Detallarni bazalashda, ishlov berishda detallarni dastgohlarda o'rnatish

Detallarni bazalashda, ishlov berishda detallarni dastgohlarda o'rnatish

O'quvchilarga / Kimyo
Detallarni bazalashda, ishlov berishda detallarni dastgohlarda o'rnatish - rasmi

Material tavsifi

Dеtаllаrni bаzаlаshdа, ishlоv bеrishdа dеtаllаrni dаstgоhlаrdа o'rnаtish Rejа: 1. Ishlоv bеrilаyotgаn dеtаlningng yuzаlаri vа bаzаlаri. 2. Bаzаlаrni dоimiylik vа qo'shilish tаmоyillаri 3. Detallarni dastgohlarda o'rnatish usullari. Olti nuqta qoidasi. Ishlov berilayotgan detalningng yuzalari va bazalari. Detallarni dastgohlarda o'rnatib ishlov berishda quyidagi yuzalar va bazalar mavjud: a) ishlov berilayotgan yuza, bu yuzadan ishlov berish natijasida ma'lum qatlamdagi metall olib tashlanadi; b) bazaviy yuzalar, bu yuzalar ishlov berish jarayonida detalning holatini belgilaydi; v) ishlov berishda ta'minlanadigan o'lcham uchun o'lchov boshi yuzasi; g) mahkamlashda qisish kuchini qabul qiluvchi yuza; d) ishlov berilmaydigan yuza; Baza vazifasini yuzalar chiziqlar, nuqtalar va ularning yig'indisi bajarishi mumkin. Bazalarning nimaga mo'ljallanganligiga ko'ra quyidagicha bo'lishi mumkin: texnologik bazalar o'rnatish va o'lchov bazalariga bo'linadi. O'rnatish bazasi deb detalning ishlov berish uchun dastgohga yoki kesuvchi asbobga nisbatan o'rnatishda foydalanilgan yuzaga aytiladi. O'rnatish bazasi sifatida ishlov berilgan va ishlov berilmagan yuzalar qo'llaniladi. Mexanik ishlov berilmagan yuza qora, ishlov berilgani esa toza baza deb yuritiladi. O'rnatish bazalari asosiy va yordamchi bo'ladi. Asosiy o'rnatish bazasi deb detalning ishlov berish jarayonida o'rnaydigan va boshqa yuzalar bilan tutash hamda tutash yuzalar bilan yig'ilgan mashinada birgalikda xizmat bajaruvchi detallar yuzasiga aytiladi. Masalan, tishli g'ildirakni markaziy teshigi yordamchi o'rnatish bazasi deb faqatgina detalga ishlov berish jarayonida o'rnatish yuzasi bo'lib xizmat qiladigan va uni boshqa yuzalari bilan birgalikda yig'ilgan mashina ish bajarmaydigan yuzasiga aytiladi. Bunday yuzalar sun'iy o'rnatish bazasi ham deb yuritiladi. Mexanik ishlov berishda o'z vazifasini bajargandan so'ng bu yuzalar qirqib yuboriladi. O'lchov bazasi deb detalning boshqa yuzasini joylashishini ifodalovchi o'lcham uchun o'lchov boshi bo'lib xizmat qiluvchi yuzaga aytiladi. Yig'ish bazasi deb - detalning yig'ilgan mashinada boshqa detallarga nisbatan holatini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig'indisi) aytiladi. 1-rasm. Bazalar va ularni ko'rinishlari. a - shesternyalarning asosiy bazalari I, II, II; b - shponkali valning yordamchi bazalari I, II, II, 1-qo'shiladigan detal; v - detalningng O'lchov bazasi A; g - juft yo'naltiruvchi baza I; d - juft tayanch baza I; 1- detal: ye - o'rnatish aniq (ayon) baza I, yo'naltiruvchi ko'rinmas baza II, zagotovkaning tayanch ko'rinmas bazasi II, 1…6 - tayanch nuqtalar, 7 - zagotovka, 8 - o'zi markazlovchi iskanja qisqichlari. Konstruktiv (tuzilishni ifodalovchi) baza deb konstruktsiyani (tuzilmani) ishlab chiqishda boshqa detallarni o'lchamlarini va holatlarini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig'indisi) aytiladi. Konstruktiv yuza real, agarda u material yuzani ifodalasa, yoki geometrik, agarda u geometrik o'qdan iborat bo'lsa, ko'rinishda bo'ladi. Bazalarning erkinlik darajasini yo'qotish bo'yicha quyidagi ko'rinishlari bo'lishi mumkin: -o'rnatish bazasi - zagotovkani uchta erkinlik darajasini bitta koordinata o'qi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 366.5 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 366.5 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga