Davr va guruhlarda elementlar xossalarining o'zgarishi

Davr va guruhlarda elementlar xossalarining o'zgarishi

O'quvchilarga / Kimyo
Davr va guruhlarda elementlar xossalarining o'zgarishi - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 2-mavzu Davr va guruhlarda elementlar xossalarining o'zgarishi Reja: Atom tuzilishining elektron nazariyasi Metallar atomlarining tashqi elektron pog'onalari Ionlanish energiyasi Atom tuzilishining elektron nazariyasi elementlar xossalarining atom tuzilishi va davriy sistemadagi o'rniga bog'liq ravishda o'zgarishini izohlab berdi. Bu nazariyaga ko'ra, kimyoviy reaksiyalar asosida elektron munosabatlar - atomlar elektron pog'onalarining qayta qurilishi jarayonlari yotadi. Maksimal to'lgan qavatlar eng barqaror bo'ladi. Bunday elektron qavatlar tugallangan deb ataladi, bunda tashqi elektron pog'ona qavat s2p6 (8 ta elektron) elektron konfiguratsiyasiga ega bo'ladi (He dan tashqari). Metallar atomlarining tashqi elektron pog'onalarida, odatda, 4 tagacha elektron bo'lib, yadro bilan kuchsiz bog'langan. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganda valent elektronlarini yo'qotadi. Ishqoriy metallar boshqa metallarga nisbatan eng kuchli metallik xossalariga ega deb qabul qilinadi. Chunki ular boshqa metallarga nisbatan tashqi, valent elektronlarini oson yo'qotadi. Elementlarning metallik xossalarini solishtirish uchun, odatda, maxsus kattalik - ionlanish energiyasidan foydalaniladi. Ionlanish energiyasi - elektronning atomdan ajralishi uchun zaruriy energiya miqdori. Atomlarning ionlanish energiyasi elementning tartib raqami bilan davriy bog'lanishda bo'ladi. Elektronga moyillik - neytral atomga bitta elektronning birikishi natijasida ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori Anod Neytral atom Katod Yettinchi guruh bosh guruhchasi elementlari (F, Cl, Br, I) - tiliq metallmaslar eng katta elektronga moyillik qiymatlariga ega bo'ladi. Haqiqatan ham, uchinchi davr ishqoriy metall - natriy bilan boshlanadi. Uning ketidan esa boshqa bir metall - magniy joylashganki, u natriyga nisbatan kamroq metall xossasiga ega. Davrlarda element atomlarining yadro zaryadlari ortib borishi natijasida atom radiusi kichrayadi, tashqi qavatdagi elektronlar soni esa ortadi. Katta davrlarda kichik davrlarga nisbatan metallik xossalari sekinlik bilan zaiflashadi, metallmaslik xossalari esa sekinlik bilan bo'lsa-da kuchayadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.06 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.06 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga