Dastgoh shpindellarini tayyorlash texnologiyasi

Dastgoh shpindellarini tayyorlash texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Dastgoh shpindellarini tayyorlash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Dastgoh shpindellarini tayyorlash texnologiyasi Reja: 1. Dastgoh shpindellarining xizmat vazifalari, tayyorlash bo'yicha texnik talablar, qo'llaniladigan materiallar va xomashyo turlari. 2. Mexanik ishlov berish jarayonining ketma-ketligi va bajarish tartibi. 3. Shpindellarni nazorat qilish. Pog'onali vallar mashina va mexanizmlarda eng keng tarqalgan detallar bo'lib, burovchi momentni va aylanish harakatini ularga o'rnatilgan tishli g'ildiraklar yordamida uzatish vazifasini bajaradi. Aylanuvchi vallar mexanizmlarning qutisimon detallariga sirpanish yoki dumalanish podshipniklari orqali o'rnatiladi. Pog'onali vallarni ishlov berilgan yuzalarining xizmat vazifalari va shakllari turli xil. Bu tekis silindrik aylannish o'qiga ega bo'lgan oddiy va yuqori aniqlikdagi yuzalar, shlitsa yoki shponka uyali yuzalar, rezpbali, bo'ylama va ko'ndalang yo'nalishdagi teshikli yuzalar, flanetsli qismlar va boshqalar. Ushbu xil yuzalarning barcha turlari dastgoh shpindellarida mujassamlashgan. Shuning uchun pog'onali vallarni tayyorlash texnologik jarayonini o'rganishni tokarlik dastgohining shpindeli misolda olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Dastgoh shpindellarining xizmat vazifalari, tayyorlash bo'yicha texnik talablar, qo'llaniladigan materiallar va xomashyo turlari Shpindel metall kesish dastgohining eng mas'uliyatli detallaridan biri hisoblanadi. Dastgohda tayyorlanayotgan detallarning aniqligi shpindelni qay darajada aniq tayyorlanganligiga bog'liq bo'ladi. Shpindel ishlov berilayotgan detalning yoki kesuvchi asbobni aylanma harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Texnologik nuqtai nazardan dastgoh shpindellarini tuzilishini asosan uch ko'rinishga bo'lish mumkin. Birinchi a) ko'rinishdagi shpindellar jilvirlash dastgohlarida qo'llaniladi. Ikkinchi b) ko'rinishdagi shpindellar parmalash, yo'nib kengaytirish dastgohlarida keng qo'llaniladi. Uchinchi v) ko'rinishdagi tokarlik, frezerlash va boshqa shu kabi tur dastgohlarda keng qo'llaniladi. 21-rasm. Metall kesish dastgohlarida shpindellarning tuzilishi: a) markaz bo'yicha yo'nalgan teshiksiz; b) oxirigacha yetmagan markaziy teshikli; v) butun tanasi bo'yicha markaziy teshikli shpindel. Shpindellar aniqligi bo'yicha ham uchga bo'linadi: a) normal aniqlikdagi dastgohlar uchun shpindellar; b) yuqori aniqlikdagi dastgohlar va v) pretsizion dastgohlar uchun shpindellar. Tokarlik dastgohi shpindelining tuzilishi 22-rasmda keltirilgan. Shunday qilib, konusli teshikning podshipnik uchun tayanch pog'onasiga nisbatan radial tepishi 5-10 mkm dan ortmasligi kerak, bu normal aniqlikdagi dastgohlar uchun, yuqori aniqlikdagi dastgohlar uchun 3-5 mkm bo'lsa, pretsizion dastgohlar uchun esa 1-3 mkm dan oshmasligi talab etiladi. Normal aniqlikdagi dastgohlar shpindellarini IT5-IT6 kvalitet aniqlikda tayyorlanga tayanch pog'onalarining to'g'ri geometrik shakldan og'ish xatoliklari shu pog'ona diametriga qo'yilgan qo'yimni 50 % dan ortmasligi kerak. Yuqori aniqlikdagi dastgohlar shpindellarining IT4-IT5 kvalitet aniqlikda tayyorlangan pog'onalari uchun bu kattalik 25% ni tashkil etsa, pretsizion dastgohlarda ularning diametrlariga qo'yilgan og'ish chegaralari qo'yimi 1,5-3 mkm bo'lgan holda 0,3-0,5 mkm dan ortmasligi kerak. Bu pog'onalarning yuza tozaligi normal aniqlikdagi dastgohlar uchun Ra 1,25-0,63 mkm, yuqori aniqlikdagi dastgohlar uchun Ra 0,32-0,16 mkm, pretsizion dastgohlarni shpindellarida esa Ra 0,16-0,08 mkm bo'lishi talab etiladi. Mexanik ishlov berilgandan so'ng tez aylanuvchi shpindellar dinamik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 184.49 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 184.49 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga