Dezaminlanish va transaminlanish, ularning biologik ahamiyati

Dezaminlanish va transaminlanish, ularning biologik ahamiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Dezaminlanish va transaminlanish, ularning biologik ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Dezaminlanish va transaminlanish, ularning biologik ahamiyati. Ammiakning taqdiri va uning neytrallanish usullari Reja: Dezaminlanish, transaminlanish va ularning biologik ahamiyati. 2. Ammiakni zarasizlantirilish yo'llari. 1. Dezaminlanish, transaminlanish va ularning biologik ahamiyati. Aminokislotalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanish yo'llarini 3 guruhga bo'lish mumkin: aminokislotalarning NH2- guruhini o'zgarishi yo'li (dezaminlanish va transaminlanish; aminokislotalarning uglerod skeletini o'zgarishi bilan boradigan yo'l; aminokislotalarning COOH- guruhini o'zgarishi bilan boradigan yo'l (dekarboqsillanish). Uchinchi yo'l biogen aminlar hosil bo'lishida ishtirok etadi. Aminokislotalarning dezaminlanish jarayonida aminokislotadagi amin guruhi (-NH2 ) ammiak (NH3 ) shaklida ajralib chiqadi. Aminokislotalar dezaminlanishining 4 ta turi mavjud: Qaytarilish yo'li bilan dezaminlanish: R-CH (NH2) -COOH → R-CH2 -COOH + NH3 Gidrolitik dezaminlanish: +H2O R-CH (NH2) -COOH → R-CH (OH) -COOH + NH3 Molekula ichidagi dezaminlanish: R-CH2 - CH (NH2) -COOH → R-CH = CH - COOH + NH3 Oksidlanish yo'li bilan dezaminlanish: +12 O2 R-CH (NH2) -COOH → R-CH (O) -COOH + NH3 Ko'rinib turibdiki, ammiyakdan tashqari dezaminlanishda yog' kislotasi, gidroksikislota, to'yinmagan yog' kislotasi va ketokislota hosil bo'ladi. Ammo odam va hayvon to'qimalarida ko'pincha oksidlanish yo'li bilan dezaminlanish sodir bo'lib, ikki xil bo'ladi: bevosita va bilvosita (transdezaminlanish). Bevosita oksidlanishli dezaminlanish. Bu jarayon peroksisomalarda joylashgan L-va D- aminokislotalar oksidazalari ishtirokida boradi. L-aminokislota oksidazalari koferment sifatida FMN, D-aminokislota oksidazalari esa FAD tutadi. reaksiya quyidagicha kechadi: +H2O R-CH (NH2) -COOH → R-C=(NH) -COOH → R-CO-COOH + NH3 Birinchi bosqichda iminokislota, ikkinchi bosqichda esa ketokislota hosil bo'ladi va NH3 ajralib chiqadi. Oksidazalarning qaytarilgan kofermentlari bevosita kislorod bilan oksidlanishi mumkin, natijada vodorod peroksid hosil bo'ladi. U esa katalaza ta'sirida suv va kislorodga parchalanadi. Oksidazalarni dezaminlovchi degidrogenazalar deb ham yuritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, L- aminokislotalar oksidazalari D- aminokislotalar oksidazalarga qaraganda fa'olligi pastroqdir; ularning ta'sir etish pH optimumi 10 ga teng, bunday pH qiymati esa fiziologik sharoitda bo'lmaydi. Taxminlarga ko'ra L-aminokislotalarning izomerazalari ta'sirida D-aminokislotalarga aylanib so'ngra to'qimalarda dezaminlanishga uchraydi. Umuman olganda bevosita oksidlanish yo'li bilan dezaminlanish amin guruhi o'zgarishida kam o'rin egallaydi. Bilvosita oksidlanishli dezaminlanishi (transdezaminlanishi). Aminokislotalar dezaminlanishining asosiy yo'li transdezaminlanish yoki bevosita dezaminlanishidir. Bu jarayon ham 2 bosqichdan iborat bo'lib, 1 bosqich transaminlanish deyiladi va bu bosqichda glutamat hosil bo'ladi, ya'ni har qanday aminokislotadan aminoguruhning α - ketokislotaga ammiak hosil qilmasdan o'tkazilishi: R-CH (NH2) -COOH + R1-C(O) -COOH ↔ R-C(O) - COOH + α-aminokislota- α-aminokislota-2 α-aminokislotaning ketoanalogi + R1-CH (NH2) -COOH α -aminokislota-2 II bosqichda aminokislotaning bevosita oksidlanish yo'li bilan dezaminlanishidir. Transaminlanish reaksiyalarini transaminazalar yoki aminotransferazalar katalizlaydi, jarayon qaytardir. Aminokislotalarning transaminlanishida har qanday aminokislotalardagi amin (-NH2) guruhi ammiak hosil bo'lmasdan α - ketokislotaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 283.05 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 283.05 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga