Dispers sistemalar. Kolloid dispers sistemalarni olinishi va hossalari

Dispers sistemalar. Kolloid dispers sistemalarni olinishi va hossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Dispers sistemalar. Kolloid dispers sistemalarni olinishi va hossalari - rasmi

Material tavsifi

Dispers sistemalar. Kolloid dispers sistemalarni olinishi va hossalari. Kolloid dispers sistemalarning barqarorligi Ma'ruzaning maqsadlari Odam organizmidagi ko'pchilik biologik muhitlar kolloid sistema holatida bo'ladi. Kolloid sistemalarga hos bo'lgan barcha xususiyatlar, hossalar biologik muhitlarga ham hos. Shuning uchun kolloid sistemalarning tuzilishi, turlari, ularni hosil qilish va tozalash usullari, barqarorligi va shu barqarorlikni oshirish yo'llari o'rganiladi. Ko'riladigan masalalar dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari dispers sistemalarning turlanishi kolloid dispers sistemalar (zollar) kolloid dispers sistemalarning olinishi va tozalash usullari kolloid sistemalarning molekular-kinetik, optik hossalari kolloid zarrachalarning tuzilishi Ko'riladigan masalalar kolloid sistemalarning elektrokinetik hossalari (elektroforez va elektroosmos) kolloid sistemalarni turg'unligini ta'minlovchi omillar koagullanish va uni chaqiruvchi sabablar koagullanish bo'sag'asi, Shultse-Gardi qoidasi kolloidlarni himoyalash kolloid sirt faol moddalar kolloid sistemalarning organizmdagi ahamiyati Dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari Bir moddaning ikkinchi modda tarkibida teng taqsimlangan holatiga dispers sistema deyiladi. Taqsimlangan modda - dispers faza, taqsimlangan moddani tutgan modda - dispers muhit deyiladi. Dispers sistemalarning fizikaviy va kimyoviy hossalarini o'rganuvchi fan - kolloid kimyo deyiladi. Dispers sistemalarning turlanishi Dispers fazaning disperslanish darajasi bo'yicha: Molekular-ion dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 1 nm yoki 10-9 m gacha (elektrolit va noelektrolitlar eritmalari) Kolloid dispers sistemalar (zollar) - zarrachalar kattaligi 1-100 nm yoki 10-9 - 10-7 m o'rtasida (qon, plazma, oqsil eritmasi va b.) Dag'al dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 100 dan yoki 10-7 dan katta (suspenziya, emulsiya, kukun, ko'pik va b.) Dispers sistemalarning turlanishi Faza va muhit agregat holati bo'yicha: Gaz-gazda - eritma Gaz-suyuqlikda - ko'pik Gaz-qattiq moddada - qattiq ko'pik (pemza, g'isht) Suyuqlik-gazda - aerozol (tuman) Suyuqlik-syuqlikda - emulsiya Suyuqlik-qattiq moddada -gel Qattiq modda-gazda - aerozol (chang, kukun) Qattiq modda-syuqlikda - suspenziya, zol Qattiq modda-qattiq moddada - qotishma Dispers sistemalarning turlanishi Dispers faza va dispers muhit ta'sirlashishi bo'yicha: Liofil - oqsil, krahmal, agar-agar Liofob - metallar (oltin, kumush), temir sulfid, kumush hlorid zollari Dispers muhit (erituvchi) tabiati bo'yicha: Gidrozollar (suv), benzozollar (benzol), alkozollar (spirt), eterozollar (efir) Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari Dispersion usullar: Mehanik (kolloid tegirmonda, havonchada yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalash) usuli Ultratovush yordamida yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalashusuli Peptizatsiyalash (kimyoviy usul) - yangi tayorlangan cho'kmani elektrolit (peptizator) yordamida geldan yana zolga o'tkazish usuli Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari Kondensatsiya (zarrachalarni yiriklashtirish) usullari: Kimyoviy reaksiyalar asosida: Oksidlanish-qaytarilish, gidroliz, almashinish va boshqalar; Erituvchini almashtirish usuli - bunda bir erituvchida molekula holida bo'lgan erigan modda zarrachalari, boshqa erituvchida kolloid zarracha holatigacha yiriklashadi. Kolloid dispers sistemalarni tozalash usullari 1. Dializ - kolloid eritmani tayorlashda ortiqcha olingan elektrolit ionlarini yarim o'tkazgich membrana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 123.53 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:31 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 123.53 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga