Mexanik ishlov berishdan so'ng mashina detallari yuzalarining sifati Reja: 1. Detal yuzasi sifati to'g'risida tushuncha. 2. Mashina detallarini yuzalari sifatining ahamiyati. 3. Yuza g'adir-budirligni kamaytirishning texnologik usullari. Detal yuzasi sifati to'g'risida tushuncha. Mexanik ishlov berilgan detalningng yuzasining sifati quyidagi asosiy ikki xususiyati bilan xarakterlanadi: a) mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari; b) Yuzaning g'adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi). Detalning sirt qatlamini fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metallning xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo'lgan issiqlik va kuchlar ta'sirida metallning sirt yuzasini xususiyatlari o'zgaradi, ya'ni uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar paydo bo'ladi, naklyop sodir bo'ladi, bularning barchasi plastik deformatsiya asosida vujudga keladi. Naklyoplanish darjasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik deformatsiyani qanchalik chuqurlikda ta'sir etishiga bog'liq. Bu holat o'z navbatida kesish ma'romlariga bog'liq bo'ladi. Geometrik nuqtai nazaridan ishlov berilgan yuza quyidagi ko'rsatkichlari bilan xarakterlanadi: a) yuzaning makrogeometriyasi bo'lib, u to'g'ri geometrik shakldan og'ish bilan ifodalanadi (ovallilik, konussimonlik, bochkasimonlik va shu kabilar); b) yuzaning to'lqinsimonligi bu davriy ravishda takrorlanuvchi tahminan bir xil to'lqinsimon og'ishlar; v) yuzaning mikrogeometriyasi yoki yuzaning g'adir-budirligi. Yuza mikrogeometriyasi uni tozaligini ifodalaydi. Yuza to'lqinsimon va bir vaqtda g'adir-budir bo'lishi mumkin. 7-rasm turli xil Yuzalar keltirilgan. 7-rasm. Yuzalarning turlari: 1- to'lqinsimon va g'adir-budir; 2-to'lqinsimon va toza; 3 - tekis va g'adir-budir; 4 - tekis va toza. Yuza sifati quyidagi asosiy omillarga bog'liq bo'ladi: a) ishlov berilayotgan materialning turi va xususiyati; b) ishlov berish usuli (yo'nish, randalash, jilvirlash); v) materialni kesib ishlash ma'romlari (kesish tezligi, kesish chuqurligi , uzatishlar miqdori); g) texnologik ishlov berish tizimining bikrligi; d) kesuvchi asbobning geometrik parametrlari; e) kesuvchi asbob materiali; j) kesish jarayonida sovutish-moylash suyuqliklarini qo'llash; Mashina detallarini yuzalari sifatining ahamiyati. Detal yuzasining sifati uni ishlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib detalning yemirilishga chidamliligi uning yuzasini sifatiga bog'liq. Sifat o'z navbatida makrogeometriya, to'lqinsimonlik va g'adir-budirlik bilan xarakterlanadi. Agarda detal yuzasi makronotekis va to'lqinsimon bo'lsa yemirilish ham notekis bo'ladi. Bunday hollarda avval ko'tarilib chiqqan yuzachalar yemiriladi. Agarda yuza g'adir-budirligi katta bo'lsa Yuqoridagi jarauyon yanada intensivlashadi. Qo'zg'almas birikmalarni sifati. Bu birikmalar sifatli ishlashi va yemirilishga chidamli bo'lishi uchun ularning detallarini yuzalari yuqori tozalikka ega bo'lishi kerak. Detalnining mustahkamligi. Yuzaning sifati detalning mustahkamligini bevosita belgilovchi omil. Yuza g'adir-budirligi kichik bo'lsa materiallarni charchash mustahkamligini oshiradi va mikroyoriqchalar hosil bo'lish jarayonini susaytiradi. Qoldiq kuchlanishlarni ta'sirini kamaytiradi. Korroziyaga qarshilik. Detallarda korroziya turli gazlar suyuqliklar va atmosfera ta'sirida sodir bo'ladi. Detal yuzasi qancha g'adir-budir bo'lsa shu oraliqlarga yuqoridagi jinslar ko'p miqdorda kirib olib korroziyani ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:29:04
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
70.44 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:29 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
70.44 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: docx