Maktab kimyo kursida davriy qonun va D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasini o'qitish metodikasi MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridanoq yoshlarimizning bilim va hunar o'rganishlariga eng muhim,birinchi galdagi dolzarb masala sifatida qaraldi.Ayniqsa, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta'lim to'g'risida»gi qonunlar qabul qilingach, bu boradagi keng ko'lamli ishlar amalgam oshirildi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarining vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib,uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda.Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish,yuqori sifat ko'rsatgichga erishish talab qilinadi[1]. Ma'lumki,maktab kimyo kursida uning nazariy konsepsiyalarini o'qitishga alohida ahamiyat qaratiladi.Ana shulardan biri davriy qonun va atom tuzilish nazariyasi hisoblanadi. Chunki anorganik kimyo kursining materiallari davriy qonun va atom tuzilish nazariyasi asosida o'rganiladi.Shu sababdan ham o'quvchilarning keyingi bosqichlarda kimyo fanidan chuqur bilim olishi «Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi»mavzularini qanday o'zlashtirganliklariga bo'g'liq bo'ladi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.Umumiy o'rta ta'lim maktablarida «Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi»mavzularini o'qitish samaradorligini an'anaviy ta'lim usullarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan yug'unlashtirib qo'llash orqali oshirish. Tadqiqot vazifalari. - mavzuga oid adabiyotlardan davriy qоnunning оchilishi va davriylik haqidagi ta'limоtnig rivojlanish tarixini o'rganish; -maktab kimyo kursida davriy qonun va D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasining o'rnini aniqlash; - davriy qоnunni o'rganishda turli xil o'qitish metodlarining mohiyatini aniqlash; - davriy qonun va elementlar davriy sistemasining ayrim mavzulari bo'yicha muammoli o'qitishga asoslangan dars ishlanmalarini yaratish; - davriy qonun va elementlar davriy sistemasining ayrim mavzulari bo'yicha noan'anaviy darslarning senariylarini ishlab chiqish; - davriy qonun va elementlar davriy sistemasining mavzulari bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'tkaziladigan kimyo kechasining senariysini ishlab chiqish. Himoyaga quyidagilar olib chiqiladi: - D. I. Mendeleyevning davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzulari bo'yicha muammoli yondoshuvga asoslangan umumlashtiruvchi darslarning senariylari; -davriy qonun va elementlar davriy sistemasining mavzulari bo'yicha noan'anaviy darslarning senariylari; -davriy qonun va elementlar davriy sistemasining mavzulari bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'tkaziladigan kimyo kechasining senariysi. Ishning ilmiy yangiligi: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida «Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi»mavzularini o'qitishning o'ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o'rganilib,ularni uslubiy jihatdan to'g'ri hal etishda an'anaviy ta'lim usullarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan yug'unlashtirishga asoslangan dars senariylari ishlab chiqildi. Ishning amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o'quvchilarning «Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi»mavzularini chuqur o'zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshiradi.Bitiruv malakaviy ish materiallaridan maktab kimyo o'qituvchilari o'z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidav tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishni yozishda 30 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan. 1-BOB. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
374.23 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
374.23 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc