Davriy sistema va davriy qonun R E J A : 1. D.I.Mendeleyevning davriy qonuni 2. Davriy sistema va uning tuzilishi 3. Davriy sistemada element atomlarining xossalarini o'zgarishi. D.I.Mendeleyevning davriy qonuni Nemis olimi Lotar Meyer 1864 yilda o'z sistemasini ishlab chikdi. U 27 ta elementni valentliklariga qarab olti gruppaga bo'ldi. U o'z asarini atom og'irliklarning son bilan ifodalanadigan qiymatlarida biror qonuniyat borligiga shubxa bo'lishi mumkin emas degan ibora bilan tugatdi. Meyer o'zining ikkinchi makolasida (uning makolasi Mendeleyev makolasidan keyin nashr qilingan edi) elementlarning solishtirma xajmlari davriy ravishda o'zgarishini (ya'ni bir necha elementdan keyin qaytarilishini) kashf etdi. Bu kashfiyot katta ahamiyatga ega bo'ldi,lekin davriy qonunni ta'riflash uchun yetarli emas edi. D.I.Mendeleyevdan oldin olib borilgan ishlarning xech birida kimyoviy elementlar orasida o'zaro uzviy bog'lanish borligi topilmadi. Xech kim elementlar orasidagi o'xshashlik va ayirmalar asosida kimyoning muhim qonunlaridan biri turganligini D.I.Mendeleyevgacha kashf etolmadi. chuqur ilmiy bashorat va ilmiy izlanishlar natijasida D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muhim qonuni-kimyoviy elementlarning davriy qonunini ta'rifladi. U ta'riflagan davriy qonun va uning grafik ifodasi - davriy jadval hozirgi zamon kimyo fanining fundamenti bo'lib koldi. D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning kupchilik xossalari shu elementlarning atom og'irligiga bog'liq ekanligini topdi. D.I.Mendeleyev usha zamonda ma'lum bo'lgan barcha elementlarni ularning atom og'irliklari ortib borishi tartibida bir qatorga kuyganida elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarda qaytarilishini, ya'ni davriylik borligini kurdi. Masalan,litiydan ftorga utganda atom og'irlik ortib borishi bilan elementlar va ular birikmalarining kimyoviy xossalari ma'lum qonuniyat bilan uzgarib boradi. Litiy tipik metall; undan keyin keladigan berilliyda metallik xossalar ancha kuchsiz ifodalangan. Berilliydan keyingi element - bor metallmaslik xossalarini namoyon qiladi. Ugleroddan ftorga utganda metallmaslik xossalari kuchayadi, ftor eng tipik metallmas sifatida topilgan elementdir, ftordan keyingi element - natriy (usha zamonda neon xali ma'lum emas edi) - o'z xossalari bilan litiyga o'xshaydi. Uning oksidi Na2O o'z shakli bilan litiy oksid Li2O ga o'xshashdir. D.I.Mendeleyev o'zi kashf etgan davriy qonunni kuyidagicha ta'rifladi: elementlarning xossalari, shuningdek ularning birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom og'irliklariga davriy ravishda bog'liq bo'ladi. D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf etishda elementlarning atom og'irlik qiymatlariga, fizik va kimyoviy xossalariga e'tibor berdi. U barcha elementlar buysunadigan davriy qonunni kashf qildi va ba'zi elementlar (chunonchi, berilliy, lantan, indiy, titan, vanadiy, erbiy, seriy, uran, toriy) ning usha vaqtda kabul qilingan atom og'irliklarini 1.5-2 marta uzgartirish, ba'zi elementlarning (kobalt, tellur, argonning) joylashish tartibini uzgartirish keraligini va nixoyat 11 ta elementning (fransiy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texnisiy, reniy, astat) kashf qilinishi kerakligini oldindan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
154.12 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
154.12 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: ppt