Dispers sistemalar. Eritmalar Reja: 1. Dispers sistemalar va ularning turlari. 2. Chin eritmalar va ularning hosil bo'lishi. 3. Moddalarning eruvchanligi. 4. Eritmalar kontsentratsiyasi va ularni ifodalash usullari. 5. Eritmalardagi osmos hodisasi. 6. Eritmalarning bug bosimi. Raul qonunlari. . Kupchilik moddalar bir-birida (gaz - suyuqlik, suyuqlik-suyuqlik, qattiq modda - gaz, qattiq modda - suyuqlik) tarkaladi. tarqalish natijasida geterogen yoki gomogen sistemalar hosil bo'ladi. Bir modda ichida (muhitida) ikkinchi moddaning juda kichik zarrachalar xolida tarqalishi (disperslanishi) dan hosil bo'lgan mikrogeterogen sistemalar dispers sistemalar deyiladi. Xar qanday dispers sistema dispers muhitdan va unda tarkalgan modda zarrachalari - dispers fazadan iborat bo'ladi. Dispers sistemalar bir-biridan dispers muhit va dispers fazaning agregat holati, zarrachalarning o'lchami (katta-kichikligi), yani disperslik darajasi bilan farq qiladi. Disperslik darajasiga ko'ra: dagal dispers sistemalar ( r = 100 - 100 nm = 10 mkm) mavjud. Bunday sistemalar suspenziyalar (dispers muhit - suyo'lik, dispers faza - qattiq modda zarrachalari) - loyka suv; unning suvdagi aralashmasi, emultsiyalar (dispers faza va dispers muhit - suyuqlik) - bueklar, sut kabi aralashmalar kiradi. Bu dispers sistemalar noturgun sistemalar bo'lib vaqt utishi bilan buziladi. Masalan, loyka suv malum vaqt tinch tursa tiniydi, yani tuproq zarrachalari chukadi. Bu sistemalarga chang (qattiq modda - dispers faza, havo - dispers muhit); tutun - dispers faza va dispers muhit gazsimon moddalar; kupiklar - (dispers muhit - suyo'lik, dispers faza - gaz); tuman (dispers faza - suyo'lik -(suv), dispers muhit - havo) xam kiradi. Nozik dispers sistemalar yoki kolloid eritmalar. (r = 1-100 nm, yoki 0,1 - 10,0 mkm) kolloid eritmalarni boshqacha Zollar xam deyiladi. Kolloid eritmalar dagal dispers sistemalarga nisbatan barqarordir. Ularga qog'oz kleysi (K2SiO3 yoki Na2SiO3 ning suvli aralashmasi - suyuk shisha), AgI, Fe(OH)3 , As2S3 - zollari misol bo'ladi. Kolloid eritmadagi zarrachalar murakkab tarkibli bo'lib bu zarrachalar MITsYeLLA deyiladi. KI va AgNO3 tuzlari eritmalari aralashuvidan hosil bo'lgan AgI - zolini kuyidagicha tasavvur etish mumkin. Mitsellaning zaryadiga ko'ra zollarni gidrofil zol (musbat kolloid) ga va gidrofob zol (manfiy kolloid) ga bulinadi. Bularga misollar sifatida Fe2O3 ning gidrofil zoli - [xFe2O3]*yH2O zFe3+ * Cl- va As2S3 ning gidrofob zoli [xAs2S3]*zHS-*zH+ ni ko'rsatish mumkin. Kupchilik yuqori molekulyar birikmalarning eritmalarida ular zarrachalarining o'lchamlari katta bo'lganligi uchun bu moddalarning eritmalarini xam kolloid eritmalarga kiritiladi. Umuman, kolloid eritmalarni olinishi, xossalari, ishlatilishi o'rganuvchi ximiya fanining bo'limi mavjud bo'lib uni kolloid ximiya deyiladi va maxsus urganiladi. o'ta nozik dispers sistemalar. Bu sistemalarda r zarracha 10-8 sm bo'lib, modda ion yoki molekulalar xolida dispers muhitda tarkalgan bo'ladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.39 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.39 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: doc