Di- va poligaloid birikmalar metallorganik birikmalar Di- va poligaloidbirikmalarning turlari, ularning tuzilishi, nomlanishi, olinishi, ishlatilishi. Metallorganik birikmalarning olinishi Tarkibida ikki va undan ortiq galogen atomi tutgan birikmalarga poligaloidbirikmalar deyiladi. To'yingan, etilen va atsetilen uglevodorodlarning bitta, ikkita va hakozo vodorod atomlari galogenga almashgan bo'ladi. M-n, CH3Cl metil xlorid, CH2Cl2 metilen xlorid, CHCl3 xloroform, CCl4 tetraxlormetan, CH2Cl-CH2Cl 1,2-dixloretan, CH3-CHCl2 1,1-dixloretan, CCl3-CCl3 geksaxloretan, ClCH=CHCl 1,2-dixloretilen, Cl2C=CH2 1,1-dixloretilen, CH2=CH-CHCl2 3,3-dixlorpropen-1 va h-zo. Digaloidli birikmalarni olish alkenlarga galoid biriktirish bilan amalga oshiriladi: Aldegid va ketonlarga PCl3 yoki PCl5 ta'sir ettirib geminal galoidbirikmalar olinadi: Galoid atomlari har xil uglerod atomida joylashgan digaloidbirikmalarni olish uchun to'yinmagan galoidbirikmalarga peroksidlar ishtirokida NVr ta'sir ettiriladi: Poligaloidli birikmalardan CHCl3, CHI3 va CCl4 lar katta ahamiyatga ega. Xloroform xloralga KOH ta'sir ettirib olinadi: Yodoform esa spirt yoki atsetonga yod va ishqor ta'sir ettirib olinadi. Tetraxlormetanni CCl4 uglerod sulfidga xlor ta'sir ettirish bilan sintez qilish mumkin: Kimyo sanoati uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan tetraftoretilen xloroformga suyuq HF ta'sir ettirib olinadi: Viniliden xlorid vinil xloridga o'xshash polimerlar sanoatida ishlatiladi va uni quyidagicha olinadi: Simmetrik dixloretilen atsetilenga kam miqdordagi xlor ta'sir ettirish bilan olinadi: Geksaxloretandan 1 mol xlor ajratish bilan 1,1,2,2-tetraxloreten hosil bo'ladi: Tetraxloretilen polimerlanish reaksiyasiga kirishmaydi. Poligalogen birikmalar polimerlarni erituvchisi sifatida (metilen xlorid, tetraxlormetan, dixlormetan), tibbiyotda va sanoatda freonlar sifatida (CCl3F, CCl2F2, CHClF2, C2Cl2F4, C2ClF5) ishlatiladi. Metallorganik birikmalar. Metallorganik birikmalar organik birikmalar sinfining katta qismini tashkil qiladi. Metallorganik birikmalar reaksiyaga kirishish qobiliyati kuchli bo'lgan organik birikmalardir. Organik birikmalar davriy sistemaning I, II, II gruppa va o'zgaruvchan valentli (Ti, Cr, Fe, Co, Ni, Pd, Pt) metallari bilan uglerod-metall bog'lari hosil qilishlari natijasida metallorganik birikmalar hosil bo'ladi. Metallorganik birikmalarning nomlanishi uglevodorod qoldig'i va metall nomlaridan hosil bo'ladi: CH3Na-metilnatriy, C6H5Na-fenilnatriy, (C2H5)2Hg-di-etilsimob va h-zo. Galogenalkanlar metallar bilan o'zaro ta'sirlashib metallorganik birikmalar hosil qiladi va ulardan foydalanib turli xil organik birikmalar sintez qilinadi. Galogenalkanlar natriy bilan reaksiyaga kirishadi va oxirgi mahsulot sifatida to'yingan uglevodorod hosil bo'ladi (Vyurs reaksiyasi): 2R-X + 2Na R-R + 2NaX Reaksiya kuchli elektronodonor bo'lgan Na atomidan galogenga elektronlarning siljishi orqali boshlanadi. Bunda oraliq mahsulotlar sifatida ozod radikallar va natriyorganik birikmalar hosil bo'ladi: Litiyorganik birikmalar N2 yoki Ar atmosferasida erituvchi ishtirokida galogenuglevodorodlarga litiy metali ta'sir ettirib olinadi: Magniyorganik birikmalarni esa tetragidrofuran yoki quruq dietil efiri eritmasida galogenuglevodorodlar bilan magniy metali ta'sirida olish mumkin: Ruxorganik birikmalar birinchi marta E.Frankland tomonidan 1849 yili ruxga etil yodid ta'sir ettirib olingan: Ruxorganik birikmalar asosan litiyorganik birikmalarga suvsiz ZnCl2 ta'sir ettirish bilan olinadi: Alyuminiyorganik birikmalar odatda alkilyodidlarga alyuminiy ta'sir ettirib sintez ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.21 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.21 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: docx