DIA - PARA- VA FERROMAGNETIZM TABIATI Magnetizm Nima? Magnetizm (magnit so'zidan) - elektr toklarning o'zaro ta'siri, toklar va magnitlar yoki magnit momentga ega bo'lgan jismlar orasidagi mavjud o'zaro ta'sir jarayonida sodir buladigan hodisalar. Bu ta'sir magnit maydonga bog'liq. Magnit maydon esa mikrozarralar (elektron, proton, neytron) ning elementar magnit maydoni tufayli paydo bo'ladi. Mikrozarralarning magnit maydoni ularning tuzilishiga va ma'lum yo'nalishidagi tartibli harakatiga bog'liq. Elektr va magnetizm hodisalarining o'zaro uzviy bog'liqligi, parranda pati va hayvon junining qahraboga, temir qirindilarining magnitga tortilishi kabi oddiy fizik jarayonlar orqali,butun Yevropaning eng yuksak zehn zakovat egalarining farazlarida mavjud edi. Ilmiy adabiyotlarda po'lat ignaning elektr uchqunlari bilan magnitlanib qolganligi hamda, kompas magnit strelkasining chaqmoq ta'sirida magnit xususiyatidan mosuvo bo'lganligi haqida faktlar allaqachon mavjud edi. Galvanizm bo'yicha risolasida (1804 yil) Aldini, Volt ustuni tufayli magnitlanib qolgan po'lat igna haqida, Romanozi esa, magnit strelkasining Volt ustuni ta'sirida magnitsizlanib qolganligi haqida yozgan edi. Lekin, bu faktlarning barchasi tasodifiy kuzatuvlar shaklida bo'lib, ular umumlashtirilmagan va mufassal yoritilmagan edi. Orbital mexanik momentni aniqlash Yerning magnetiklik xususiyati Har bir jism ma'lum miqdorda magnit xususiyatiga ega. Shuning uchun jismlarning magnit xususiyatlarini o'rganishda magnetiklar degan tushuncha kiritilgan. Yer, Quyosh va yulduzlar ham magnit xususiyatiga ega (q. Yer magnitizmi). Magnit maydon kosmik fazoda ham mavjudligini kosmik zaryadli zarralarning harakatida ko'rish mumkin. Magnetizm hodisalarining kosmik fazodan mikrozarralargacha taalluqli bo'lishi ularning fan va mexnikadagi ahamiyatining nihoyatda kattaligini bildiradi. Jismlarning magnit xususiyatlari Magnetizmga ega atomlarning tabiati va ular o'rtasidagi o'zaro ta'sir xarakteri bilan aniqlanadi. Odatda, jismlar Magnetizmi elektron vayadro Magnetizmlaridan farqqiladi. Magnetizm orbital va spin Magnetizmga bo'linadi. Kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy sistemasipa joylashishidan ularning magnit xususiyatlarini aniqlash mumkin. Mas, inert gazlarning atom elektron qobiqlarining magnit qismlari yo'q, chunki elektron qobiqning orbital va spin magnit momentlarining yig'indisi nolga teng . Ishqoriy metallarda atom, elektron orbital momenti nolga teng bo'lgani uchun, ularning magnit qiymati valent elektronning spin momenti qiymatiga teng . Magnetiklik xususiyatiga ega bo'lgan moddalar o'zaro di va para magnetiklik xususiyatiga ega bo'lishadi. Bu esa ularning magnatikligidan dalolat beradi. Moddalarning magnit maydoni Tokning magnit maydoni Hozirgi kunda, har qanday maktab laboratoriyasida, o'rtasidagi teshikdan elektr simi o'tgan karton qog'ozga temir qirindilarini sochib, «elektr qarama qarshiligi uyurmasi» hodisasini namoyish qilish orqali, oddiy maktab o'quvchisi ham Ersted tajribasini oson takrorlashi mumkin. Lekin, Erstedgacha bo'lgan hamda, Erstedning o'zi faoliyat yuritgan davrda bu narsaning mohiyatiga erishish oson bo'lmagan. Ersteddan avval ham, elektr tokining magnit xususiyatlarini aniqlashga urinishlar ko'plab bo'lgan. Masalan, rus fizigi Petrov, batareya qutblarini temir va po'lat plastinalari bilan ulab, tokning magnit xususiyatini ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
116.89 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
116.89 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: pptx