkazishi tushuniladi. Dars hunar bilim yurtida ham ta'limning tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Har bir dars o'quv jaryonining bir qismi hamda bilim, ko'nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir. Dars - maktabdagi o'quv ishining tashkiliy shakli bo'lib, unda o'qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o'quvchilarning doimiy tarkibi (sinf) bilan qat'iy jadval bo'yicha shug'ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib , o'quv dasturiga muvofiq o'zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Eng yaxshi o'qituvchilarning tajribalarini umumlashtirish va pedagogika fanining yutuqlari darsga qo'yiladigan quyidagi didaktik talablarni belgilash imkonini berdi. 1. Darsning asosiy didaktik vazifalari va asosiy elementlarining aniqligi va muqarrarligi. 2. Ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi. 3. O'qitishning butun dars va uni har bir qismi vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o'quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta'minlaydigan eng ratsional metodlarini tanlash. 4. Mashg'ulotlarning turli shakllari: umumsinf, gruppaviy va individual shakllarini ratsional birga qo'shib olib borish. O'quvchilar bilish faoliyatining faolligini o'qituvchining rahbarlik roli bilan birga qo'shib olib borish. 6. Darsning oldingi va keyingi darslar bilan bog'lanishi. 7. O'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. 8. Darsda o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish. Darsga tayyorlanish o'qituvchidan katta mehnat talab qiladi, bu ijodiy jarayondir. Har bir zamonaviy darsda o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kerak. O'qituvchini darsga ijodiy yondashishi shundan iboratki - har bir darsda o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini ko'zda tutgan holda dars rejalarini ishlab chiqish, darsni olib boradigan usullarni tanlash, o'quv vositalarini, kimyoviy tajribalarni tanlab olish kerak. Ma'lumki, har bir ijodiy faoliyat bir namunaviy bo'lishi mumkin emas, shuning uchun o'qituvchi maktab dasturiga asoslanib, darslik, metodik qo'llanma, qo'shimcha adabiyotlardan foydalanadi. O'zining boshidan o'tkazmasdan, birovning tajribasini o'zi uchun qo'llab bo'lmaydi. Darsning muffaqiyatli o'qitish uchun o'qituvchi oldindan tematik rejalarga tayanib ayni darsning oldingi va keyingi darslar bilan bog'laydi. Darsning hal qiluvchi sharti uning maqsadidir. Aniq qo'yilgan maqsad o'qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur dalilik materialni to'g'ri tanlab olishga imkon beradi. Hozirgi paytda pedagogika fanida zamonaviy dars iborasi tez-tez tilga olinmoqda. Zamonaviy dars mezonlari va belgilari *Dars - o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan, o'qituvchi va o'quvchining o'zaro ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
77.15 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
77.15 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc