Disaxaridlar, polisaxaridlar. Olinishi va xossalari

Disaxaridlar, polisaxaridlar. Olinishi va xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Disaxaridlar, polisaxaridlar. Olinishi va xossalari - rasmi

Material tavsifi

Disaxaridlar, polisaxaridlar. Olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 31-mavzu Bir molekula uglevod gidrolizidan 2 molekula monosaxarid hosil bo'ladigan moddalarga disaxaridlar deyiladi. Disaxaridlarga saxaroza va maltoza kiradi. Disaxaridlarning hammasi С12Н22О11 umumiy formula bilan ifodalanadi. Saxaroza Maltoza Disaxaridlar suyda yaxshi eriydi, shirin ta'mga ega. Ularning ko'pchiligi yaxshi kristallanadi va aniq molekulyar massaga ega. Tabiatda keng tarqalgan saxaroza (qamish yoki lavlagi shakari), maltoza (solod shakari) disaxaridlarga misol bo'ladi. Qamish shakari Lavlagi shakari Saxaroza. Qamish shakari yoki lavlagi shakari deb ataladi. Saxaroza o'simliklar dunyosida juda ko'p tarqalgan. Saxaroza eng zarur ozuqa bo'lib, inson hayotida katta ahamiyatga ega. Saxaroza molekulasi glukoza va fruktoza molekulalarining qoldiqlaridan tashkil topgan. Saxaroza molekulasidan glukoza hosil bo'lishini aniqlash mumkin. Bir molekula maltoza gidrolizlanganda ikki molekula glukoza hosil bo'ladi Maltoza Kraxmal. Kraxmal (C6H10O5)n tabiiy polimer modda bo'lib, bu moddaning molekular massasi aniq topilmagan, lekin uning juda kattaligi ma'lum va har xil namunalarida turlicha bo'lishi mumkin. Fizik xossalari. Kraxmal - oq kukunsimon modda. Sovuq suvda erimaydi, lekin issiq suvda bo'kib kleyster hosil qiladi. Kraxmal uchun sifat reaksiya bu unga yodning ta'siri hisoblanadi. Agar sovitilgan kraxmal kleysteriga yod qo'shilsa ko'k rang paydo bo'ladi. Kimyoviy xossalari. Kraxmal qimmatli oziq mahsulotdir. Uning hazm bo'lishini yengillashtirish uchun kraxmalli mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi, ya'ni kartoshka pishiriladi, non yopiladi. Qo'llanilishi. Seluloza ham tabiiy yuqori molekular polisaxarid bo'lib, barcha o'simliklar tarkibiga kiradi va ularda hujayra qobiqlarini hosil qiladi. Selluloza (C6H10O5)n . Selluloza va kraxmalning umumiy formulasi ham o'xshash va tarkibi jihatidan ham glukoza zvenolaridan iborat. Selluloza ham xuddi kraxmalga o'xshab tabiiy yuqori polimerdir. Bu polisaxaridlar bir-biridan glukoza qoldig'ining har xil bog'lanishi bilan farq qiladi. Kraxmal inson uchun muhim ovqat manbai hisoblansa, sellulozadan bu maqsadda foydalanib bo'lmaydi. Fizik xossalari. Kraxmal Selluloza Selluloza - mazasiz, hidsiz, tolasimon oq modda, suvda erimaydi, sellulozaning molekular massasi juda katta hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.2 MB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.2 MB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga