Detallarga mexanik ishlov berish aniqligi Reja: 1. Aniqlik to'g'risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar. 2. Ishlab chiqarish xatoliklari. Sistemali va tasodifiy xatoliklar. 3. Texnologik ishlov beruvchi tizimga (TIBT) ta'sir etuvchi kuch ostida dastgoh detallari ishlov berilayotgan detal va kesuvchi asbobning deformatsiyasi TIBT ning bikrligi. Aniqlik to'g'risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar. Mashina va mexanizmlarni loyihalashada kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi. Aniqlik - bu har qanday mashina va asbobning asosiy ko'rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq detalning tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar tug'iladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo'lgan detalningng aniqligi qator omillarga bog'liq bo'ladi va quyidagilar bilan ifodalanadi: a) detalningng yoki uning alohida konstruktiv elementlarining to'g'ri geometrik shakldan og'ishi; b) detalningnng haqiqiy o'lchamlarini uning nominal o'lchamlaridan og'ishi; v) detalningng yuzalarini, o'qlarini o'zaro aniq joylashishdan og'ishi (masalan: o'zaro paralellikdan og'ish, o'zaro perpendikulyarlikdan og'ish va shu kabilar). Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog'liq bo'ladi. Detalningng aniqligi qancha yuqori bo'lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori bo'ladi. Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan bo'lib IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning qo'yim maydoni ortib boradi. IT 01,0,1 tekis paralel yakuniy o'lchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT 2,3,4 chegaraviy kalibrlar va alohida aniqlikka ega bo'lgan mahsulotlar uchun kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha yig'ish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar o'lchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past aniqlikdagi o'lchamlar uchun. Yalpi va ko'p seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligi asosan dastgohlarni kerakli o'lchamga sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va donali ishlab chiqarish sharoitida esa qo'shimcha yakunlovchi amallar qo'llash hamda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga ta'minlanadi.Ishlab chiqarish sharoitida detalningng aniqligi qator omillarga bog'liq bo'lganligi uchun ularning olib bo'lishi mumkin bo'lgan aniqlik bo'yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bo'yicha tayyorlanadi. Iqtisodiy aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi bo'yicha normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi asboblar hamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib olinadigan detallar aniqligi tushuniladi. Olib bo'lishi mumkin bo'lgan aniqlik deganda alohida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay, mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan detal aniqligi tushuniladi. Detalningng tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta'sir ko'rsatadi: 1. Dastgohning ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.65 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.65 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: docx